QON HAQIDA

QON HAQIDA HAQIDA

QON HAQIDA

QON HAQIDA Qadimgi zamonlardayoq odamlar organizm uchun qonning ahamiyati nihoyatda muhim ekanligini bilishgan. Faqat 19-asrga kelib mikroskop kashf etilgandan keyin qonning tarkibi, xususiyati va organizmdagi ahamiyati o’rganilgan.

Qon — bu tirik organizmning qon tomirlari bo’ylab doimo harakatlanuvchi qizil rangdagi maxsus suyuq to’qima.

Odam vaznining taxminan 6,8 foizini qon tashkil etadi (vazni 70 kilogramm bo’lgan odamda 5 litrga yaqin qon bo’ladi).

Qon asosan och-sariq suyuqlik — plazma hamda unda suzib yuruvchi qizil va oq qon tanachalaridan iborat.

Qon plazmasiga organizm hayoti uchun zarur bo‘lgan ko’pgina sodda va murakkab moddalar- oqsil, yog‘, uglevodlar, tuz, kislota, vitaminlar va boshqalar kiradi.

Qonga qizil rangni — faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin bo’lgan mayda donachalar — qizil tanachalar (eritrotsitlar) beradi. Ular qonda 80 -100 kun yashaydi, keyin parchalanib ketadi.

Odam qonida hardaqiqada 150 million eritrotsit va 140 million leykotsitlar almashinib turadi.

Eritrotsitlar alohida modda — gemoglobin bilan to’latilgan. Gemoglobin tarkibiga temir moddasi bolgan bo’yovchi modda kiradi.

Gemoglobin temiri nafas olganda o‘pkaga tushgan kislorodni osongina o’ziga singdirib oladi. 0‘pkada kislorod bilan to‘yingan qon uni butun organizm bo‘ylab tashiydi — kislorod tanadagi har bir hujayra uchun juda zarur, usiz hujayra nobud boladi.

Odam qonini mikroskop ostida kuzatganda son-sanoqsiz eritrotsitlar orasida oz miqdordagi oq qon tanachalari — leykotsitlarni ko‘rish mumkin.

Ular eritrotsitlardan yirikroq bolib, ancha tiniq ko‘rinadi. Leykotsitlar bizni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblardan himoya qiluvchi yordamchimizdir.

Ular qon tomiri devoridan o‘tish xususiyatiga ega. Mikroblar organizmimizga kirishi bilanoq oq qon tanachalari «armiya»si o‘sha xatarli joyga shoshiladi, mikroblar bilan «jang»ga kirishadi, ularni yutadi va «hazm qilib» yuboradi.

Qon organizmni to’yintiradi. Tanamiz hujayrasi rivojlanadi, o‘sadi, eskilari, nobud bo’lganlarining o’rniga yosh hujayralar paydo boladi.

Buning uchun «qurilish materiali» kerak, buni biz ovqatdan olamiz. Iste’mol qilgan ovqatingiz me’da va ichakdan o’tib, uzoq vaqt obdan qayta ishlanadi, keyin qon tomirlari ichiga singib ketadi va qon oqimi bo’ylab ketaveradi.

Ingichka qon tomirlari devorlari — kapillyarlar orqali qon organizmdagi barcha to‘qima va hujayralarni faqat kislorod bilangina emas, balki suv, oziq moddalar, tuz va vitaminlar bilan ham ta’minlaydi.

Shu bilan birga, qon moddalar almashinuvi jarayoni tufayli vujudga keladigan zararli moddalarni hujayralardan chiqarib tashlaydi, aks holda ular organizmni zahariashi mumkin. Mana shu zararli moddaiar o‘pka, buyrak, ichak va teri orqali tashqariga chiqadi.

Qonda yana uning ivishida ishtirok etadigan alohida hujayralar — trombotsitlar bor. Agar qon tomiri shikastiansa, o’sha joyda qon quyuiib qoladi va jarohatni berkitadi.

Mana endi siz qonning organizmdagi ahamiyati to‘g‘risida bilib oldingiz. Uni hayot eTtuvctrisi deb bejiz aytishmaydi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика