APELSIN HAQIDA

APELSIN HAQIDA HAQIDA

APELSIN HAQIDA

APELSINNING QANCHA TURI BOR?

Apelsin — po’rtaxolning vatani qaer ekanini hech kim bilmaydi. Garchi u ayni paytda dunyoning iqlimi issiq barcha mamlakatlarida o’stirilsa ham, yaqin-yaqinlargacha unchalik keng tarqalmagan edi.

Garchi yunonlar va rimliklar po’rtaxolni bilishgan bo’lsa ham, u Hindistondan G’arbiy Osiyoga, so’ngra Evropaga olib kelingan bo’lsa ajab emas. Ispan mustamlakachilari 1565 yilda ilk aholi manzilgohlari paydo bo’lishi bilanoq nordon po’rtaxolni Vest-Indiyaga, undan Florid aga olib kelishdi.

Po’rtaxolning uchta eng muhim turi bor. Ular shirin yoki oddiy po’rtaxol, mandarin va nordon po’rtaxollardan iborat. Ammo shirin va mandarin po’rtaxolining 97 tagacha turi bor.

Po’rtaxolning har xil turlari dunyoning turli mintaqalarida o’stiriladi. Masalan, Kaliforniya va Arizona shtatlarida shirin po’rtaxolning Vashington Neyvl va Valensiya navlari etishtiriladi. Floridada shirin po’rtaxolning Gamlin, Ana-nas, Parson Braun, Gomasassa va Valensiya, Texasda esa Valensiya va Gamlin navlari ustiriladi.

Po’rtaxolning «qonli» deb ataladigan qiziq bir navi ham mavjud, eti to’q qizil rangda bo’ladi. U Urta Er dengizi Floridada ustiriladi. Pusti yupqa va uncha zich bo’lmagan po’rtaxol navi — templ mandarin va shirin po’rtaxolning duragayidir.

Nordon po’rtaxol hamma joyda birday etishtiriladi, ammo uning asosiy qismini Ispaniya etishtiradi. Bu po’rtaxoldan marmelad tayyorlashda foydalaniladi, chunki u nordon va taxir bo’lgani uchun meva sifatida iste’mol qilib bo’lmaydi. Ammo u dori-darmonlar tayyorlashdan tortib upaatir ishlab chiqarishgacha bo’lgan keng miqyosda ishlatiladi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика