OVQAT HAZM QILISH
OVQAT HAZM QILISH Siz ovqat hazm qilish organlaringiz naqadar aktiv faoliyat olib borishini tasavvur ham qilmasangiz kerak.
Odam organizmi uchun maxsus tayyorlangan ovqat zarur. Ovqatdan siz manfaatlanishingiz uchun, og‘zingizga tushgan barcha taom — kartoshkami, sabzimi, go‘shtmi, nonmi, yog‘ yoki olmami — qonga singishi va qon orqali butun organlarga o’tishi uchun hazm bolishi kerak. Bu vazifalarning hammasini sizning ovqat hazm qilish organlaringiz bajaradi.
Ovqat hazm qilish organlari og‘izdan boshlanadi. Siz shirin ovqatni ko’rganingizda, ishtaha ochuvchi biror hidni sezganingizda og‘zingizda so‘lak paydo bo’ladi. So’lak og‘izga tushgan ovqatni hollash uchun kerak.
So’lak bo’lmasa, og‘izdagi ovqatni chaynash va yutish qiyin bo‘ladi. So‘lak bilan ho’llangan va chaynalgan ovqat luqmasi qizilo‘ngachga, undan me’daga tushadi.
Me’da devorlarida maxsus bezlar bo’ladi. Me’daga ovqat tushganida bu bezlardan oqsil molekulalarini parchalay- digan nordon shira ajralib chiqa boshlaydi.
Shunisi qiziqki, no.n bo‘lagi hali og‘zingizdaligida me’da bezlari shu non bo‘lagining hazm bo’lishiga yetarli miqdorda muayyan tarkibda shira ishlab chiqaradi. Bu murakkab ajoyibot bir-biri bilan muvofiqlashib ishlaydi.
Sizning hazm qilish organlaringiz har biri o‘z vazifasini yaxshi biladi.
Ovqatning ko‘rinishi qanchalik chiroyli, hidi qanchalik yoqimli bo‘lsa, sizda so‘lak va me’da shirasi shunchalik ko‘p ajralib chiqadi.
Demak, ovqat tez hazm bo‘lib, kishiga yaxshi quwat beradi. Agar ovqatlanayotgan vaqtingizda boshqa narsalar bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, masalan, berilib suhbatlashayotgan, televizor ko‘rayotgan yoki kitob o‘qiyotgan bo’lsangiz, shira ajralishi pasayib, hatto keskin kamayishi mumkin.
Me’da vaqtiwaqti bilan qisqaradi va chala hazm bo‘lgan ovqatni ichakka tomon haydaydi. Ichak ovqat hazm qilish organlarining eng uzun qismi hisoblanadi. Uning uzunligi 8 metrcha.
Me’dada atalaga aylangan ovqat ichakning aylanma yo’llaridan o‘tib boradi. Ichakning turli joylarida unga boshqa shiralar ta’sir etib, oqsilning hazm bo’lishi tugaydi, uglevod va yog’lar parchalanadi.
Ular ichak devorlari orqali so’riladi va qon ularni gavdadagi barcha organlarga yetkazadi.
Ovqat tarkibidagi suv, mineral tuzlar va vitaminlar hech qanday o’zgarishsiz organizmga so’rilaveradi.
Odamda ovqat hazm qilish jarayoni 1-2 sutka davom etadi.
Har qanday ovqatni yaxshi chaynash kerak. Ovqatni katta bo’lak holida yutmang, chunki u me’daga og‘irlik qiladi.
Ovqatni me’yoridan ortiqcha ham yemang. Hazm bo’lmagan ovqat me’dada turib qoladi. Bu ichning buzilishiga sabab bo’ladi.
Bunda ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini tuzatish uchun davolanishga to‘g‘ri keladi.