KUTUBXONA HAQIDA

KUTUBXONA HAQIDA HAQIDA

KUTUBXONA HAQIDA

KUTUBXONA HAQIDA Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida turli-tuman moddiy, madaniy va ma’naviy yodgorliklar ko’plab yaratilgan.

Ana shunday yodgorliklardan biri kitobdir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida turli muassasalar — Yevropada cherkov va monastirlarda, Sharqda madrasalar, shohlar saroylarida, zodagonlar xonadonlarida kitoblar saqlanadigan joylar, shuning- dekqolyozma asarlar to‘plamlari bolgan.

Ilmli kishi bolgan har bir xonadonda diniy kitoblar bilan bir qatorda ilmiy kitoblar ham saqlangan. Bu kitoblar avaylab asralgan, nihoyatda qadrlangan. Jumladan, buyuk olim, tibbiyot ilmining dahosi bo‘lgan buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino og‘ir dardga chaiingan podshohni davolaydi.

Uni mukofotlamoqchi bo’lgan podshohdan tabib faqat saroy kutubxonasidan foydalanish uchun ruxsat so’raydi. Ko‘rdingizmi, ilmli kishilar kitobni barcha boyliklardan yuqori ko‘rganlar, ularni nechoglik qadrlaganlar.

Kutubxona forscha «kitoblar uyi», «kitoblar saqlanadigan joy» degan ma’noni bildiradi. Kutubxonadagi kitoblar tartib bilan saqlanadi.

Kerakli kitobni topib olishda sizga ko‘rsatkich (katalog)lar yordam beradi. Ular har bir kutubxonada mavjud. Uzun tortmalarga kartochkalar qo’yilgan bo‘ladi.

Kartochkada kitobning nomi va muallifining ismi, familiyasi yozilgan. Kartochkaning bir burchagida harf va raqamlardan iborat yozuv bo‘lib,’u sirli ravishda shifr deb ataladi.

Bu yozuv kutubxona javonidagi kitobning qisqartirilgan joyidir. Kutubxonachi shu shifr orqali kitobni osongina topadi. Siz kutubxona a’zosimisiz? A’zo bo’lmagan bo’lsangiz, tezroq a’zo bo’ling. A’zo bo’lganingizdan so’ng katalogdan foydalanishni o’rganing.

O‘zbekiston hududida dastlabki jamoat kutubxonasi — Turkiston ommaviy kutubxonasi 1870-yili tashkil etilgan. Bu kutubxona aholining madaniy saviyasini oshirishga, o’lkaning tabiiy boyliklarini, ko‘p asrlik tarixini o‘rganishga yordam berdi.

Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi nomi bilan ma’lum bo’lgan ushbu kutubxona respublikadagi eng boy to’plamga ega bo’lgan kutubxona hisoblanadi.

Yurtimizda nashrqilingan har bir kitob, albatta, shu kutubxonaga kelib tushadi. Har bir gazeta, jurnal ham shu kutubxonada saqlanadi. Boshqa davlatlardan ham kitob, gazeta, jurnallar keladi. Bu yerda ularjuda ko‘p, millionlab nusxalarni tashkil etadi.

0‘zbekiston hududida shahar, tuman, viloyat kutubxonalari va maxsus bolalar kutubxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari institut, maktablarda, ba’zan sinflarda ham kutubxonalar tashkil etilgan.

Kitob to‘plash, uni avaylab asrash an’anasi hozirgi kunga qadar saqlangan. Aziz bolalar, ana shu tarixiy an’anani davom ettirib kitob to’plashni boshlang, o‘zingizning jajji kutubxonangizni yaratishga kirishing.

U yerda kitoblarni tartib bilan saqlang. Biror kishidan kitob olsangiz, uni qaytarib berishni unutmang. 0‘z kitobingizni kimga berganingizni ham esdan chiqarmang.

 

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика