MUCHALLAR HAQIDA

MUCHALLAR HAQIDA HAQIDA

MUCHALLAR HAQIDA

MUCHALLAR HAQIDA Juda qadim zamonlardan beri olkamizda muchal bo‘yicha yil ag’darish odati bor. Qariyalar muchaling nima, deb so’rab yoshingizni aytib berishadi.

Muchal — 12 ta hayvonning nomi bilan ataladigan yillar. Muchal hisobi Osiyo va Afrikadagi ko’pgina mamlakatlar xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan.

Yozma ma’lumotlarga qaraganda, muchal hisobini dastlab bizning olkamizda ko’chmanchi chorvador xalqlar ishlatgan. Keyin u Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.

Odamlarning tug’ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim hayvonlarga sig‘inish oqibatida kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Shuning uchun qaysi mamlakatda qanday hayvon hosiyatliroq hisoblansa, u 12 yillik yil hisobiga kiritilgan.

Masalan, Xitoyda baliq o‘rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba’zi xalqlarda baliq o‘rniga timsoh, Misrda sichqon o‘rniga mushuk, ot o’rniga eshak va hokazo hayvonlar nomlari qo’llanilgan. 0‘lkamizda esa mana bu hayvon- lar muchalni ifodalaydi.

1. Tovuq, 2. It, 3. To‘ng‘iz, 4. Sichqon, 5. Sigir, 6. Yo’lbars, 7. Quyon, 8. Baliq, 9. Ilon, 10. Ot, 11. Qo‘y va 12. Maymun. Odam shu hayvonlarning nomi bilan atalgan yilning qaysi birida tug‘ilgan bolsa, uning muchali shu hayvon nomi bilan ataladi. Dastlab, muchalning birinchi yili deb sichqon yili olinardi.

Keyinchalik muchal hisobini biz ishlatadigan milodiy hisobga bog’lash maqsadida teskarisiga hisoblansa, milodiy hisobning birinchi yili tovuq yili ekan.

Shuni nazarga olib muchalning hisob boshi tovuq yili desak, grigoriy taqvimi bo’yicha yozilgan yilni 12 ga bolganimizda hosil boladigan qoldiq son muchal yili tartibini bildiradi.

Masalan, 2000 yilning qanday yil ekanligini bilish uchun uni 12 ga bolamiz: 2000 = 166 .12 + 8 boladi. Bunda qoldiq 8 bolgani uchun 2000 yil baliq yili ekan. Tabiiyki, agar qoldiq nol bo‘lsa, yit 12, ya’ni maymun yili boladi.

Muchal hayvonlarining tasviri turmushda ishlatiladigan turli-tuman buyumlarga chizilgan, ayollarning bezaklariga tushirilgan. 12 yillikning har bir yili tabiatdagi ulkan tabiiy hodisalar bilan bog‘liq degan qadimiy rivoyatlar ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Quyoshdagi chaqnash, portlash hodisalari, doglarning ko’payib-kamayib ketishi va shularga bogliq holda Yerda ham ob-havo sharoitlaridagi o‘zgarishlar, magnit bo‘ronlari hodisalari va hokazolar ham 12 yillik davr bilan o‘zgaradi.

Qurg‘oqchilik, namgarchilik, qahraton qish, iliq qish, jazirama yoz va hokazolar, bularga bogliq holda qimmatchilik, arzonchilik kabi jamiyatdagi hodisalar bilan boglanib ketadi.

Hatto tug‘ilgan bolaning taqdiri, fe’l-atvori uning muchaliga bogliq bo’ladi, deguvchilar ham bor. Chunonchi, ilon yilida qurg’oqchilik, qimmatchilik bolarkan, qish sovuq kelarkan, tug’ilgan farzand nodon bo‘larmish, to‘ng‘iz yilida yog’ingarchilik ko‘p, narx-navo arzon, farzand tug’ilsa, u davlatmand va dono bolarmish, quyon yilida tug‘ilgan bola uzoq umr ko rib, badavlat, oqil va odil inson bo’lib yetisharmish va hokazo.

Muchal hisobi bo‘yicha yil boshi deb ko‘pchilik sharq mamlakatlarida, jumladan, 0‘zbekistonda ham 22 mart olinadi.

Shuning uchun tug‘ilgan bolaning muchal hisobidagi yilini aniqlashda ehtiyot bo‘lish kerak, navro’zning birinchi kuniga qadar o‘tgan yilning muchali hisobga olinadi.

Endi, bolalar, muchal- ingizni aniqlashni istasangiz, tug’ilgan yilingizni 12 ga boling, shunda hosil bolgan qoldiq son sizning muchalingizni ko‘rsatadi. Aytaylik, siz
1987-yilda tug‘ilgansiz. Uni (1987 ni) 12 ga bo’lsangiz, 7 qoldiq qoladi. Demak, sizning muchalingiz quyon ekan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика