tush tabiri kitobi G

tush tabiri kitobi TUSH TABIRI

tush tabiri kitobi G

Gazeta — xabar, dono, hamma hurmat qiluvchi odam, mehribon do’st, kutilmagan mehmonni bildiradi.
Tushda gazeta o’qiyotganini ko’rish kutgan xaba- rini eshigishga ishora. Tushda gazeta sotib olga- nini ko’rish qadrdon insonidan hadya olinishiga ishora.

Garaj — g’am-tashvish, ayriliq, harbiy xiz- matga ketish, uydan ketish oilaviy kelishmov chiliklarni bildiradi.

Tushda mashinasini garajga qo’yganini ko’rish ishlarida go’siq paydo bo’lishi, asablari charchashini byldiradi.

General — oilada otaning rolini belgilay- di. Omadli kimsa, shon-shuhrat, boylik, serdaro- mad ishni bildiradi.

Tushda o’zini general eka- nini ko’rish tush sohibining’ boshlagan ishida sabrli bo’lishi, omad kelishini uzoq kutishga to’g’ri keladi. Tushda uyiga general mehmon bo’lib kelganini ko’rish da’vo arizasi bilan tashkilotlarga murojaat qilishi va ishi zudlik bilan hal etilishini bildiradi.

Gilam — xonadon ahlining yashash tarziga ishora. Tushda eski, lekin qimmatbaho va katta gilamda o’tirganini ko’rish rizq-nasiba, baxtli hayot kechirishiga ishora. Gushda kichkina, yangi gilam ko’rish umri qisqa bo’lishiga ishora.

Tushda bozordan gilam sotib olgani va yangi gilami teshik ekanini ko’rish tush sohibining hayotida sinovlar ko’p bo’lishi, irodali bo’lish lozim- ligini bildiradi.

Oilali kishi tushda uyidan gilam olib chiqishganini ko’rish qizini uzatishiga ishora.

Tushda yashil gilam to’shab namoz o’qiyotganini ko’rish dunyo ziynatlaridan yuz o’girib haq yo’lida yurganini bildiradi.

Gilos — tushda gilos daraxti ko’rish salomat- ligi yaxshilanishi, hammaga samimiy munosabatda bo’luvchi odam, saxovatli inson, shirinso’z, yuksak martabadagi inson, xushxabar, xursandchilik, uylanish, lobar qizni bildiradi.

Gips — tushda gips ko’rish o’zi, so’zi to’g’ri, rostgo’y do’stga ishora. Har narsaga shubhalanadigan, bezovta kunlar ortda qolib, davlatga ega bo’lib, farzandlari rohatini ko’rib yashashidan dalolat.

Girdob — qarindoshlardan biri dushmanlik qiladi. G’am-tashvish, ayriliq, yaqinlashib kelayotgan xavf, muammolarni bildiradi.

Tushda girdobga tushib qolgani va chiqa olmaganini ko’rish tush sohibi muammolar echimini topa olmayotganiga ishora. Ishxonasi girdobga tushib qolganini ko’rish hamkasblari- dan biri dushmanlik qilishi, har zamon zarar

berishga urinayotganini bildiradi. Tushda oilasi bilan birga girdobda qolganini ko’rish tush sohibining oilasi bilan baxtli hayot  kechirishi va uzoq umr ko’rishiga ishora.

Gitara — oila a’zolaridan birining ishsiz ligiga ishora. Shuningdek, xushchaqchaq do’st, birbirini qadrlaydigan sevishganlar, g’iybat gap, sevganiga etishishni bildiradi.

Gonorar — tushda gonorar olganini ko’rish ochko’zlik, rashk, qilgan yaxshiligiga mukofot olish, rizqiga harom oralagani, va’dasini bajarmaslik, tirikchiligini yaxshilash, yangi ishga kirish, xushxabar eshitishni bildiradi.
Gramafop — uzoqdan keladigan xabar, mehmon kelishi, uchrashuv, g’am-tashvish, mashaqqatsiz o’tadigan safar, to’y-tomosha, yigit o’z baxtinitopishini bildiradi.

Grafin — tushda bo’sh grafin ko’rish bokira qizga, suv to’la grafin ko’rish homilador ayolga ishora. Shuningdek, homila tushishi, boy sepga ega kelin, axloqsiz xotin, xayrli xabar, zino,er-xotin ajrashishini fildiradi.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика