NIL HAQIDA

NIL HAQIDA HAQIDA

NIL HAQIDA

NIL HAQIDA NIL JUMBOG’I NIMA?

Afrikadagi katta daryo Nilning jumbog’i to’grisida eshitgan bo’lsangiz kerak. Dar holda daryo bilan bog’liq bir hol odamlarni miyg yillar davomida tashvishga solib kelgan.

Har yilning iyulidan boshlab, Nilning sathi ko’tarila boradi va oktyabr oyiga borib, suv sathi may oyidagiga nisbatan 7,5 metr yukori bo’ladi.

Toshqin vaqtida Nil toshib, dalalarga eng yaxshi o’g’it vazifasini o’taydigan loyqa olib keladi. Misrda deyarli yomg’ir yog’magani uchun ham suvning bu darajada baland ko’tarilishi hodisasi kutilmagan holdir.

Shu sababdan uning atrofida yashaydigan aholining bu tonhin siridan voqif bo’lolmay, boshi qotgan. Bu jumboqqa XIX asrga kelibgina javob topildi.

Nil dunyodagi eng uzun daryodir. Uning janubdan shimolgacha bo’lgan uzunligi — b 670 km. Daryo, asosan, Afrika qit’asining shimoli gar* bida joylashgan Sudan va Misr davlatlari hududidan oqib o’tadi.

Nil har yili toshishi natijasida jazirama, quruq va taqir cho’l bilan o’ralgan sohillari atrofida uzun, ensiz hosildor erlardan iborat vodiy hosil qiotan.

Ilk odamlar bu erga bir necha ming yil muqaddam ko’chib kelib o’rnashishgan. Nil daryosi ikki asosiy manba: Oq Nil va Moviy Nildan suv oladi.

Oq Nil Ugandadagi Viktoriya ko’lidan oqib chiqadi. Uning oqimi ravon va sekin bo’lib, Nilning suv sathi o’zgarishiga ta’sir etmaydi. Aprel va may oylarida Nilning suv sathi past darajaga tushadi, o’sha vaqtda suvning 85% Oq Nildan keladi.

Moviy Nilchi? U Efiopiyadagi jalalar yog’adigan, qorlar eriydigan togliklardan boshlanadi. Yomgir mavsumi boshlanishi bilan Moviy Nilning suvi keskin ko’tarilib ketadi va tophinga sabab bo’ladi.

Ming yillar davomida odamlarning boshini qotirgan bu jumboqning osongina javobi mana shu.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика