Tuya chiroyli sherlar to’plami

Tuya chiroyli sherlar to’plami

Dedilar, yuk tashi, axir tuyasan,
Nechuk endi hammom tilab kuyasan,
Kezaver choʼlma-choʼl, choʼlda yantok moʼl,
Boʼyin choʼzib olib yesang. toʼyasan.

Gʼam ezar yelkani, xamda gʼajir bit,
Yaxshi yashar edim boʼlsam abjir it,
Orzu kilib oʼtar boʼldim bir umr.
Kiyganim boʼlsa-ku, xech boʼlmasa chit.

Otga yetgan beda menga yetmadi,
Oʼylay-oʼylay sira faxmim yetmadi,
Issik saxro kezib kuydi oyogʼim.
Oʼrkach sabab taka nasib etmadi …

Foniylik
Suvsizlik kuritgan shabbani,
Vaxshiy ajdar komiga tortdn.
Yutoqib, tutoqdi alanga,
Olov tillar yaiada ortdi.

Olovda qizigan dekchada.
Goʼsht oʼzin yogʼiga qovrildi.
Qoʼzi, chinor kecha bor edi,
Bugun kuli koʼkka sovrildi…
Аbdulla BOQIY (Kenjaboev)

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика