Smartfonlar haqida qiziqarli faktlar.
Smartfon foydalanuvchilarining 65 foizga yaqini unga dastur yuklamaydi.
• Taxminan, amerikaliklarning 47 foizi smartfondan foydalanmasdan bir kun ham yashay olishmaydi.
• Birinchi smartfon tijoriy tach-devays bo‘lib, uni barmoq yoki ruchka orqali boshqarish mumkin edi.
• Birinchi eng yupqa smartfon Koreyada ishlab chiqarilgan gadjet bo‘lib, uning qalinligi atigi 6,9 millimetr bo‘lgan.• Birinchi smartfonning og‘irligi 400 grammni tashkil qilgan.
• Smartfondagi qo‘ng‘iroqlarga javob berishdan qo‘rqish telefonofobiya kasalligi deyiladi.
• Dunyoda smartfonlarning atigi 2 turi eng qimmatlari hisoblanadi. Bu — Vertu gadjeti va mijozga moslashtirilgan iPhone.
• Bir yilda bir smartfonda o‘rtacha 1140 ta qo‘ng‘iroq amalga oshadi.
• Dunyodagi birinchi smartfon birinchi mobil telefondan 20 yil o‘tib chiqarilgan.
• Hindistonning qishloq zonalarida 100 million insonda smartfon mavjud.
• 64% yoshlar “do‘stimniki bilan bir xil“ tamoyilida o‘zlariga smartfon tanlashadi.
• Braziliyada yil davomidagi smartfonlar savdosining jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Savdolarning o‘sih hajmi taxminan 120% ni tashkil qiladi.
• Yoshlarning taxminan 83% i smartfondan fotoapparat sifatida foydalanishadi.
• Bir yilda Britaniyada bir o‘spirin tomonidan 18 mingga yaqin xabar yuboriladi.
• Har uchtadan bir kishi smartfon xarididan oldin do‘stlari bilan maslahatlashadi.