QOG‘OZ
QOG‘OZ 0‘rmonda sayr qilib yurgan kishi baland- baland adl daraxtlarni ko‘rib zavqlanadi, lekin atrofdagi ana shu yashil tabiat mo’jizalari bo‘lajak kitoblar, daftarlar, sut paketlari, gulqog’ozlar ekanligini xayoliga ham keltirmaydi.
Aslida ana shu daraxtlar qog‘oz ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo hisoblanadi.
Odamlar qog‘ozdan foydalanishni 2-asrda o‘rganishdi.
Qog‘oz dastlab Xitoyda kashf qilindi. Uni tayyorlash usulini xitoyliklar anchagacha sir saqlashdi. Ossuriyaliklar sopol bolaklariga cho‘p bilan yozishgan.
Qadimgi misrliklar o‘z iyerogliflarini botqoqlikda o’sadigan papirus o’simligi o’zagini presslab tayyorlanadigan yupqa varaqlar — papiruslarga chizishgan.
Yevropada o‘rta asrlarda qolyozmalar uchun pergament — alohida ishlov berilgan buzoq terisidan foydalanishgan. Qadimgi Rusda xatlarni yupqa qarag’ay po‘stlog‘iga yozishgan.
0‘rta Osiyoga qog’oz Xitoydan o‘tgan.
Faqat 10-asrga kelib Yevropada eski-tuski lattalarni maydalab qaynatib tayyorlangan qog’oz paydo bo’ldi. Lekin hamma yerda gazeta va kitoblar bosish boshlanib ketgach, latta-putta yetmay qoldi va odamlar buning chorasini qidirib, qog’ozni yog’och (to‘g‘rirog‘i yog‘och sellulozasidan) tayyorlashni o‘rganib olishdi.
Qog‘oz tayyorlash uchun o‘rmondan kesib olingan daraxt dastlab g‘o‘la-g‘o‘la qilib arralanadi, keyin mayda payrahalarga yo’niladi va yog’och yumshoq tolali massaga aylangun- cha maydalanadi.
Bu massadan qog’oz tayyorlanadigan material hosil bo’lguniga qadar u ko’plab turli-tuman operatsiyalardan o‘tkaziladi. Shundan keyin navbat avtomat qog‘oz mashinalariga keladi.
Bu ajoyib mashinaning uzunligi 100 metrdan ortiq, balandligi esa uch qavatli uydek keladi.
Nam va yumshoq qog’oz massasi shu mashina orqali o‘tib, bir zumda silliq, zich oq qog’ozga aylanadi. Shu bir zumda mayda teshikchalari bor uzun to‘r ustiga yoyilgan qog‘oz massasidan suv siqib tashlanadi, u presslanadi, qizib turgan og’ir barabanlar uni silliqlaydi va tayyor qog‘oz ulkan o’ramlarga o‘raladi.
Endi faqat bu rulonlarni zarur olchamli listlarga kesish va kitob yoki jurnal bosish uchun jo’natishgina qoladi. Gazetalarni esa tezkor mashinalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qog‘oz lentasiga bosishib, keyin alohida nusxalarga qirqishadi. Qog’ozning 600 dan ortiq turi bor.
Qog’oz faqat kitob, jurnal va gazetalar uchungina zarur emas, undan paket va gulqog’ozlar, karton va muzqaymoq idishchalari, arqon qilinadi, hatto mashinalarning kichik shesternyalari ham ba’zan qog‘ozdan yasaladi.
Qog’oz fabrikalarini yog’och bilan ta’minlash uchun har kuni o‘rmonda qancha daraxt kesish kerakligini bir tasavvur qilib ko‘ring.
Mana shuning uchun ham qog’ozning bir qismini eski, foydalanib bo‘lingan qog’ozdan tayyorlash muhimligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Makulatura — eski gazetalar, daftarlar, o‘rov qog‘ozlari va boshqa qog‘oz chiqindilarini to‘plab topshirish bilan butun boshli o’rmonlarni saqlab qolish mumkin.