tush 2018 D
Dazmol — chigal ishlari echimini topishi, xushxabar yangilik eshitish, ruhiy iztirobni boshidan o’tkazish, yangi ishga kirish, yaqinlari bilan bahslashish, sirdosh do’stlari bilan uchrashuv, omonatga xiyonat qilishi, yomon odatlarini tark etishiga ishora.
Dala — tushda dala ko’rish boy, chiroyli ayolga ishora. Rizq-nasibali bo’lish, saodatli oila, ayoli homilador bo’lishi, zino, gunohga qo’l urish, salomatlik, boylikka ishora.
Tushda oilali erkak dalaga urug’ ekkanini ko’rishi xotini homilador bo’lishini bildiradi. Agar notanish dalaga urug’ ekkanini ko’rsa, tush sohibining zino qilishidan dalolat.
Tushda dalasini sel bosganini ko’rish qarzini vaqtida to’lamagani uchun foizi oshib ketishiga ishora.
Nochor odam dalasini suv bosganini ko’rishi badavlat bo’lib ketishidan dalolat.
Dalachoy — tushda dalachoyni ko’rish shirinso’z hamsuhbat, go’zal axloqli kishiga ishora. Shuningdek, engil xastalikni boshidan o’tkazish, xushxabar eshitish, uzoq umr ko’rish, sevishganlar visolga etishishidan dalolat.
Daraxt — tushda daraxt ko’rish turi, katta-ki- chikligiga qarab ta’bir qilinadi. Tushda xurmo,
yong’oq singari mevali daraxt ko’rish kuch-quvvatga ishora. Kishi tushida yoshi ulug daraxt ko’rishi umr bo’yi baxtli-saodatli yashashidan dalolat.
Olma daraxtni ko’rish eng yaxshi qiz muhabba- tiga sazovor bo’lishni bildiradi.
Sarv daraxtini ko’rish boshidan ko’p kulfat- lar o’tishiga ishora.
Kishi tushida gullagan mevali daraxtni ko’r- sa, mashaqqatlar yakun topib, farog’atda yashashi- dan dalolat.
Tushda mevasi g’arq pishgan daraxtni ko’rish omad kulib, daromadi oshishidan darak beradi.
Bo’ydoq yigit tushida mevali daraxt ko’rishi umr yo’ldoshini uchratib, tez kunlarda to’yi bo’lishiga ishora.
Kishi tushida daraxt ekkanini ko’rishi martabasi otsshshini bildiradi.
Tushda daraxt kesish o’zi yoki yaqinlaridan birining xastalanishiga ishora.
Tushda ekkan daraxtning qurib qolishi boshi- ga kulfat tushishidan dalolat.
Daraxt qobig’i — tushda daraxt qobig’ini ko’rish kutilmagan erdan keladigan daromadga ishora. Ba’zan mol-davlat, kiyim, farzand bilan ham ta’bir qilinadi.
Qayg’usi bor kishi tushida daraxt po’stlog’ini shilinganini ko’rishi muammolardan xalos bo’li- shini bildiradi. Badavlat kishi daraxt po’stlo- g’ini ko’rishi davlatiga zarar etishiga ishora.
Homilador ayolga tushida unga daraxt po’stlo- g’ining berilganini ko’rsa, tug’ruq jarayoni oson o’tadi.
Daraxt qurti — tushda daraxt qurtini ko’rish yaqinlari bilan kelishmovchilik, xastalik, yo’q- chilik, darmonsizlik, bezovtalikka ishora.
Kishi tushida ustida daraxt qurti yurganini ko’rishi yaqinlaridan biri unga dushman ekani- dan dalolat.
Darvesh — kutilmagan xushxabar, uzoqdan ke- luvchi mehmon, mashaqqatli safar, sarguzashtga ishora.
Daryo — badavlat, saxovatli, hurmatli insonga ishora. Omad kulib boqishi, riz^-nasiba, poki- zalik, salomatlik, yomonlashishi, tashvishlardan xalos bo’lish, katta daromadga ega bo’lishni bil- diradi.
Tushda daryodan suv ichganini ko’rish saxovatli insondan yordam ko’radi.
Tushda shiddat bilan oqayotgan daryoni ko’rish rizq-nasiba, katta davlatga ishora. Tushda daryo- ning u tomoniga suzib o’tganini ko’rish qarzlari, tashvishlardan qutilishga ishora,
Dasturxon — yaxshilik qiluvchi, mard, hamma hurmat qiladigan insonga ishora. Rizq — nasiba, boylik, savob ish qilish, baxtli oila, yangi do’stlar orttirish, uzoq umr ko’rish, hayrli syfarga chiqish, tashvishlardan qutilishni bildiradi.
Qiz bola tushda dasturxon yozganini ko’rishi badavlat yigitga turmushga chiqishiga ishora.
Homilador ayol tushda dasturxon ko’rsa, oqi- batli, mehnatkash farzandni dunyoga keltiradi.
Daftar — tush sohibining xatti-harakat- larini bildiradi. Qilgan savob amallariyu gunoh ishlariga ishora.
Tushda daftar yopiqligini ko’rsa, gunoh qilganini bildiradi. Daftar ochiqligi savobi ko’pligiga ishora.
Tushda stoli ustida ko’p daftar ko’rsa, mehribon do’stlari ko’p bo’lishidan dalolat.
Dahliz — tushda dahziz ko’rish kishining kela- jagini bayon qiladi. Dahtiz toza keng va yorug’ bo’lsa, kelajakda tush sohibi baxtli-saodatli, osu- da hayot kechirishi, dahliz tor va qorong’u bo’lsa qay- g’uli kunlarni boshidan o’tkazishiga ishora.
Dev — sinov, do’stining yordami, mashaqqatni bildiradi. Tushda devdan qochish tush sohibi yushiga tushadigan balolardan omon qolishidan dalolat. Tushda uni dev yaralaganini ko’rish ogoh bo’lishga ishora.
Tushda dev o’lib yotganini ko’rish tush sohibi tashvishlaridan xalos bo’lishiga ishora.
Tushda dev uxlab yotganini ko’rish keladigan ahlikadan ogohdantirishdir.
Devor — baland va chiroyli devorni ko’rish tush sohibi yuksak martabaga erishishini bildiradi. Devor egri va yiqilay deb turgan bo’lsa martabasidan ayrilishini bildiradi.
Tushda devori yiqilganini ko’rsa, merosga ega bo’ladi. Uzi devordan pastga tushganini ko’rish orzu qilganlariga erisha olmaydi, deb ta’bir qilinadi.
Dengiz ~ tushda dengiz ko’rish baquvvat, ado- latli va badavlat kishini bildiradi. Shuning- dek, yuksak martaba, orzulari ushalishi, xursand- chilik, obro’li kishilar davrasida bo’lish, katta davlatga ega bo’lish, g’am-gashvishlardan xalos bo’lishga ishora.
Deraza — quvonch, baxt-saodat, xonadon sohibi, farzandlar, ayriliq, safarga chiqish, ko’z yoshi, salomaligi yaxshilanishiga ishora.
Tushda derazadan yorug’lik tushib gurganini ko’rish xushxabar eshitish, serdaromad ish, mol davlatni bildiradi.
Tushda derazadan tashqarini tomosha qilib turganini ko’rish, foydali safarga chiqishiga ishora.
Tushda deraza yasaganini ko’rish tush sohibi- ning yangi uy olishiga ishora.
Tushda imoragga derazalar qo’yganini ko’rish tush sohibi merosga ega bo’lishidan dalolat.