KAMOLIDDIN BEHZOD
KAMOLIDDIN BEHZOD
(1455-1536)
Sharq musavvirlik (rassomlik) san’atida yorqin yulduz bo‘lib porlagan allomalardan biri — Kamoliddin Behzod. U o‘z zamondoshlari tomonidan musawirlar peshvosi, muzahhiblar yetakchisi, ustozi deb e’tirof etilgan.
«lkkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor bolgan, Yevropada «Sharq Rafaeli» deb tan olingan.
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod Hirotda tug‘ilgan, shu yerda o’sib, shu yerda musavvir sifatida shakllangan.
Tarixchilarning yozishicha, yosh Behzodni taniqli musavvir Mirak Naqqosh o‘z tarbiyasiga olgan. Yosh rassom o‘zidan oldin o’tgan musavvirlar an’analarini o‘rgandi, uni yanada rivojlantirdi, boyitdi, kamolga yetkazdi.
Bunda mutafakkir Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Navoiyning kutubxonasida zamonasining yetuk san’atkor (musavvir va xattot)lari ijod bilan band bo’lganlar. Behzod ana shu muhitda kamol topgan.
Behzod rassom sifatida tanilgach, Sulton Husayn Boyqaro saroyiga xizmatga chaqiril- di. Ma’lum vaqtdan so‘ng saroy kutubxonasining rahbari etib tayinlandi.
Keyinchalik «Behzod akademiyasi» deb atalgan bu yerda qizg in ijod bilan band bo‘ldi, ko‘plab mo‘tabar qo’lyozmalarni yaratishga rahnamolik qildi, ma’lum qismini ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi.
Bir qator zamondoshlarining (Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon) portretlarini chizdi.
1520-yilda safaviylar shohi Shoh Ismoil Behzodni o‘g‘liga rasm o’rgatish uchun Tabrizga taklif etadi, keyinchalik o‘z kutubxonasidagi barcha kitobat ahli (kotib, naqqosh, muzahhib, jadvalkash, halkor, zarko‘b va boshqalarjga mutasaddi qilib tayinlaydi. Behzod ko‘p yillar Tabrizda Sulton Muhammad, Og‘a Mirak, Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Behzod hayotining oxirida Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan.
0‘z faoliyati va ijodi bilan musawirlik (miniatyura) san’atining keyingi taraqqiyotini belgilab bergan Behzod o‘z zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan.
Uning asarlarida tabiat jonli, hayot manzaralari aniq, haqqoniy, ishonarli va ta’sirchan tasvirlangan. Chiziqlar nozik, ranglar nafis ishlangan.
Portretlarida inson, uning ruhi, qiyofasi, his- tuyg‘ularini aks ettirishga ahamiyat bergan. Sa’diyning «Bo‘ston»,
«Guliston», Farididdin Attorning «Mantiq ut tayr», Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiylarning «Xamsa»,
Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» kabi asarlariga miniatyuralar ishlagan. Behzod asarlari bilan bezatilgan qo’lyozmalar 0‘zbekiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardagi kutubxona, qolyozma fondlari, muzeylar va shaxsiy maj- mualarda saqlanadi.
Behzod o‘z ijodi va faoliyati bilan sharq miniatyura san’ati xususiyatlarini saqlagan holda, uni yangi ijodiy an’analar, mazmun va yangi mavzular bilan boyitdi.
U an’anaviy maishiy lavhalar, uchrashuvlar, jang lavhalari, ziyofat, rasmiy qabul marosimlari, qal’a qamali kabilar bilan bir qatorda masjid qurilishi, ariq qazish, bog‘ bunyod etish kabi mavzularda asarlar yaratdi. Shuningdek, zamondoshlarining qiyofalari aks etgan portretlar ishladi.
Behzod ustoz san’atkor sifatida Hirot va Tabrizda bir qancha shogirdlarni tarbiyalagan. Qosim Ali, Darvish Muhammad, Maqsud, Muzaffar Ali, Mahmud Muzahhib kabi shogirdlari Behzod an’analarini 0‘rta Sharqqa yoyib, Behzod miniatyura maktabini shakllantirdilar.