POLIMERLAR
Polimerlar tabiatda har qadamda uchraydi. Ular har bir mikroorganizm, o‘simlik va hayvonlarning muhim qismi hisoblanadi. Odam organizmini tashkil etgan moddalar orasida ham polimerlar kam emas.
Mushak to‘qimalari, teri va soch ham polimerlardir. Bu polimerlar organizmning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan.
Polimerlar tabiiy va sun’iy polimerlarga bo’linadi.
Yaqin vaqtlargacha polimerlar faqat tabiatda hosil bo’lgan. Endilikda esa odam ularning sirini bilib oldi.
Polimerlar oddiy molekulalar guruhlari — monomerlardan tashkil topgan molekulalar zanjiridan iborat ekanligi aniqlandi. Bu xilda tuzilgan monomer guruhlari ko‘p marta takrorlangan bo’ladi.
Monomerlar gazsimon, suyuq va qattiq holatda bo’lishi mumkin. Polimerlar esa faqat suyuq va qattiq holda boladi.
Uzun molekula-zanjirchalarning bir-biri bilan turlicha birikuvi moddalarga puxtalik, egiluvchanlik, qayishqoqlik va nafislik bag’ishlaydi.
Ba’zi polimerlarning plastmassalar deb atalishi ham bejiz emas. Agar zanjirchalar bir yo‘nalishdagi chiziq bo’ylab o’rnashgan bo‘lsa, puxta va egiluvchan modda hosil bo‘ladi.
Agar ular koptoksimon bo‘lib joylashgan bo‘lsa, rezina xossasiga ega bo’lgan modda hosil bo’ladi.
Agar zanjirchaga yana bir molekulalar guruhi qo‘shilsa, polimerda yangi xossalar paydo bo’ladi. Shunisi qiziqki, agar ayni bir guruh zanjirchaning turli joyiga qo’shilsa, har gal yangi modda hosil boladi.
Qlimlar bu sirni bilib olib, bir necha o‘n moddalardan o‘n minglab polimerlar olish usullarini ishlab chiqadilar.
Polatdek mustahkam, asl metallardek chidamli, rezinadek egiluvchan, paxtadek yumshoq bo’lgan polimerlar stanoklar va samolyotlarda metall o’rnida ishlatilmoqda, ko’pgina qurilish materiallari o’rnini bosmoqda, paxta, jun, ipak bilan muvaffaqiyatli raqobatlashmoqda.