FOTOSINTEZ HAQIDA

FOTOSINTEZ HAQIDA HAQIDA

FOTOSINTEZ HAQIDA

FOTOSINTEZ HAQIDA FOTOSINTEZ NIMA?

Barcha tirik organizmlar nafas oladi. Ular kislorodni yutadi va uning yordamida energiya ishlab chiqaradi, so’ngra inson uchun ham, bonha tirik mavjudotlar uchun ham zararli bo’lgan karbonat angidrid gazini chiqaradi.

Shuning uchun ham biz biror xonani shamollatmay, uzots o’tirib qolsak, havo ogirlashib, nafas olishimiz qiyinlashib qoladi. Milliardlab organizmlar tinmay nafas olishi natijasida havo ham zaharli karbonat angidrid gazi bilan to’lib boradi.

Bundan tanhari, inson qo’li bilan qurilgan zavodlar va fabrikalar tutun hamda ko’plab middordagi karbonat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Bularga avtomobillarni, yuk mashinalarini, avtobuslarni… ham qo’shing.

Barcha tirik organizmlar karbonat angidrid gazini chiqarayotgan ekan, unda nega biz bo’g’ilib qolmaymiz? Oqil tabiat har bir narsani mutanosib holda yaratgan.

Bu holda ham barcha tirik organizmlarni o’zi chiqarg’an gazdan bo’g’ilib qolishiga yo’l qo’ymaydigan jarayon mavjud.

Bu jarayon karbonat angidrid gazining me’yordan oshib ketishiga yo’l qo’ymaydi va havoni kislo¬rod bilan to’ldirib turadi. Fotosintez deb ataladigan jarayon .faqat o’simliklarda kechadi.

Umuman olganda, fotosintez — o’ta murakkab jarayon. U quyidagicha sodir bo’ladi: dastlab o’simlik erdan (nam tropik havosidan) suv ichadi, so’ngra maxsus modda-xlorofill, shuningdek, Quyosh nuri yordamida jarayonning o’zi sodir bo’ladi.

Fotosintez natijasida hosil bo’ladigan o’simliklarga zarur ozuqani ular geterotrof, ya’ni tayyor yo’l bilan ololmaydi, aksincha, o’zlari ishlab chiqaradi. Bu ularning avtotrof — mahsulotni o’zi ishlab chiqarish yo’li bilan ozig? lanishidir.

Fotosintez ikki tomonlama foyda keltiradi. Birinchidan, o’simliklar bu jarayon yordamida o’zlariga zarur bo’lgan ozuqani oladi.

Ikkinchidan esa, fotosintez mahsulotlarining chiqindisi bo’lgan kislorod bilan bonha mavjudotlar nafas oladi. Fotosintez jarayoni faqat yashil o’simliklarda kechgani uchun ham shaharliklar ko’proq ekinlar ko’kartirish va bog’lar yaratishga harakat qiladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика