ANOR HAQIDA

ANOR HAQIDA HAQIDA

ANOR HAQIDA

ANOR NIMA?

Anorning juda qiziq tarixi bor. Qadimgi yunon rivoyatida hikoya qilishshshcha, anor Persefona Aid saltanatida tatib ko’rgan mevadir.

U oltita anor donasini egani uchun har yilning olti oyini er osti saltanatida o’tkazishga majbur bo’lgan. Yunon l ar sersuv va donasi ko’p anorni qora kuch ramzi deb bilishgan.

Xitoyda esa u hosildorlik ramzi sanalgan. Tavrotda keltirilishicha, Sulaymon alayhissalomning anorzori bo’lgan ekan. Isroilliklarning, cho’llarda sargardon bo’lib yurishganida, o’zlari Misrda ko’nikib qolgan anorni egilari kelgan. Muhammad alayhissalom o’z ummatlariga: «Anor englar, u yurakni hasad va nafratdan forig’ qiladi», deb maslahat bergan.

Shunday qilib, anorga Sharqda qadim zamonlardan beri katta ahamiyat beriladi. Anor Erondan tarqalgan, deb taxmin qilinadi, ammo u azal-azaldan Janubiy Osiyo, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropaning issiq mamlakatlarida etishtirilgan. Ayni paytda Janubiy va Markaziy Amerika hamda AKShda keng tarqalgan.

Anor butasining uzunligi 1,5 — 6 metrga etadi. Uning yaproqlari yaltiroqdir, ingichka shoxlarining uchi da qipqizil guli bo’ladi.

Uning mevasi apelsinday, undan ham katta bo’ladi. Anorning po’stlog’i qizil aralash sapsariq tusda bo’ladi. Mevaning ichida och qizil va qip-qizil urug donalari bor.

Uruglar koplangan shirin va sersuv massadan yaxna ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. Bu sharbat iqlimi jazirama va quruq o’lkalarda yashayotgan kishilarga qo’l keladi. Uzbek shoirasi Uvaysiyning anorga bag’ishlangan ajoyib chistonini yod olmagan uzbek bolasi bo’lmasa kerak.

Anorning turi ko’p. Bir arab kishisi bundan 700 yildan oshiqroq vaqt burun anorning Ispaniya hududida o’sadigan 10 ta navini tavsiflab bergan. AQShda anorning uchta turi etishtiriladi. Ularning «Ajoyib anor», «Peyper- Shell» va «Ispan la’li» degan nom lari bor.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика