RAQAMLAR

raqamlar HAQIDA

RAQAMLAR

RAQAMLAR Inson o‘z hayoti mobaynida eng ko‘p duch keladigan narsa — bu sonlar va raqamlar.

Raqamlar sonlarni ifodalaydigan shartli belgilar hisoblanadi. Ular arabchada son, nomer ma’nolarini bildiradi.

Ibtidoiy odamlar raqamlarni so’zlar orqali ifodalashgan. Xalqlarning hayot tarzi rivojlanib borgan sari maxsus belgilarga ehtiyoj tuglla boshladi.

Dastlabki qadimgi raqamlarni misrliklar va bobilliklar yaratishdi. Miloddan avvalgi 3000-2500-yillarda misrliklar sonlarni ifodalash maqsadida maxsus rasm-belgilardan, keyinroq esa peratik va demotik yozuvlardan foydalanishdi.

Asosan 1, 10, 60 va 100 sonlarini ifodalash uchun miloddan avvalgi 2000-yil boshlarida mix xat belgilaridan foydalanildi.

Mix xat (sixcha yozuv) mix yoki ponachalarga o‘xshash belgilardan iborat yozuv bo‘lgan. Yaqin va 0‘rta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda alifboga asoslangan raqamlar Misr peratik yozuvidan kelib chiqdi, Hindistonda 5-asrgacha kharoshti va brahmi raqamlari deb ataladigan raqamlar mavjud bo’lgan.

Hind gvalior raqamlar o‘sha brahmi raqamiaridan kelib chiqdi. Gvalior raqamlari esa arab raqamlari (0,1,2,3,4,5,6,7,8,9) ga asos bo’ldi.

Arab raqamlarining amalda ishlatilishida Xorazmiyning hissasi katta. Arablar Iroq, Misrva Suriyani istilo qilishgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalangan. Arab alifbosi bilan ifodalanuvchi raqamlar 6-asrdan boshlab qollanilgan.

Xorazmiyning «Arifmetika» asarida Hindistonda kashf etilgan o‘n raqamdan iborat pozitsion tizim o‘z aksini topgan. Shu asar bilan birga bu hind raqamlari arab sharqiga kirib kelgan.

Xorazmiyning bu asari arabchadan lotinchaga o’girilib, 10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaldi.

Arab raqamlari hozir o‘nlik sanoq tizimining asosini tashkil qiladi. 0‘nlik sanoq tizimining kelib chiqishi esa barmoqlar bilan sanashga borib taqaladi.

Qadimgi rimliklar maxsus belgilar yordamida o’nli razryadlarni (1-1, X-10, S-100, M-1000) va uiarning yarimlarini (V-5, L-50, D-500) belgilashga asoslangan raqamlar (rim raqamlari I,II,III,IV,V,VI,VII,VIII,IX,X va hokazo.) dan foydalanishgan.

Shu raqamlarni yonma-yon takrorlab yozib, istalgan natural sonni hosil qilish mumkin. Masalan, VI—5+1 =6 yoki IV—5-1 =4 va hokazo.

Bu qoida to‘rtta raqamni yonma-yon takrorlamaslik uchun ishiatiladi, masalan, XXXX (40) o‘rniga XL- 50-10=40 va hokazo. Hozir rim raqamlaridan asosan asrlarni, oylarni, funksiya hosilasining tartibini belgilashda foydalaniladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика