Smartfonlar haqida qiziqarli malumotlar.
• Bugungi kunda, smartfon xaridida insonlar qurilmaning mustahkamligiga emas, balki dasturiy ta’minotiga ko‘proq e’tibor berishadi.
• “Smartfon“ atamasi Ericsson korporatsiyasi tomonidan o‘zining yangi Ericsson R380s telefonini nomlash maqsadida 2000 yilda o‘ylab topilgan.
• Birinchi smartfonning narxi 900 dollar bo‘lgan.
• “Smartfon“ atamasini so‘zma-so‘z tarjima qilganda “aqqli telefon“ ma’nosini anglatadi.
• Smartfonda astronavtlarning Oyga yetkazilishini ta’minlovchi kompyuterga qaraganda ancha katta hisoblash quvvati mavjud.
• Nomofobiya — bu smartfonsiz qolishdan qo‘rqish.
• Smartfon uchun olingan patentlar 250 mingdan ortiq.
• Statistikaga ko‘ra, bir inson bir kunda o‘rtacha 110 marta smartfoniga qaraydi.
• Yaponiyada smartfonlarning katta qismini suv o‘tkazmaydigan turlari tashkil etadi.