IBN SINO HAQIDA

IBN SINO HAQIDA HAQIDA

IBN SINO HAQIDA

IBN SINO (980-1037)

IBN SINO HAQIDA Buxoro va Samarqand, Xorazm va Nishopurda uni Abu Ali ibn Sino deb atashgan. Yevropada esa Avitsenna nomi bilan mashhur.

Ko‘p manbalarda Ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biri, xolos. Shu bilan birga, u mashhur faylasufdir, uning ilmiy merosida falsafiy masalalar katta 0‘rinni egallaydi.

Shu sababli uni Sharqda faylasuf, tabib ma’nolaridagi hakim nomi va undan ham hurmatliroq bo‘lgan Shayxur-rais (olimlar boshlig’i) laqabi bilan ataganlar. Ibn Sino Afshona (hozirgi Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Lag‘laqa) qishlog‘ida tug‘ilgan.

0‘sha zamonlarda hatto eng o’qimishli kishilar ham yer yassi, harakatsiz deb o’ylaganlar, oltinni «hikmat toshi» yordami bilan olish mumkin, «hayot suvi» esa odamlarni har qanday dardlardan ham davolaydi, qarilarni yoshartiradi, deb ishonganlar. 0‘sha paytlarda astronomiya, geografiya, fizika, kimyo kabi fanlar hali «yo‘rgak»da edi.

Tasavvur qilib ko‘ring-a, oltinni boshqa metallardan olish mumkin emasligini, inson aql-zakovati uning «ruhi» bilan emas, balki miyasi bilan bogTiq ekanligini, kasalliklarga qandaydir yulduzlarning joylashishi emas, balki iflos ariqlarda bijg`ib yotgan mitti jonivorlar sababchi ekanligini yetuk olim emas, balki o‘qimishli yigitcha aytib o‘tgan.

Ibn Sino iste’dodli, xotirasi zo‘r, zehni o‘tkir bo’lganligidan o‘z davrida ma’lum bolgan ilmlarni tezda egallay boshladi.

Ibn Sino o‘n yasharligida algebra, geometriya va hatto falsafani o‘rgandi, hamma yulduz turkumlarining qanday atalishini bilar va aniq ko‘rsata olardi.

Savollari bilan mudarrislarini esankiratib qo’yardi. Buxoroda 12 yashar bu bolani qonunlar bilimdoni deb tan olishganiga ishonging kelmaydi.

Keksalar uning oldiga maslahat so‘rab kelishardi. Biroq Ibn Sinoni matematika va fizika, astronomiya va falsafadan ko‘ra tibbiyot ko’proq o’ziga tortar edi.

Mamlakatda vabxo va chechak kasalligi keng tarqalgan, bu darddan minglab kishilar halok bolmoqda edi. Ibn Sino bu dahshatdan xulosa chiqarib, odamlarni davolayman, degan qarorga keldi.

0‘sha zamonlarda Sharqning tajribali tabiblari ham odam yuragi, jigari, o’pkasini ko‘rishmagan, qon aylanish sistemasi haqida tasawurga ham ega emas edilar, chunki odam murdasini yorib ko‘rish taqiqlangan edi.

Ibn Sino odamni tekshirib ko’rmasdan davolash mumkin emasligini tushunardi. Shuning uchun u murdalarni yorib, odam tanasi tuzilishini o‘rgana boshladi.

Mana, Buxoro va Xorazmda yosh tabibhakimning nomi el og’ziga tushdi. Uning huzuriga madad so‘rab har tomondan odamlar kela boshladi, ular hakim hech kimdan o‘z yordamini ayamasligini bilishardi.

Ko’pchilik unga shogird tushishni orzu qilardi. Ibn Sino o‘z shogirdlariga faqat davolash sirlarinigina emas, balki inson dardini tushunishni ham o’rgatardi.

Ibn Sino tibbiyotdagi ulkan tajribasi va falsafa, algebra, astronomiya, kimyo hamda fanning boshqa sohalaridagi beqiyos bilimini «Tib qonunlari», «Shifo kitobi», «Bilimlar kitobi»da bayon etgan.

Ibn Sino asarlarining hammasi 280 dan oshadi. Lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. U she’riyatda ham ijod etgan, ruboiy (to‘rtlik)lar yozgan.

Ibn Sinoning jahon fani oldidagi xizmatlari tan olingan. Uning yubileyi o‘tkazib turiladi. Dunyoda birinchi marta respublikamizda topilgan ma’dan Ibn Sino nomi bilan avitsenit deb atalgan.

0‘zbekistonda ko’cha, maktab, nashriyot, kasalxona, muzey, kutubxona uning nomiga qo‘yilgan. Ibn Sino xalqaro jarng’armasi tashkil etilgan (1999). YUNESKO Ibn Sino xalqaro oltin medali ta’sis etgan.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика