POLIZ

POLIZ HAQIDA

POLIZ

POLIZ Qovun, tarvuz, bodring, qovoq kabi palak otib o’sadigan ekinlar ekilgan maydon. Odatda poliz ekinlarining palagi ilashib yoki yerda yotib o‘sadi.

Bu ekinlar issiqsevar va qurg’oqchilikka nihoyatda chidamli bo‘lib, qadimiy vatani tropik va subtropik mamlakatlar — Osiyo, Afrika va Amerikadir.

Poliz ekinlarining hammasi issiqqa, yorug’likka, yumshoq tuproqqa va tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdoriga nihoyatda talabchan.

Ayniqsa qo’riq va bo‘z tuproqli yerlarda juda yaxshi o’sadi. 0‘zbekistonda yetishtiriladigan qovunlar o‘ta shirin, tashish va saqlash uchun qulay bo‘lganligidan o‘rta asrlarda Hindiston, Eron kabi mamlakatlarga chiqarilgan.

Natijada polizchilik, ayniqsa qovun yetishtirish yaxshi rivojlangan. Xalq seleksionerlari qovunning bir-biridan farq qiladigan ko’plab tur xillari va navlarini yaratganlar.

Eron, Afg’Oniston, 0‘rta Osiyo davlatlari dunyodagi eng yaxshi qovunlar vatanidir. Bu yerlarda qovun qadimdan ekilib kelinadi.

Qovun ovqat o’rriini ham bosgan, uzoq yo‘llarga ham olib ketilgan: kimning qovuni bo‘lsa, yo’lda ochlik va tashnalikni bilmagan. Qovun shinnisidan har xil shirinliklar pishirilgan, qovundan davolanishgan.
Lekin suv yo‘q joyda qovun bitmaydi.

Bir vaqtlar o‘zbek dehqoni yantoq novda- sini yorib, unga qovun urug’ini suqib qo’ygan. Qovun urug’i ildizi juda chuqur ketgan yantoqdan o‘ziga kerakli namni olib turgan.

Hozirgi kunda 0‘zbekiston qovun polizlari yantoq suviga muhtoj emas. Polizlarga suv kanallardan keragicha kelib turadi.

O’rta Osiyoda tarvuz qovunga nisbatan kamroq ekiladi. Lekin bu tarvuzlar shirinligi jihatidan yuqori baholanadi. Issiq iqlimda o‘stirilgan tarvuz shirin bo‘ladi.

Quyosh nurida tarvuz mevasida qand moddasi to’planadi, tarvuz qurg’oqchilikka 0‘rgangan, chunki tarvuzning kelib chiqqan joyi — Afrikadagi Kalaxari yarim cho’lida yomg’ir juda kam yog‘adi.

Kalaxari yarim cho’lida shirin, bemaza yoki achchiq yovvoyi tarvuz polizlari bor. Zamonaviy madaniy tarvuz yirik va shirin bo’lishi bilan birga o‘zining Afrikadagi kabi suvsizlikka chidamliligini saqlab qolgan.

Hatto Qoraqum cho’lidagi qumlarda ham tarvuz polizlari borva ulardan mo‘l hosil olinadi.

Qovoq ovqatga ishlatilib, undan turli-tuman taomlar tayyorlanadi. Poliz ekinlarining xashaki navlari ham ko‘p. Ulardan mo‘l hosil olinadi va chorvachilikda shirali ozuqa sifatida ishlatiladi.

Poliz ekinlari parhez xususiyatiga ega qimmatli oziq-ovqat mahsuloti bo’lib, keng iste’mol qilinadi, qovundan qovunqoqi, murabbolar, tarvuzdan shinni tayyorlanadi. Urug’idan yog‘ olinadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика