BERUNIY HAQIDA
BERUNIY ABU RAYHON (973 — 1048)
BERUNIY HAQIDA Bu voqea bundan ming yil avval yuz ber gan. Do’mboqqina bola har kuni ertalab Amu daryosi sohili bo’ylab aylanib yurar, har xil o‘t giyoh va gullarni, shuningdek, meva, don, mayda toshlarni yig’ishga oshiqardi.
So’ng terganlarini xaltaga solib, uyiga qaytardi. Kun larning birida yig’gan giyohlarini ko’tarib, ma halladagi hamma taniydigan tabibga keltirdi da: «Bobo, bu o’tning oti nadur?» deb so’radi.
Tabib bobo jilmaydi, bolaning qiziqishidan xursand bo’lib: «Barakalla, bo’tam, qanday yaxshi ish qilibsan. Qaraya, bu giyohlar dorivor o‘tlarku», dedi. Shu tariqa tabib bobo har gal giyohlar va donlarning nomini aytib berar va bolaning tabiatga qiziqishini yanada oshirar edi.
Bu bolakay bo‘lajak buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy edi.
Beruniy 4 sentabrda Xorazmning qadimiy poytaxti Kot (Kat) shahrida tug’ildi. U erta yetim qolgan bo‘lsa ham yaxshi odamlarning qo‘lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilmfanga juda qiziqdi.
Ayniqsa, matematika, as tronomiya, geografiya va tabiiyot fanlariga doir ko‘p risolalarni o’qib chiqdi. Qadimgi Xorazm tilini, turkiy, fors va arab tillarini pux ta o’rganib oldi. Boshqa tillardan ham mashq qildi.
So‘ngra o‘zi ham matematika va as tronomiya, geografiya va tarixga doir asarlar yoza boshladi. Yulduzlarni kuzatdi, daryo oqimini o‘lchadi. Qum ostida qolgan baliq suyaklarini topdi va o’rgandi, tabiat sirlari bi lan qiziqdi. Turli fanlar sohasida kuZatishlar olib borish maqsadida o‘zi ko‘pgina tajriba asboblarini ixtiro etdi. Astasekin uning bilim donligi va kashfiyotlari olimlarning nazariga tushdi.
Xorazm oqsuyaklari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning ilmiy ishlarini davom ettirishiga imkon bermadi. Kot shahri Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olingandan so‘ng, Beruniy 22 yoshida Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) ketishga majbur bo’ladi.
U Rayda ancha og’ir hayot kechirgan. Olim 998yilda Jurjonga (Eronda gi viloyat) keladi va bu yerda mashhur tabib, astronom va faylasuf Abu Sahl Iso alMasihiy bilan tanishib, undan ko‘p narsalarni o’rganadi. Beruniy «Qadimgi xalqlardan qol gan yodgorliklar» asarini Jurjonda yoza bosh
Abu Rayhon Beruniy. Rassom M. Nabiyev. 1950yil.
lagan va 1000yilda yozib tugatgan. U Xora zmning yangi hukmdori Ma’mun II tomonidan Xorazmga chaqirtiriladi. 0‘sha davrda Ur ganchda Xorazmshoh saroyida ko‘p mashhur olimlarto’planib, turli sohalarda ilmiy ishlar olib borardilar.
Hozir «Ma’mun akademiyasi» deb ataladigan bu anjumanda Beruniy yetakchi o’rin egallagan. Xorazm G‘aznaviylar davlati hukmdori Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olingach (1017), Beruniy ham boshqa olimlar qatorida Afg‘onistonning G’azna shahriga olib ketiladi.
Olim bu yerda o‘zining barcha bo’sh vaqtlarini ilmiy ishlarga sarfladi. Mahmud G’aznaviyning Hindistonga yurishlarida Beruniy unga hamroh bolgan va ma’lum muddat Hindistonda yashab, ijod bilan shug‘ullangan.
Hindistonda bolganida hind madaniyati, adabiyoti va o’sha davr olimlari bilan yaqindan tanishuvi eski hind tili sanskrit tilini o‘rganishi uchun imkon berdi. Uning Hindiston yeri, tog’lari, daryolari, o’simlik va hayvonot dunyo si, xalqi, dini va urfodatlari batafsil ta’riflangan mashhur «Hindiston» asari shu tarzda dunyo ga keldi. «Hindiston» hajm jihatdan juda katta asar.
Unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fan lar, geografiya, etnografiya, qonun va urfodat lar, din, diniytarixiy rivoyatlar, hind yozuvining turlari kabi ko‘p masalalaryoritilgan. Bu kitob hind madaniyati tarixini yoritish jihatidan juda muhim asar hisoblanadi.
Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Mas’ud davri da Beruniy ancha yaxshi yashadi va barakali ijod qildi. U astronomiyaga doir «Mas’ud qo nuni» asarini Sulton Mas’udga bag’ishladi.
Beruniy har bir ishga sinchkovlik bilan, erin may qarar, boshlagan ishini oxiriga yetkazish ga harakat qilar edi. U «har kim … o‘z ishini qaytaqayta tekshirib tursin, tirishqoq bo’lsin, mehnat qilishdan hech mahal erinmasin», deb uqtirardi.
Abu Rayhon bilim doirasi nihoyatda keng olim bolgan. U o‘z asarlarida dunyoning chek sizligini, qit’alar va okeanlar doimo o’zgarib turishini, ya’ni birsuv bosib, birtog’ ko‘tarilib, davr o’tishi bilan dengizlar cholga aylanib turi shi hodisasini ilmiy asoslagan.
Beruniy 0‘rta Sharq olimlari orasida birin chi boiib Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, de gan fikrga keldi. U Yer shari olchamini aniqla di, 5 metrli globus yasadi, dunyo xaritasini chiz di. Dunyoning qayerida qanday boyliklar bor ligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qal qibqaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlari ning sababini soddagina qilib izohlab berdi. Amudaryo qaysi vaqtda toshib, qaysi vaqtda sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi.
Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari ma’lum tartibda tushuntiriladi. Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham olimning qo’shgan hissasi kat ta. U ijtimoiy nazariyalar sohalarida ham sama rali ijod etdi. Buyuk olimning falsafiy qarashlari o‘z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Shunisi juda muhimki, Beruniyning hamma kitoblarida fan hamisha amaliyotga, kishilar ning xo’jalik faoliyatiga xizmat qilishi kerakligi uqtirilgan. U 75 yil umr ko‘rdi. Shu davr ichida 160 ga yaqin kitob va risolalar yaratdi. Asar lari matematika, astronomiya, geografiya, geologiya, farmakologiya, kartografiya, tarix, til, adabiyot sohalariga, shuningdek etnografiya, falsafa va boshqa fan sohalariga ba g‘ishlangan.
Uning «Qadimgi xalqlardan qol gan yodgorliklar», «Xaritalar chizish», «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joy larning chegaralarini aniqlash», «Astronomiya ilmidan boshlang’ich ma’lumotlar», «Mas’ud qonuni»,
«Astronomiya qonunlari», «Minera logiya», «Dorivor o’simliklar haqida kitob» va boshqa shu kabi yirik asarlari jahon xalqlari ning turli tillariga tarjima qilingan. 11asr boshi da yozilgan bu kitoblar o’sha zamon fanida ta momila yangilik edi. Beruniydan keyin yashagan olimlar uning kitoblarini o‘qib o’rganib uni o’zlariga ustoz deb bildilar. Samarqand rasadxonasini yaratgan Mirzo Ulug’bek ham Beruniy kitoblaridan foydalan gan.
Beruniy ilmfanning buyuk homiysi va mux lisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm fanning gullashiga bog’liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi. Beruniy ma’rifat dushmanlariga, qoloq urf odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi.
Buyuk olimning ko‘pgina asarlari o‘sha za monlarda yashab o‘tgan xalqlarning ijtimoiy, xo’jalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bo’lib xizmat qilgan.
Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xiz matlari jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Uning yubileylari ko‘p mamlakatlarda nishon lanadi, tug’ilgan shahri, 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent texnika universiteti Beruniy nomi bi lan atalgan.