Bulutlar haqida

BULUTLAR haqida HAQIDA

Bulutlar haqida

Bulutlar haqida BULUTLARNING QANDAY TURLARI BOR?

Yomg’ir yog’ayotgan paytda osmon simobday og’ir bulutlar bilan qoplangan bo’ladi. Osmonda to’p-to’p bulutlar suzib yurganda, yomg’ir yog’masligi ham mumkin. Bulutlar, issiq havo balandlik- ka ko’tarilib, suv bug’lari ma’lum darajada soviganidan so’ng hosil bo’ladi. Hech qachon birbiriga o’xshash ikkita bulut bo’lmaydi.

Ular doimo o’z shaklini o’zgartirib turadi. Bulutlar shaklining turlicha bo’lishiga sabab shuki, ular turli temperatura va turlicha balandliklarda hosil bo’lishadi. Bundan tashqari, bulutlar turli zarrachalardan ham tarkib topishi mum¬kin. Bu ular joylashgan balandlik va temperaturaga bog’liq.

Eng baland bulutlar «nurlanuvchi bulutlar» deb ataladi. Ularning balandligi — 50— 100 km! Undan keyin «sadaf bulutlar» keladi. Balandligi — 22—33 km. Ular chang va yomgir tomchilaridan tarkib topgan juda yupqa, tabiat rassomi bezagan chiroyli bulutlardir. Ularni kun botganidan so’ngra yoki kun chiqishidan oldin kuzatish mumkin.

10 km va undan balandlikda esa «patsimon», «patsimon qat-qat», «patsimon to’p-to’p» bulut¬lar joylashadi. Patsimon bulutlar yomgir olib keladi, ular ko’pincha ob-havo yomonlashishidan darak beradi.

Qat-qat bulutlar kun botishi chog’ida paydo bo’ladi va yomgir maydalab yogishidan darak beradi. Kulrang va past bulutlar, odatda, yomgir olib keladi.

Oq to’p-to’p bulutlar esa ochiq quyoshli kunda moviy osmonda suzib yuradi. Bulutlarning hoeil bo’lishi jarayoni bir xil emas.

Ularning asosiy turlari bilan bir qatorda aralash turlari ham bor: patsimon to’p-to’p bulutlar, padsimon qat-qat bulutlar, qat-qat yomgirli bulutlar, shuningdek, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi kumushsimon va sadaf bulutlar.

Er yuzasidan tepaga ko’tariladigan havo oqimlari bulutlarni osmonda tutib turadi. Ammo havo soviy boshlashi bilan bulutda suv to’plana boradi. Mayda tomchilar asta-sekin, erga yomgir bo’lib yog’adigan darajaga etgunga qadar kattalasha boshlaydi. Erga inayotgan tomchilar muzlash temperaturasidan past bo’lgan havo qatlamidan o’tadigan bo’lsa, qor yoki do’l yog’adi.

Bulutlar Er yuzasidan turlicha balandliklarda paydo bo’ladi. Shuning uchun ham ular bir necha turga bo’linadi: yuksak, o’rtacha, quyi. Shuningdek, barcha balandliklarda turishi mumkin bo’lgan bulutlar bor.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика