Yigʼlama, osmon II sevgi sherlari

Yigʼlama, osmon II sevgi sherlari

Mayliga dunyoning osti ust boʼlsin,
Mayliga yolgʼoni rosti sust boʼlsin,
Mayliga dardlari menga doʼst boʼlsin,
Fakatgina sen yigʼlama, osmonim.

Koʼzyoshingni koʼrmok azob msn uchun,
Bir jilmay, kulgungga alishmam dunni,
Baxtni ham koʼrasan hali bir kuni,
Fakatgina yigʼlamagin, Osmonim.

Koʼzingda koʼrinsin olam shodligi,
Ruhingda mavj ursin suv shaddodligi,
Mayli, menga boʼlsin barcha bedodlik,
Faqatgina sen yigʼlama, osmonim.

Koʼngil sigʼmay qolsa agar Tosh kentga,
Toshganini tashlab oʼtgum tosh koniga,
Parvo kilma dardlarimni toshganiga,
Fakatgina sen yigʼlama, osmonim.
Qoʼy yiglama, mening osmonim…

Аbdulla BOQIY (Kenjaboev)

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика