Telegram haqida qiziqarli malumotlar.
1. Dasturning xavfsizlik darajasi bir necha marta sinovdan o’tgan. Pavel Durov kiber daholarga bir necha marta o’zining yozishmasini buzib ko’rishlarini taklif qilgan, lekin bu ishni uddasidan hali hech kim chiqa olmagan. Faqatgina bir marta yozishmani buzish muvaffaqiyatli bo’lgan, bu ham bo’lsa, telegram endi o’z faoliyatini boshlaganda. O’shanda uddaburon dahoga 100 ming dollar haq to’lgangan.
2. Serverning antiqaligi shundagi, Telegram ma’lumotlar bazasi dunyo bo’ylab joylashtirilgan va bu esa dasturni tez ishlashini ta’minlaydi. Yozishmadan foydalanayotgan insonning kaliti uning o’zining shaxsiy moslamasida bo’ladi unga yetib olishning imkoni yo’q.
3. Ilova sizning qurilmangiz xotirasidan va server xotirasidan xabarlarni o’chirishingiz mumkin bo’lgan maxfiy suhbatda muloqot qilish imkonini beradi.
4. Parijda sodir bo’lgan teraktdan so’ng, telegram shubha ostida qolgan va uni faoliyatini to’xtatishga urinishgan. Lekin, hozirgacha u yopilgani yo’q. Maxfiy suhbatning borligi barchaga ham xush kelavermaydi.
5. Telegramda foydalanuvchilar o’zlarining stikerlarini yaratish imkoniyatiga egalar. Buning uchun fotoshop dasturi ayni muddao. 5. Yaratilgan stikerlarni esa @stickers botiga kiritasiz. Foydalanuvchilar sizning stikerlaringizni do’stlari bilan bemalol bo’lishaverishadi.
6. Telegramda reklama va spam yo’q va bu funksiya dasturning qulayliklaridan biri. Dastur o’z navbatida dunyo bo’ylab 200 000 dan oshiq davlatlarda foydalaniladi.
7. Telegramning so’ngi yangilanishlaridan so’ng, unda audio va video xabarlar bilan ishlash va video konferensiyalar bajarish mumkin.