MAKTAB HAQIDA

MAKTAB HAQIDA HAQIDA

MAKTAB HAQIDA

MAKTAB HAQIDA «Maktab» so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan.

Maktab o’qituvchi rahbarligida yosh avlodga ta’lim beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o‘quv-tarbiya muassasasi hisoblanadi.

U yosh avlodga fan asoslarini o‘rgatadi, yoshlarning jismoniy taraqqiyotiga, axloqiy tarbiyasiga ko’maklashadi, mehnatda, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga tayyorlaydi.

Siz, albatta, maktabdagi birinchi kuningizni umrbod eslab qolgansiz…

Quyosh, sentabr tongi. Barcha sinf o‘quvchilari maktab binosi oldiga yig‘ilgan. Hammaning yuzida tabassum, qo’lida gul.

Bu yerda siz birinchi marta sinfdosh o’rtoqlaringiz bilan uchrashasiz, o’qituvchingiz bilan tanishasiz. Sizga, birinchi sinf o’quvchilariga o’qituvchilar, maktab direktori, ota-onalar o‘z dil so’zlarini izhor etadilar. Siz uchun birinchi marta maktab qo‘ng‘irog‘i jaranglaydi.

Bahorda esa o’quvchilarning xuddi shunday yig’ilishida sizning katta o’rtoqlaringiz — bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun oxirgi marta maktab qo‘ng‘irog‘i jaranglaydi.

Maktabda asosiy rahbaringiz va do’stingiz — o’qituvchi doim sizning yoningizda boladi.

Har bir o’qituvchida birinchi, ikkinchi sinf o‘quvchilarini va umuman maktabning barcha bolalarini nimalarga o’rgatish kerakligini belgilab beruvchi dastur bo‘ladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yangi o’quv dasturlari ishlab chiqildi.

MAKKAJO‘XORI
Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi indeyeslar — inklar va atsteklar makkajo‘xori yetishtirishgan. Inklarning gullab-yashnagan davlati Peruda, Janubiy Amerikada, atsteklarning davlati esa Meksikada, Markaziy Amerikada bolgan.

U yerda makkajo’xorini mais deb atashgan va muqaddas o’simlik hisoblashgan.

Kolumb bu ajoyib o’simlikning donini Yevropaga olib kelgan. Indeyeslar maisi o‘zi uchun yangi bo’lgan Ispaniya va

Portugaliya dalalariga tez o‘rganib ketdi. U yerdan makkajo‘xori 16-asrdan boshlab tezda Afrika va Osiyoga tarqaldi.

Hech bir o‘simlik Yer kurrasi bo‘ylab makkajo‘xoridek tez tarqalgan emas.

Mamlakatimizda tishsimon va sarg’ish donli makkajo’xori keng tarqalgan. Makkajo‘xori issiqsevar o‘simlik bo‘lib, o‘suv davri 90-150 kun.

Hozir insoniyat ixtiyorida uchta asosiy oziq- ovqat o‘simligi: bug‘doy, sholi va makkajo‘xori mavjud. Jahon bo’yicha har yili o‘rtacha 115 million gektar yerga makkajo’xori ekiladi.

AQSH, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Meksikada juda katta maydonlarda o’stiriladi. Makkajo’xori donidan un, yorma, yog‘, konfetlar, viskoza, kinoplyonkalar tayyorlanadi.

Makkajo’xori doni, poyasi va so’tasidan tayyorlangan silos chorva mollari uchun to‘yimli ozuqadir. Shirin makkajo‘xori xomligicha va konservalangan holda iste’mol qilinadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика