BUYUK XITOY DEVORI

BUYUK XITOY DEVORI HAQIDA

BUYUK XITOY DEVORI

BUYUK XITOY DEVORI Ulug‘ shoir Alisher Navoiyning «Saddi Is kandariy» dostonida Chin (Xitoy) mamlakati da Ya’juz zulmidan Qirvon Navohisi aholisini qutqarish uchun Iskandar tomonidan mis, qalay, rux, temir va tog‘ toshlaridan mustahkam, baland devor qurilganligi hikoya qilinadi.

Navoiyning asarida «Saddi lskandariy» yoki «Saddi Chin» haqidagi ma’lumotlar afsonaviy tarzda bayon etilishiga qaramay, mazkur de vorning juda qadimiyligidan va devor haqida gi fikrlar qadim zamonlardan boshlab mav judligidan guvohlik beradi. Navoiy hikoya qil gan «Saddi Chin» devori tarixda «Buyuk Xi toy devori» nomi bilan mashhurdir.

Buyuk Xitoy devori — qadimgi Xitoy me’morchiligining ulkan yodgorligi.

Qadimqadim zamonlarda, miloddan av valgi 4—3asrlarda ko’chmanchi qabilalar hu jumidan bezigan imperator Sin Shi Xuandiy Xitoyning shimolig’arbiy chegaralarida dush man o‘ta olmaydigan, karvon savdo yo‘llarining xavfsizligini ta’minlaydigan baland va uzun mudofaa devorini qurish haqida buyruq beradi.

Imperatorning xizmatkorlari shimoliy che garaga laklak askarlaru, behisob qarollarni haydab kelibdilar. Qurilishda jami bo‘lib, 2 milliondan ortiq kishi jalb etilgan.

Ular kecha siyu kunduzi ishlashgan. Rivoyatda aytilishi cha, dastlab qancha urinishmasin, tiklangan devorqulab ketavergan. Shunda imperator ning boshi qotibdi.

Nima qilish kerak?! U ko‘p donishmandlarni chaqirib maslahat qilibdi. Ular ichidan eng keksa donishmand impera torga:

— Menga ayon bo’lishicha, devor qula masligi uchun mamlakatimizda yangi turmush qurayotgan yigit yoki qizni qurbon qilib, devor ostiga ko’mishimiz zarur, ana shundagina ish yurishib ketadi, — deb maslahat beribdi.

Imperatorning xizmatkorlari donishmand aytganidek, darrov go’zal bir qiz bilan to’yi bo’layotgan Van degan yigitni topib kelishib di.

Uni qurbon qilib, qurilayotgan devor ichi ga mo‘miyolab ko‘mib qo‘yishibdi. Shundan keyin devor qulamaydigan boiibdi, astasekin uning uzunligi o‘n ming li (1 li —400 metrga teng) ga cho‘zilib boribdi.

Shushu ushbu devor xitoycha nom bilan «Vanli chongchang» deb atalib ketibdi. Bu «10 ming li uzunlikdagi devor» demakdir. Hozir Xitoyda Van ismi o’zbeklardagi Ah madga o’xshash eng keng tarqalgan ismdir.

Bunga o’xshash rivoyatlar ko‘p. Buyuk Xi toy devori haqiqatan juda uzoq tarixdan hikoya qiladigan ulkan inshoot. Uni xitoyliklar bir necha asrlar davomida qurishgan.

Devor qurilishining bunday sekin borishiga sabab, bir tomondan, u vaqtlarda texnikaning rivojlanmagani bo’lsa, ikkinchi tomondan, ko’chmanchi qabilalar teztez hujum qilib, de vorni buzib ketishar, yog‘insochin va shamollar ham uni nuratib borardi.

Shunga qaramay, Buyuk Xitoy devori miloddan avval 2—1asr larda G’arbga tomon 500 kilometrga uzayti rilgan.

Keyinchalik uni qurish va mustahkam lash ishlari (eng muhimi 14—15asrlarda) davom etgan. 1953yilda Pekin yaqinidagi qismi ta’mirlangan.

Sariq dengizdagi Lyao dun qo‘ltig‘idan boshlanib g’arbga tomon ket gan bu devorning uzunligi besholti ming ki lometrga yetadi, degan fikrlar ham bor.

Buyuk Xitoy devori mamlakat poytaxti Pekin shahri dan 40—45 kilometr shimolig’arbdan o‘tib, janubig‘arbga buriladi, so‘ngra Su’jou shah ridan g’arbda Gansu olkasldagi Szya yuyguan qal’asida tugaydi.

Devorning balandligi 6,6 metr, ikki qavatli, ayrim joylarda uch qavatli bino balandligidan oshadi.

Devorning past qismi, poydevori kengligi — 6,5 metr, ustki sathi kengligi 5 — 5, 5 metr. U nihoyatda qalin bo‘lganidan ustidan jang aravalari, qo’shinlar, hatto har qatorda 5—6 tadan otliq askarlar ham saf tortib bemalol harakat qilishi mumkin bolgan.

Buyuk Xitoy devori yo’nilgan granit toshlar, g‘ishtlarva loydan ko’tarilgan. Shuning uchun ham uning umri uzoqdir. Devor bo‘ylab har 60—100 m masofada mustahkam burjlar (mi noralar) va muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan yerlarda, ayniqsa, tog‘ yo’llaryoqasi da istehkomlar barpo etilgan.

Aytishlaricha, Buyuk Xitoy devori kosmik kemadan ko‘rinadigan Yer yuzidagi ikki in shootdan biri emish.
Endilikda Buyuk Xitoy devori dunyo sayo hatchilari — turistlarning uzluksiz intiladigan manzillaridan biriga aylangan. Uning ustida doimo sayr qilib yurgan turli millat kishilarini ko’rish mumkin.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика