BASKETBOL HAQIDA

BASKETBOL HAQIDA

BASKETBOL HAQIDA «Basket» so’zi inglizchadan tarjima qilin ganda, «savat» ma’nosini anglatadi.

XIX asr ning oxiri, ya’ni mana shu o‘yin paydo bolgan paytda hozirgi metall halqali to‘r o‘rnida de vorga mahkamlab qo’yilgan savatcha ishlatil gan; savatchaning tub qismi ochiq bo‘lgan.

«Bol» so’zi esa, «to‘p» deb tarjima qilinadi.
Basketbol to‘pi voleybol va futbol to’plaridan farq qiladi: u katta va og’irroq. Ammo basketbol to’pi bo‘lmasa, hovlida fut bol yoki voleybol to‘pi bilan ham basketbol o’ynash mumkin.

Bolalarning ko’pchiligi basketbol o’ynash uchun, albatta, kishining bo‘yi baland bo’lishi kerak, deb o‘ylaydilar.

Albatta, bo’yning ba land bo‘lishi basketbolchi uchun muhim, chun ki bo‘yi baland o’yinchi to‘pni savatga oson roq tashlaydi.

Ammo o’rta va past bo’yli bo lalardan ham yaxshi basketbolchi yetishib chi qishi mumkin. Chunki o’yinda hamma narsa harakatchanlik, chidam va chaqqonlikka bog’liq.

0‘yindan maqsad — balandga mahkam lab qo’yilgan savatga to’pni qo‘l bilan tushi rishdir. 0‘yin 26×14 metrli tekis to‘g‘ri to‘rt burchak maydonchada o’ynaladi; o’yin ikki jamoa o‘rtasida o‘tkazilib, har bir jamoa 5 kishidan iborat bo’ladi.

Har bir jamoada yana 5 tadan zaxira o‘yinchi bo‘ladi. O’yinchilar markaziy o’yinchi, hujumchi va hi moyachilarga bo’linadi. Agar jamoa o’yinchisi to‘pni o‘yin davomida jarima may doni tashqarisidan savatga tushirsa, to‘p tushirgan jamoa uch ochko (xol)ga, jarima maydoni ichida tushirsa ikki ochko (xol)ga, jarima to‘pi tashlaganda tushirsa bir ochko(xol)ga ega bo’ladi. 0‘yin ikki davr

(taym): kattalar uchun 20, 13 14 yoshdagi bolalar uchun 12 daqiqa davom etadi.
To‘pni musht bilan urish yoki oyoq bilan tepish mumkin emas. Shuningdek, raqibni ushlash yoki turtishga ham ruxsat etilmaydi.

Kichik yoshdagi bolalar uchun basketbolning minibas ketbol turi mavjud. Minibas ketbolda o‘yin soddalashtiril gan qoida bo’yicha olib borila di. 12×6 metr hajmdagi may donchani asfaltlangan hovlining o‘ziga chizish mumkin. Jamo alarda o‘ytnchilar to‘rt va undan ko‘p bo’lishi mumkin.

Basketbolchi to’pni o‘ng va chap qo‘lda aniq tashlash va ilib olishni bilishi kerak. Buning uchun biror joyni moljalga olib, o‘ng va chap qo‘lda u yerga mayda toshlarni tashlash foydalidir. Bundan tashqari, devor ga ham biror belgi qo’yib, sakrab unga qo’lni tekkizing. Astasekin shu belgini yu qoriga ko’tara boring. Ko’proq mashq qi ling!

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика