GULLAR HAQIDA

GULLAR HAQIDA HAQIDA

GULLAR HAQIDA

GULLAR HAQIDA GULLAR VAQTNI BILISHI MUMKINMI?

Agar siz ertalab o’rmonga sayr ga otlansangiz, ayrim gullar hali o’z qalpoqchalarini ochmaganini ilgab olasiz.

Mana shu paytda ba’zi o’simliklar butkul uyg’onib, tong quyoshi tomon talpinadi, bonhalari esa qattiq uyqusini buzmagan, harqalay, ularning qalpoqchasi ochilmagan bo’ladi.

Bordiyu siz ularni bir necha kun kuzatsangiz, o’zingiz uchun ajoyib kashfiyot qilasiz. Quyosh chiqishi bilan gullar bir vaqtda ochilavermaydi.(Darvoqe, odamlar buni qadim zamonlardayoq kashf etishgan.

Ular gullarni kuzatib, ularning hayoti ma’lum biologik maromga bo’ysunishini anglab olganlar. Ayrim gullar o’z gulchambarini erta tongdayoq ochadi va quyosh tik ko’tarilganda yopadi, bonhalari esa kunduzi yoki kechga yaqin «uyqudan turadi».

Qadim Yunonistonda va Rimda shakldor gulzorga gullarni shunday ekishganki, ularga qarab vaqtni bilish mumkin bo’lgan.

Hozir shved botanigi Karl Linneyning bundan 260 yil avval yaratgan mashhur gulsoatlarini hamma biladi. Uning Upsala shahridagi shakldor gulzorida o’sgan gullar tong azon eoat 3 — 5 dan to yarim kechaga qadar birin-ketin chilgan.

U erda hmmaga tanish qoqigul, zigir, kartoshka, yorqin sarana, oddiy kislichka, qo’ng’iroq gul va boshqa gullar o’sgan.

Olim o’z kuzatishlari natijalarini kunda maxsus jadvalga yozib borgan. U jadvalga kunning qaysi vaqtida qaysi gul o’z gulkosasini ochishini qayd etgan. Usha jadvalga tsarab, kun vaqtini bilish qiyin bo’lmagan.

Agar siz bu tajribani takrorlamoqchi bo’lsangiz, sinab ko’ring, bu juda qiziqarli. Ammo bir muhim shartni nazardan qochirmang: gullarning biologik maromi siz yashayotgan joyning jo’g’rofiy holatiga bogliq.

Shu sababdan gullarni mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqib tanlang. Masalan, Rossiyaning o’rta mintaqasida hammadan avval, soat 3 dan 5 ga qadar echkisoqol utpoyi chiroyli sariq sertuk gul «uygonadi ».

Tonggi soat 4 — 5 da qip-qizil bo’lib qizg’aldoq, ko’m-ko’k bo’lib sachratqi gultojlari ochiladi. So’ng bo’ztikan va krasnodnev «uyg’onadi». Soat 6 ga yaqin quvnoq qoqigul, zig’irnyng nafis gullari, kartoshkaning och-binafsha gullari ochiladi.

Bord iyu siz kislitsaning nafis gultojlari va to’q eariq gulhamishabahorni ko’rsangiz, soat 9 bo’lganiga ishonch hosil qilavering, chunki bu gullar ayni shu vaqtda «uykudan turadi». Na’matakning yorqin gullari kun bo’yi ochilib turadi.

Soat gullar kechki va tungi vaqtni ham aniqlab berishi mumkin. Hammamizga besh qo’lday ayon xushbo’y tamaki tungi gullar sirasiga kiradi.

Uning gullari kunduzi yopilib, faqat kechqurun ochiladi. Quyosh botishi bilan tungi binafnxa xushbo’y hid tarata boshlaydi. Yarim tunda «Tungi malika» kaktusining gulkosasi ochiladi.

GULLAR KEChASI UXLAYDIMI?

Gullar, albatta, ko’zlarini yummaydi, mushaklari charchamaydi, ammo ular ham biz kabi dam olishi zarur. Ular ham tunda uxlashadi. Kun bo’yi quyosh nurlaridan oziq olib, o’sadi. Quyosh bo’lmasa, tunda o’simliklarda hech qanday jarayon yuz bermaydi. Ular «ishlamaydi» va kunni kutib uxlaydi.

GULLARNING NEGA HIDI VA RANGI BO’LADI?

Ne ajabki, biz umuman gulligini bilmasdan qaysidir o’simlikning «gulidan» zavklanamiz!

Bordiyu biz o’simlikdagi yorqin rangli o’simtani gul deb hisoblasak, unda katta xato qilgan bo’lamiz.

Masalan, bahorda ochiladigan qizilgulning «gultoji» hech qachon gultoj emas.

Boshqa tomondan olganda, maysa uchidagi soqolli popuk guldir! Pishib etilmagan makkajo’xori so’tasi ham gul.

Botaniklarning aniqlashicha, gul-gulchang yoki urug’, yoki unisini ham, bunisini ham birga ishlab chiqaradigan o’simlik a’zosidir.

Faqat urug’dan ko’payadigan o’simliklarning guli bo’ladi. O’simlikning urug’ hosyl qilishi va etilishiga bevosita tegishli a’zosigina gulga mansub bo’lishi mumkin.

Nima uchun gullar hid taratadi? Gullarning gultojlarida ma’lum yog’ bo’lsagina hidi bo’ladi. Bu yogni o’simlik ishlab chiqaradi va uning o’sish tarkibiy a’zosi hisoblanadi.

Ayni yog’lar murakkab tarkibga ega. Ayrim hollarda bu tarkib parchalanib, tez bug’lanib ketadigan uchuvchan moylar hosil qiladi. Mana shu hol ro’y berganda biz gul taratayotgan hidni sezamiz.

Gullar taratadigan turli hidlar uchuvchan moylarning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lib, ularning birikmasi turli hidlar hosil etadi.

Aytgancha, ayni yog’lar nafaqat gullarda, balki o’simliklarning barglarida, po’stida, ildizida, hosil va urug’larida ham bo’ladi. Misol uchun, bunday yog’ limon va apelsin mevasida, bodomning urug’ida, dolchinning po’stlog’ida mavjuddir.

Gullarning rangi qanday hosil bo’ladi? Gullarga qizil, ko’k, och binafsha, gunafsha va(boshqa nozik tus beradigan pigmentlar «antotsyanin» deb aytiladi.

Sariq, to’q sariq, yashil ranglar bonha pigmentlardan hosil bo’ladi. Bu xil pigmentlar xlorofill, karotin va hokazo deyiladi. Bu pigmentlarning kimyoviy tarkibi ham turlichadir.

Shunday qilib, gullarning rangi pigmentlar — antotsianin va plastidlarning mavjudligiga boglih Ayrim pigmentlar bir rang bersa, bophasi bophacha rang beradi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика