QUM NIMA

QUM NIMA HAQIDA

QUM NIMA ?

QUM NIMA Shamol, yomg’ir va sovuq ta’sirida tog’lar nurab, mayda toshlar va zarralarga aylana boradi; diametri 0,05 mm.dan 2,5 mm.gacha bo’lgan bunday zarralar «qum» deb ataladi.

Qum tog’ jinslari tarkibiga kiruvchi mineral zarralaridan hosil bo’ladi. Shuning uchun ham qumda har xil minerallarni uchratish mumkin.

Dumda kvarts ko’proq, u pitits bo’lgani uchun ham ko’p uchraydi. Ba’zan qum tarkibining 99% kvartsdan iborat bo’ladi. Shuningdek, qumda dala shpati, kaltsitlar, slyuda (shaffof mineral), temir rudasi, oz miqdorda granat, turmalin, topaz (qimmatbaho yaltiroq tosh) uchraydi.

Qum tog jinslari emirilayotgan joyda hosil bo’ladi. Qum hosil bo’ladigan yana bir joy dengiz qirg’og’idir. To’lqinlarning qoyalarga, shamol olib keladigan qumga, tog’ jinslariga hamda dengiz suvining bir tsancha minerallarga ta’siri bular barchasi qum hosil bo’lishiga yordam beradi.

Shamol sohillardagi qumni quruqlik ichkarisiga olib ketadi. Ba’zida ko’chib yuradigan qum uyumlari ichida o’rmon ham yo’q bo’lib ketishi mumkin.

Cho’llardagi qum qaerdan paydo bo’lgan? U ni bu erga, asosan, shamol olib kelgan. Ayrim hollarda sahrodagi qum tog massivlarining emirilishi natijasida paydo bo’lgan. Ba’zi sahrolar o’rnida esa bir vaqtlar dengiz bo’lgan va u ming yillar burun chekinib, o’z o’rnida qum uyumlarini qoldirgan.

Dum foydali ashyodir. U ko’pincha qurilishda ishlatiladi. Suv va tsement bilan birga korilgan qumdan tsuyuq, yopishqoq loy hosil bo’ladi. U qotib, «beton »ga aylanadi. Dumdan, shuningdek, shisha, qumqog’oz tayyorlashda, suvni filtrlab tozalashda foydalaniladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика