KOMPYUTER HAQIDA

KOMPYUTER HAQIDA HAQIDA

KOMPYUTER HAQIDA

KOMPYUTER HAQIDA Kompyuter inglizcha hisoblayman degan ma’noni bildiradi. U oldindan berilgan dastur bo’yicha ishlaydigan avtomatik qurilma hisoblanadi.

«Kompyuter» tushunchasi, asosan elektron hisoblash mashinasi (EHM) ning kelib chiqish tarixini belgilaydi.

Dastlabki kompyuterlarning asosiy elementi elektron lampa bolgan. Shuning uchun juda katta joyni egallagan.

Texnikaning rivojlanishi bilan elektron lampalar o’rnida tranzistorlar va bosma platalardan, keyin kichik integral mikrosxemalardan foydalanildi. Bu mashinalar hisoblash texnikasini qo’llashda yangi texnologiyani yaratdi.

Kompyuterlarning o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan jahon tarmoqlari yuzaga keldi. Bu integral sxemalarni qo‘llash natijasida 1977-yillardan boshlab o’lchamiari kichik bo’lgan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.

1981-yilda IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan turli modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyin boshqa firmalar IBM PC bilan birlashtirilgan kompyuterlarni «Apple Macintosh» («Makintosh») yoki oddiygina «maki» ishlab chiqara boshladilar.

Kompyuterlarning bir necha turlari bor. Ular turli masalalarni yechishda foydalaniladigan komponent (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, murakkab masalalarni yechadigan kompyuterda juda kuchli qurilma bo’ladi.

Hujjatlarni bosishga mo’ljallanganida esa juda kuchli qurilmaning keragi bo’lmaydi, biroq unda harf bosish qurilmasi bo’lishi kerak. Idoralarda bir joyga o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterdan foydalaniladi.

Har qanaqa kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturalardan iborat bo’ladi. Kerak bolganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi.

Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun kerak boladigan muhim qismlar bo’lib, unga qolgan qurilmalar ulanadi.

Tizimlar blokining ko’rinishi xuddi to‘g‘ri to’rt burchakli qutiga o’xshaydi. Uning old devorida turli xil tugmachalar (klavishlar), indikatorlar, disketni joylashtirish cho’ntaklari bor.

Monitor (ba’zan displey deb ham atashadi) televizorga o’xshash bo’lib, uning ekranida axborotning natijaviy ko’rinishi tasvirlanadi.

Klaviatura (klavishli panel) axborotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan asosiy qurilma hisoblanadi. Ko‘pincha kompyuter tarkibiga sichqon manipulyatori va printer kiritiladi.

«Sichqon» ikki yoki uchta knopkasi (tugmachasi) bo’igan qurilma bo’lib, uning yordamida kompyuterning ishini oson boshqarish mumkin.

Printer esa axborotlarni qog’ozga tushirish uchun xizmat qiladi. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini koordinatsiyalaydi va boshqaradi.

Protsessor kompyuterning markaziy qurilmasi bo‘lib, axborotlarga ishlov beradi, ya’ni hisoblash amaliarini, arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi, ularni solishtiradi va uzatadi.

Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar bilan belgilanadi, ya’ni kompyuter ish dasturlari orqali boshqariladi. Foydalaniladigan dasturlar ichki tezkor xotira qurilmasida saqlanadi.

Uzoq vaqt saqlanadigan axborotlar kompyuterning tashqi xotira qurilmalarida (disketlarda) saqlanadi. Ichki va tashqi xotira qurilmalarida axborot almashinuvi kiritish va chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Qattiq disk yoki vinchester axborotlarni uzoq vaqt saqlaydigan qurilma bo‘lib, unda dastur va ishlov beriladigan axborotlar «fayl» ko‘rinishida saqlanadi.

Kompyuter o‘yinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud bo’lib, ular yordamida ko‘p narsalarni amaliy bilib olish mumkin.

Kompyuterlarning universalligi axborotni aniq maqsad yolida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirishga, kishilarning ish sharoitini yaxshilashga imkon berdi.

Ob-havoni oldindan aytib berishda meteorologik stansiyalar va sun’iy yo‘ldoshlardan keladigan axborotlarni yig’ib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay bo’lgan shaklda ifodalaydi. Bu masalalarni kompyutersiz bajarishni tasavvur etish qiyin.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика