IMOM BUXORIY

IMOM BUXORIY HAQIDA

IMOM BUXORIY

IMOM BUXORIY (810-870)

Samarqand viloyatining Payariq tumanida, Kattaqo‘rg‘on shahri tomon borar ekansiz, katta yo‘l yoqasida joylashgan ulug’vor me’moriy yodgorlikka ko‘zingiz tushadi.

Yodgorlik oldidagi to’xtash joyida turfa xil avtomashinalarning ko‘pligi, ziyoratchilar gavjumligi e’tiboringizni tortadi. Hamrohlaringizdan, bu joy Imom Buxoriy me’moriy majmuyi ekanligini bilib olasiz.

Shunda sizda «lmom Buxoriy qanday zot ekanlar? Nima uchun ziyoratchilar bu qadar ko‘p?» degan savollar tug’ilishi mumkin.

Imom Buxoriy — butun musulmon olamida nomi mashhur bo’lgan hadisshunos olimlardan biri. «Buxoriy» so’zi u zot Buxoro shahrida tug’ilganliklaridan dalolat beradi.

Olimning asl ismlari Muhammad, otalarining ismlari Ismoil. Kunyalari (zotlari) va nisbalari (tug‘ilgan joylari) bilan birga to‘liq ismlari — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriydir.

Imom Buxoriy taniqli muhaddis olim Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘ira oilasida tug‘ildilar. 0‘n yoshidan boshlab hadislarni yod ola boshladilar.

Yetmish mingdan ziyod hadisni yod bilgan Muhammad o‘n olti yoshlarida onalari hamda akalari bilan muborak haj safariga otlanadilar. Ularning uzoq yillik safarlari shu tariqa boshlanadi.

Haj amalini ado etgan Muhammad onalari bilan akalarini Buxoroga qaytarib yuborib, o’zlari hadis to‘plash niyatida olis yurtlarga rihlat qildilar (rihlat — hadis to’plash niyatida safarga chiqish).

Ko‘p yillar davom etgan safarlar chog’ida Imom Buxoriy O’rta va Yaqin Sharqning juda ko‘p mamlakatlarida, Makka, Madina, Toif, Jidda singari tabarruk shaharlarda, Basra, Kufa, Bag’dod kabi ilm markazlarida boldilar. Ko‘plab ustozlarefan ta’lim oldilar, minglab shogirdlarga ustozlik qildilar.

Imom Buxoriy maqbarasi.

Bu safarlar chog‘ida ul zot olti yuz mingdan ziyod hadis to’plab, ularni to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ishonchli va ishonchsiz hadislarga ajratdilar.

Shulardan yetti mingdan ziyod eng ishonchli hadisni tanlab olib, «AI-Jomi’ as-sahih» («lshonchli hadislar to‘plami»)ga jamlaganlar. «Sahih al-Buxoriy» deb ham ataladigan bu to‘plam musulmon olamida mashhur olti ishonchli hadislar to’plamlaridan biridir. 0‘zbek tilida bu to’plam to’rt jildda nashretildi.

Imom Buxoriyning jami 24 asari bolganligi haqida ma’lumotlar mavjud. «AI-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari», bu asar ham o‘zbek tilida nashr etilgan), «Kitob al-favoyid» («Foydali ashyolar kitobi»), «At-Tarix alka- bir» («Katta tarix»), «At-Tarix al-avsat» («0‘rta tarix»), «At-Tarix as-sag‘ir» («Kichik tarix») kitoblari shular jumlasidan. Biroq buyuk muhaddis asarlarining hammasi ham bizgacha yetib kelmagan.

Imom Buxoriy asarlariga juda ko‘plab sharhlaryozilgan. Bu hol ulaming ijodi musulmon olamida mashhur bo’lib, diniy ilmlar rivojlanishiga katta hissa qo‘shganligidan darak beradi.

Imom Buxoriy Samarqandga bora turib, hozirgi Chelak tumani Xartang qishlog‘ida vafot etganlar va shu yerda dafn qilinganlar.

Musulmon olami, kalom ahli Imom Buxoriyni «Muhaddislar imomi», «Hadis ilmining sultoni», «Hadis ilmi bobida mo‘minlar amiri», «Faqihlar sayidi» deb uluglagan.

1998-yil oktabr oyida ko‘hna Samarqand shahrida buyuk muhaddis tavalludining hijriy- qamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligi keng nishonlandi. Olim to‘g‘risida ko‘plab ilmiy va ommabop asarlar chop etildi.

Yubiley munosabati bilan olimning maqbarasi qayta qurildi. U yerda juda katta — 466 gektar maydonda yodgorlik majmuyi barpo etildi.

Majmuaga maqbara, masjid, «Dorul hadis» o’quv markazi, kutubxona, mehmonxona, ma’muriy binolar va boshqa yordamchi imoratlar kiradi.

Majmua hovlisida favvora, mahalliy-milliy an’analar asosida qurilgan hovuz bor.
Imom Buxoriy maqbarasi eng katta va gavjum ziyoratgohlardan hisoblanadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика