OT HAQIDA
OT HAQIDA Yovvoyi otlar juda kam, u ham bo’lsa, faqat Osiyodagina qolgan. Yovvoyi ot yag’rindor, baquvvat, boshi katta, yoli qisqa, rangi saman, yoli va dumi qora.
Ularning bunday tusda bolishi yilqilarni dasht o’simliklari ichida bilinmaydigan qiladi. Qish kelishi oldidan yovvoyi otlarning juni qalinlashadi.
Odamlar yowoyi otlarni bundan bir necha ming yillar muqaddam qo’lga o’rgatishgan.
Inson tabiat «xazinasidan» oddiygina bir yowoyi ot «namuna»sini olib, uning qiyofasini o‘z istagiga moslab asta-sekin o‘zgartira bordi. Mitti ponidan to og‘ir yuk tortadigan ulkan otlargacha bo‘lgan turli-tuman ot zotlari shu tarzda paydo bo‘ldi.
Ot qadimdan insonning eng yaqin yordamchisi. 20-asrning boshlarigacha armiyalarning o’zagini otliq qismlar tashkil etgan.
O’tmishda poni otlari hozir hayvonot boglarida aravaga qo‘shib bolalarni aylantirib yurgan otlarga o‘xshab, tor yer osti shaxtalarida ko‘mir ortilgan vagonetkalarni tashishda ishlatilgan.
Arabi otlari chiroyliligi, ulug’vorligi, yirik-yirik qadam tashlashi, uzoq masofalarga chidamliligi bilan mashhur. Bu otlar bundan 800 yil avval Arabistonda yetishtirilgan.
Ingliz zotdor salt miniladigan ot zoti 18-asrda Angliyada yetishtirilgan. Bu zot oti chopqir hisoblanadi.
Axaltaka, yovmut otlari salt miniladigan qadimiy ot zotlaridan, ular Turkmanistonda yetishtirilgan. Axaltaka otlari chiroyli, chopqir, o‘ynoqi, yoli ipakdek silliq bo‘lib, oltin kabi tovlanadi.
Hozirgi O’zbekiston va Tojikiston hududida yashagan ota-bobolarimiz qadimgi 0‘rta Osiyo arg‘umoqlarini mo‘g‘ul, turkman, arabi ot zotlari bilan chatishtirib, yaxshilash asosida laqay, qorabayir ot zotlarini chiqarganlar..
Tusi to’riq, ko‘k, saman bolgan laqay otlari yuk tashish va salt minishga, ko’krakdor, kulrang, to‘riq yoki sariq, ba’zan qora rangli qorabotir otlari salt minishga va aravaga qo‘shishga yaxshi moslashgan.
Yevropa mamlakatlarida yo’rtoqi, undan keyinroq esa yo‘rg‘a ot zotlari yetishtirildi. Yo‘rtoqi ot sakrab chopmaydi.
U kuchli oyoqlari bilan katta-katta qadam tashlab, faqat tizgin va chavandozga itoat qilgan holda tez yuradigan poyezd tezligida bir tekisda yo‘rg‘alab yuguradi. Chavandoz ikki g’ildirakli yengil aravachada deyarli otning orqa oyoqlari tepasida o‘tiradi.
Rossiyada yetishtirilgan Vladimir ot zoti bir necha tonna yuk ortilgan og‘ir aravalarni bemalol tortib ketaveradi. Og’iryuktashiydigan ot zoti 16 tonna yukni, rekordchisi esa 20 tonnadan ortiq yukni torta oladi.
Mamlakatimizdagi bir qancha naslchililik xo’jaliklari va ot zavodlarida, yilqichilik fermalarida ot zotlari muvaffaqiyat bilan ko‘paytirilmoqda. Bularning orasida go‘zal arabi otlari, zotdor salt miniladigan otlar, eng yaxshi sport otlari bor. Otlarning yanada yangi zotlari ham yetishtirilmoqda.
Bizning asrimiz — mashinalar asri. Lekin hali ko‘pgina ishlar otlar bilan bajarilmoqda. Og‘ir, notekis yo’llarda ot bo’lmasa, geologlarning ishi bitmaydi, otlar o’rmonchilar va cho‘ponlar, chegarachilarning eng yaqin yordamchisi.
Lekin hozirgi kunda otlardan, asosan, sport musobaqalarida foydalaniladi va ularning chidamliligi, kuchliligi, chopqirligi sinab ko’riladi.
To’ylar va bayramlarda o‘tkaziladigan ko‘pkari va ot poygasi musobaqalarini xalqimiz juda sevadi.
Xalqaro ot sporti musobaqalarida bizning sportchilarimiz katta muvaffaqiyat bilan ishtirok etmoqdalar.
Mamlakatimizda ot sporti yil sayin ommaviy tus olib bormoqda.
Otlar haqida maxsus fan paydo bo’lgan. U i p p o I o g i y a deb ataladi.
Biyalardan sog‘ib olinadigan sutdan shifobaxsh ichimlikimiz tayyorlanadi.