ROSSIYA HAQIDA

Rossiya HAQIDA

ROSSIYA HAQIDA

(Rossiya Federatsiyasi)
Maydoni 17075400 kvadrat kilometr.
Aholisi   kishi.

Rossiya Federatsiyasi Shimoliy Muz okeanidan Qozog’iston dashtlarigacha, Boltiq dengizidan Tinch okeangacha cho‘zilgan.

Rossiya, Rus… Chaykovskiy kuyini ting- lang, Shishkin, Polenov, Levitan kartinalarini ko‘zdan kechiring, Pushkin, Lermontov, Nekrasov she’rlarini mutolaa qiling — ularda rus tabiatining butun go’zalligi va ulug’vorligi mujassamlangan.

Rossiya yeri nihoyatda boy. U yerda ko‘mir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, xilma- xil qurilish materiallari, metall rudalari kabi qazilma boyliklarning katta konlari bor. 0‘rmonlar, dala va o‘tloqlarning cheki ko‘rinmaydi.

Rossiya poytaxti Moskva shahridir. Sharq tomonda, o‘z bag‘ridagi xazinalarni ko’pdan buyon insoniyatga hadya etib kelayotgan xushmanzara Ural tog’lari ortida Sibir yerlari yastanib yotibdi. Sibirda hamma narsa ko’lami jihatidan kishi aqlini lol qoldiradi. G‘arbiy Sibir tekisligi — Yer kurrasidagi eng katta tekisliklardan biri. Baykal — jahondagi

Rossiyada qish.
eng chuqur chuchuk suvli ko‘l. Bepoyon tayga maydoni jihatidan Kanada va AQSH o’rmonlari maydonidan katta. Uning Ob, Yenisey, Lena kabi azim daryolari bor. Tog‘ tizmalari minglab kilometrga cho‘zilgan.

Rossiyaning asosiy aholisi bolgan ruslar bilan yonma-yon tatar, chuvash, boshqird, mordva, mari, udmurt, komi, osetin, kabardin, balkar, chechen, ingush, qalmoq, yaqut, bur- yat, tuvalar- jami yuzdan ortiq millat yashaydi.
Peterburg shahri.

Rossiya tarixi qahramonlik sahifalariga boy. Shu yerda Dmitriy Donskoy va Aleksan- dr Nevskiy dushmanga qarshi kurashish uchun polklarto’plashgan. Shu yerda Minin va Pojarskiy boshchiligidagi xalq lashkari bosqinchilarga qarshi jangga otlangan, 1812-yili Kutuzov Napoleon armiyasini tor-mor qilgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Rossiya Federatsiyasi xalqlari hozirgi Mustaqil Mamlakatlar Hamdo’stligiga kiruvchi davlatlarning xalqlari bilan hamkorlikda fashist bosqinchilarini tormor etdi. Gitlerchilar armiyasining yengilmasligi haqidagi uydirmaga Moskva ostonalarida ilk bor barham berildi.

Volga bo‘yidagi va Kursk ostonalaridagi buyukjang-lar tarix sahifalaridan munosib o‘rin oldi. Unutilmas harbiy va umumxalq jasorati uchun Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Novorossiysk, Murmansk, Smolensk, Tulaga «Qahramon-shahar» faxriy unvoni berildi.

Rossiya mehnatkashlari bir tan, bir jon bo‘lib qisqa vaqt mobaynida urush jarohatlarini bitiribgina qolmay, federatsiyani yanada boy, gullagan o‘lkaga aylantirishga muvaffaq boldilar.

Mamlakat sanoati stanoklar, asbob-uskunalar, mashina va turli mexanizmlar ishlab chiqaradi, ular jahonning ko‘plab mamlakatlariga yuboriladi. Bu yerda yirik gidroelektr stansiyalari qurilgan, qudratli sanoat komple- kslari vujudga keltirilgan.

Rossiya kosmonavtika vatani sanaladi. Shu mamlakat fuqarosi Yuriy Gagarin 1961- yil 12-aprelda «Vostok» kosmik kemasida jahonda birinchi bo‘lib kosmosga parvoz qilgan.

Qishloq xo‘jaligi ko‘plab go’sht, sut, don, kartoshka, sabzavot, meva yetkazib beradi.
Rossiya Federatsiyasida yirik ilmiy markazlar ishlab
turibdi. Rossiya olimlari ko‘plab muhim kashfiyot va ixtirolar qilishdi. Rossiya bilan 0‘zbekiston Respublikasi o’rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика