BANAN HAQIDA

BANAN HAQIDA HAQIDA

BANAN HAQIDA

BANAN DARAXTI QANDAY O’SADI?

Aslida banan daraxt emas. Uning erdan o’sib chiqadigan poyasida yog’och bo’lmaydi. Poya bir-biriga yaqin va birining ichidan ikkinchisi o’sib chiqadigan yaproqlardan iborat.

Daraxtning tepasida joylashgan yaproqlarning yoyilib ketishi oqibatida banan palma daraxtiga o’xshab qoladi.

Bananning po’stlog’i (po’stloq o’simlikning tagidan yulib olinadi) 30 santimetrlik chuqurchaga ko’chat sifatida o’tKaziladi.

Chuqurchalar bir-biridan 3,3 — 5,5 metr uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Har bir po’stloq bitta yoki bir nechta kurtak yoki kartoshkanikiga o’xshash «ko’zchalar»ga ega bo’lishi lozim. Oradan 3 — 4 hafta o’tgach, ulardan yangi nihol unib chiqadi.

Faqat eng baquvvat nihol daraxtga aylanadi. Har bir niholning o’z tomir tizimi hosil bo’ladi va undan yangi o’simliklar o’sib chiqadi.

Banan daraxti nihoyatda parvarishtalabdir. Agar yomg’ir kam bo’lsa, unga tez-tez suv gsuyib turish kerak. Uning atrofidagi tuproq yaxshilab yumshatilishi lozim.

Ko’chat o’tqazilgandan so’ng 9 — 10 oy o’tib, gulga kiradi. Gul uzun poyada o’sadi, agar u tananing quyi ismidan unib chiqqan bo’lsa, tepaga o’rlaydi, mabodo, tenada gullagan bo’lsa, pastga ena boshlaydi.

Gul pastga qarab ussa, bananchalar uning poyasida tugiladi. Bananlar pastga qarab o’sadi. Endigina gul poyasida tugilgan bananchalar pastga qaragan bo’ladi, biroq kattalashgan sari tepaga burila boshlaydi.

Bananlarni pishmay turib, yashil holida terib olish kerak. Ularni uzib olgan zahotiyoq
eyish ham mumkin, ammo daraxtda pishishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Daraxtda sarg’ayib pishgan banan o’z mazasini yo’qotadi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика