BUGDOY HAQIDA

BUGDOY HAQIDA HAQIDA

BUGDOY HAQIDA

BUGDOY HAQIDA BUG’DOYNING YoShI NEChADA?

Bug’doy inson etishtira boshlagan eng qadimiy ne’matlardan biridir. Bundan ko’p ming yillar muqaddam ibtidoiy odam oziq qidirib yurib, bug’doy donini tatib ko’radi.

U eyishli bo’lishi bilan birga to’yimli ham edi. Odamlar dastlab xom donni chaynashgan, keyinchalik uni qo’rga ko’mib pishiradigan bo’lishdi.

Ko’moch nomi shundan kelib chiqqan. Kimdir dondan un tortib, oddiy non pishirgunga qadar oradan ming yillar o’tgan.

Ilk nonni kim qaerda yopgani ma’lum emas, ammo undan tayyorlangan xamirning oshishi dastlab tropiklarda aniqlangan. U erda mashhur «non daraxti» o’sadi. Uning mevasi pishishi bilan hech bir qo’shimchalarsiz oshadi va tayyor «non xamiri»ga aylanadi.

Xamirdan faqat non yopishgina qoladi. Undan non daraxtiga «o’xshash yo’sinda» achitqi qo’shilgan xamir qorilayotganidan beri bugdoy haqiqatan ham non o’simligi bo’lib qoldi.

Odamlar: «Bug’doy qaerda paydo bo’lgan?» degan savol ustida ko’p marta bosh qotirishgan. Uning izlarini birinchi bo’lib arxeologlar topishdi.

Qazishmalardan ma’lum bo’lishicha, Eronda bundan 6500 yil mukaddam bug’doy etishtirilgan. Misrliklar u ni muqaddas deb bilgan va marhumlar bilan birga qabrga bug’doy ham ko’mishgan.

Bundan besh ming yil avval dafn etilgan fir’avnlarning dahmasidan ham don topilgan. Arxeologlar Misr ehromlaridan birida topilgan nonning yoshi 4000 yil ekanini aniqlashdi. Bu eng ko’hna non ayni paytda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

Sobiq SSSR o’rnida vudjudga kelgan yangi mustaqil davlatlar hududida ham qadim zamonlardan beri bugdoy etishtiriladi.

Arxeologii qazishmalarning shahodat berishicha, Turkmanistonda miloddan oldingi V — III ming yilliklarda, Gurjiston va Armanistonda III, Ukrainada IV — III asrlarda bugdoy ekilgan.

Ulug rus sovet olimi Nikolay Ivanovich Vavilov ko’plab ekspeditsiyalar chogida yigilgan boy material larga asoslanib, bugdoyning asl vatani Old Osiyo ekanini aniqladi.

Uning eng ko’p turi Kavkazorti mintaqasida o’sar ekan. Bugdoy qadim zamonlarda shu erdan Evropa va Osiyoga hamda qisman Afrikaga kirib borgan. Amerika va Avstraliya u bilan oradan 200 — 400 yil o’tib tanishgan. Evropaliklar uni AQShga 1602 yili, Kanadaga esa 1812 yili olib kelishgan.

Bugungi kunda bugdoy dunyodagi eng ko’p tarqalgan madaniy o’simlik bo’lib, 250 million gektarga yaqin maydonni egallaydi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика