OROL DENGIZI

orol dengiz HAQIDA

OROL DENGIZI

Orol dengizi — 0‘rta Osiyoning shimoli- g’arbida joylashgan berk suv havzasi, eng katta sho‘r ko‘l.

Dengiz o‘rta asrlarda yigirmadan ortiq nom bilan atalib kelgan. Orol dengizi sohilida yashovchi o‘zbek, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalq va elatlar uni Shimoliy dengiz, Sho‘r dengiz, Jayhun dengizi, Jand ko‘li, Xorazm dengizi, Qora dengiz, Orol dengizi va hokazo nomlar bilan ataganlar.

Lekin eng keyingisi — Orol nomi g’olib bo’ldi. Bu nom Amudaryo deltasida daryo tarmog’i bilan dengiz orolig’idagi orolsimon joy nomidan kelib chiqqan deyiladi.

0‘rta asr arab sayyohlari asarlarida ham Orol dengiziga doir ma’lumotlar uchraydi. Arab sayyohi va geografi Istaxriy 10-asrda Orolni «Xorazm ko‘li» deb atagan va Sirdaryoning shu dengizga quyilishini yozib qoldirgan.

Orol dengiziga 1960-yillar o’rtalarigacha 0‘rta Osiyodagi ikkita eng katta daryo — Amudaryo va Sirdaryo suvi quyilgan. Keyinroq bu daryolarning suvi keskin kamaygan.

Dengizdan bironta ham daryo oqib chiqmaydi, boshqa suv havzalari bilan ham tutash emas. Shu sababdan Orol berk havza deyiladi. 1970- yillar o’rtalarida Orol dengizining maydoni 57 ming kvadrat kilometr, qirg’oq chizig‘ining uzunligi 4500 kilometr bo‘lgan.

Kattaligi jihatidan dunyoda Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya kolidan keyin to’rtinchi o’rinda turgan. Orol dengizining hajmi o‘rtacha 1000 kub kilometr bo’lgan.

Orolning hozirgi sathi ikki martadan ortiq kamayib, 26,5 ming kvadrat kilometr bo’lib qoldi. Dengiz qadimgi geologik davrda ham goh suvi ko‘payib, goh sathi pasayib tur- ganligi ma’lum, lekin hozirgidek hech qachon suvi kamaygan emas.

Orol dengizi yuqori pliotsen deb ataladigan geologik davrda Yer po‘stining egilgan yerida- gi botiqda hosil bo‘lgan. Dengizning tubi tekis.

Ma’muriy jihatdan dengizning janubi-g’arbi 0‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) respublikasi, shimoliy-sharqiy qismi Qozog’iston Respublikasi hududida.

Dengizning sharqiy qirg’oqlari past, g’arbiy qirg‘og‘i Ustyurt chinki (jarlik)dan iborat. Orol dengizida ilgarilari 300 dan ortiq orol .bor edi, endilikda ularning ko‘plari quruqlikka qo’shilib ketdi.

1970-yillarga qadar dengizga Amudaryo salkam 39 kub kilometr. Sirdaryo esa 14,5 kub kilometr suv olib borgan. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82 millimetr yog’in yog‘adi. Dengiz cho‘l zonasi- da joylashganidan sathidan suvning bug’lanishi ham kuchli.

Orol dengizi sathi keskin kamaya borib, salkam 40 ming kvadrat kilometr joy quruqlikka aylandi. U «Orolqum» deb atala boshlandi.

Orolqumdan shamolda chang-to’zon ko’tarilib, atrof muhitga zarar keltira boshladi. Dengizning sho’rligi ham tobora ortib bormoqda. Bularning hammasi xalqaro muammoga aylandi.

Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi tashkil etilgan. Bu jamg‘armarii 1997-99-yillarda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov boshqardi.

Orol muammosi yechimini topish maqsadida 0‘rta Osiyo respublikalari prezidentlari bir necha marta uchrashuvlar o‘tkazdilar. 1999-yilga kelib Orolning chekinishi to‘xtatildi.

Endigi vazifa dengiz suvini butun choralar bilan ko‘paytirish. Orolqumda tuz va qum ko‘chishini to‘xtatishdan iborat.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика