DINOZAVRLAR HAQIDA
DINOZAVRLAR HAQIDA DINOZAVRLAR QANDAY PAYDO BO’LGAN?
Olimlarning taxmin qilishicha, dinozavrlar 180 million yil burun paydo bo’lgan va 60 million yillar oldin qirilib bitgan. Dinozavrlar reptiliyalardan tarqagan.
Aytgancha, reptiliya lar hayvonlarnidg alohida sinfi bo’lib, ular issiqqon emasligi, erda ham yashay olishi, o’ziga xos yuragi borligi va aksariyatining tangachalar bilan qoplangani bilan ajralib turadi.
Ilk reptiliyalar dinozavrlardan ancha oldin paydo bo’lgan. Ular amfibiyaga o’xshaydi (ham suvda, ham quruqlikda yashashi mumkin). Ammo tuxumini faqat kuruqlikka qo’ygan. Zuryodlarining o’pkasi bo’lib, havodan nafas olgan; hasharotlar bilan tirikchilik qilgani ehtimoldan xoli emas.
Sungra reptiliyalar jussali va kuchli bo’la borgan. Birlari bahaybat kaltakesak, bophalari toshbaqaga o’xshagan. Ularning dumi kalta, oyog’i yo’g’on, boshi katta bo’lgan.
Ular o’simliklar bilan oziqlangan.Ilk dinozavrlar o’z ajdodlari — kaltakesak kabi orqa oyoqlarida yura olgan reptiliyalarga o’xshaydi.
Ilk dinozavrlar kichkina, taxminan kurkaday bo’lgan va ortsa oyoqlari bilan harakat qilgan. Ularning ayrim turlari kichkinaligicha qolib ketgan, bophalari esa o’sgan va og’irlashgan.
Ko’pchiligining uzunligi 2,5 metr bo’lgan. Hatto filday og’ir va 6 metr keladiganlari ham yashagan. Ularning boshi kichkina, o’simlikni chaynashga yaraydigan o’tmas kalta tishlari bo’lgan. Ular pastqamlarda, botqoqlarda kun kechirgan.
Keyin boshka davr — reptiliya asri boshlangan. Ayrim alafxo’r dinozavrlar shu qadar katta bo’lib ketganki, hatto quruqlikda ham o’zini to’rt oyog’ida tutib tura olmagan.
Ular vaqtini asosan daryo va botqoqliklarda o’tkazgan. Ana shunday bahaybatlarining birini brontozavr deyishadi, uning bo’yi 20 — 24 metr, ogirligi qariyb 34 tonna kelgan.
Bu vaqtga kelib dinozavrlar erda emin-erkin yura olgan, ulardan birining nomi allozavr bo’lib, bo’yi 10 metr, o’tkir tishi va tirnog’i bor edi.
U brontozavr va bonha alafxo’rlar bilan oziqlangan. Demak, dinozavrlar reptiliyalarning avlodidir. Erda iqlim o’zgarishi bilan ozuqasi va yashash joyidan mahrum bo’lgan dinozavrlar qirilib ketgan.