MAHALLA HAQIDA

MAHALLA HAQIDA HAQIDA

MAHALLA HAQIDA

MAHALLA HAQIDA Ikki tomoni shinam uylardan iborat ko‘chadan o’tib bormoqdasiz. Har bir xonadon atrofi supurilgan, suv sepilgan. Ariqchadan jildirab suv oqib turibdi.

Kimdir uyining ko’cha tomoniga tok ekib, so’ri qilgan. Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik- kichik pollarga oshko‘k sepilgan. Pomidor, baqlajon, bolgar garmdorisi o‘sib yotibdi.

Yana bir xonadon esa o‘z hududiga zich qilib terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko‘chaning gavjumroq joyida «… mahalla idorasi,» degan yozuvga ko‘zingiz tushadi.

Mahalla… X asrda yashab o‘tgan buxorolik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida mahalla haqida ma’lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa «mahalla» so‘zini kunda bir necha bor eshitamiz va tilga olamiz.

 

E’tibor bergan bo‘lsangiz, mahallalar ko’pincha katta ko‘cha bir tomonining ma’lum qismini va uni oralab ketgan ko’chalar, torko’chalar, berkko‘chalarni qamrab oladi.

 

Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahallalar, odatda, asrlar davomida kasb-hunar yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan.

Hozir biz Qoshiqchi, 0‘qchi, Degrezlik kabi mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak, bu mahallalarda qoshiq, o‘q (turli vazifalarni bajaruvchi) yasovchi, qozon quyuvchi ustalar yashagan.

Ayrim mahallalar o‘sha joyning relyefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chuqurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari nomlar shu tarzda kelib chiqqan.

Hozirgi paytda mahallalar aholi bilan ishlaydigan g’oyat muhim organga aylangan. Unga maxsus qonun bilan o’zini o‘zi boshqarish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning, unda istiqomat qiluvchi aholining barcha muammolari o‘sha yerning o’zida hal etiladi.

Mahallada katta tarbiyaviy ish olib boriladi. «Bir bolaga yetti go’shni ota-ona» naqliga asoslanib, mahalla ahli bolalar tarbiyasida faol qatnashadi.

Hozir mahallalarda maishiy, ma’naviy, ijtimoiy, madaniy masalalar bilan shug’ullanuvchi turli-tuman komissiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mahallalarga aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan qamrab olish, qo’shimcha ish joylarini yaratish uchun kichik korxonalar ochish huquqi berilgan.

Mahalla aholining ko pchilik ovozi bilan saylanib, tegishli tuman hokimiyati tasdiqlagan rais va faollar tomonidan boshqariladi. Tartib-intizomni nazorat qilish ichki ishlar uchastka noziri, ko’ngilli posbonlar tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyatimiz hayotida ahamiyati beqiyos, jahon tajribasida esa o’xshashi yo‘q hodisa bo’lgan mahallaning aholi hayotidagi ahamiyati va o‘rni ortib bormoqda. Zero, mahalla — «insonni jamiy’at bilan yashashga o‘rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan birlamchi va beqiyos makon»dir.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика