Choy haqida qiziqarli faktlar.
1. Eng qimmat choy
Ehtimol, choyning g’alati nomga ega bo’lgan juda qimmat navi to’g’risida eshitgandirsiz. Da Xun Pao — narhi bir kilogramm uchun bir million AQSH dollaridan ortiq bo’lgan choyning navi. Uning klonlarini oddiy narhlarda uchratgan bo’lishingiz mumkin. Bu nav faqat Xitoyda o’sadi.
2. «Mo’ylovimdan oqdi, og’zimga tushmadi»
Buyuk Britaniyada o’n to’qqizinchi asrda faqat choygina emas, balki mo’ylov qo’yish ham juda keng ommalashgan edi. Mo’ylov ichimlikka tushmasligi uchun, Xarvi Adamson ismli bir kulol mo’ylov xushbo’y choyda “cho’milmasligi” uchun shunday qulay chashkalarni o’ylab topgan.
3. Choyni qog’ozxaltachalarga solishni kim va qachon o’ylab topgan?
Tomas Salivan qachonlardir choyning na’mularini sotish usulini o’ylab topgan edi: ozgina choyni kichgina qog’oz xaltachalarning ichiga solib sotgan. U odamlar choyni xaltachaning ichidan chiqarib damlaydi deb o’ylagan, lekin choyni xaltachaning o’zida damlash ancha qulayroq bo’lib chiqdi. Bugungi kunda choy uchun qog’ozxaltachalarni ishlab chiqarish “choy” tushunchasining ajralmas qismi bo’lib qoldi. Qog’oz xaltachalarning ishlab chiqaruvchilari har bir haridorga yoqqisi keladi, shuning uchun ham ularni turli shakl va kattalikda ishlab chiqaradi.
4. Ishlatilgan qog’oz xaltachalar
Ishlatilganidan keyin qurib qolgan choy qog’ozxaltachalarini tashlab yubormay poyafzalga solib qo’ysangiz u yerdagi yoqimsiz va qo’lansa hiddan qutilish mumkin.
5. Qayerda ko’proq ichiladi?
Umuman olganda eng ko’p choy Xitoyda ichiladi. Ammo kishi boshiga to’g’ri kelgan choy hisoblanib chiqilganida old qatorga Turkiya, Irlandiya va Buyuk Britaniya chiqib keladi.
6. Ikkinchi suv!
Ichiladigan barcha suyuqliklar ichida choy suvdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
7. Qancha choy ichiladi o’zi?
Uch milliard chashka. Bu soni bir kunda butun dunyo bo’yicha ichiladigan choy chashkalarining soniga to’g’ri keladi. Demak, o’rtacha hisobda kuniga uch milliard chashka choy ichilar ekan.
8. Nimadan foyda ko’proq?
Albatta, choyga qarshi faqat qahva qo’yilishi mumkin. Shunday qilib, natijalarning ko’rsatishicha, yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olish borasida choy qahvadan sal bo’lsa-da foydasi ko’proq ekan.