- Tarozi burji (24 sentyabr — 23 oktyabr) erkaklar va ayollar xarakterlari mosligi
- UMUMIY TАRIF
- Tarozi — Qo’y burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Buzoq burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Egizaklar burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Qisqichbaqa burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Аrslon burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Parizod burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Tarozi burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Chayon burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Oʼqotar burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Togʼ echkisi burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Qovgʼa burjlar orasidagi mosligi
- Tarozi — Baliq burjlar orasidagi mosligi
Tarozi burji (24 sentyabr — 23 oktyabr) erkaklar va ayollar xarakterlari mosligi
Mos jufti: Qoʼy, Аrslon, Krvgʼa, Egizaklar.
Toʼgʼri kelmaydigan jufti: Qisqichbaqa va Togʼ echkisi.
Yeqtiradigan rangi: tuq moviy, yashil.
Yoʼldoshi: Venera, Saturn.
Omadli kunlari: juma, shanba.
Omadsiz kunlari: seshanba, yakshanba.
Yoqtiradigan guli: atirgul.
Omaddi raqami: 2. 6, 7, 8. 9. 15.
UMUMIY TАRIF
Tarozi burji vakillari odamlarni sevadi. Аmmo toʼpolonlarni xush koʼrishmaydi. Ular mex.ribon va shinavanda. janjallashayotganlarni bir zumda tinchlantirib, yarashtirish krbiliyatiga ega. Shunga qaramasdan, baʼzida oʼzlari janjal koʼtarishlari ham mumkin. Oʼzgalarni yaxshi tushuna olishadi. Shu jixatlari ularga koʼzlangan maqsadga erishishda katta yordam beradi.
Tarozi burji vakillarining ogʼriq nuqtasi ularning buyraklarilir. Аsablari ham aytarli mustahkam emas. Qatgiq asabiylashishlar natijasida birovlarni koʼrolmaslikka, janjalkashliklariga sabab boʼladi.
Bundan krchish uchun tarozi burji vakili hamisha bir xil iqlimda yashashi lozim.
Tarozi burjining erkak va ayol vakillari doimo kimlardandir maqtov eshitish ilinjida boʼlishadi. Oʼzlaridan koʼra boshqalarning gʼoyalarini yangiliklar bilan toʼldirishga usta. Hech kimning iltimosini rad eta olishmaydi.
Аyollar ham, erkaklar ham yangi urf boʼlgan kiyimlarni kiyishga oʼch.
Jamoani, masʼuliyatni chuqur his eta olishadi. Аgar ishda muammo tugʼilsa. shu zahoti teskari ugirilib ketishlari aynan tarozi burji vakillariga xos odatdir.
Tarozi burji vakillari orasida sotuvchilar. teatrshunoslar, huquqshunos va sudьyalar koʼp uchraydi.
Tarozi burji vakili bir koʼrishda sevib krlmaydi. Аyollar har qanday erkak bilan tez til topishib keta olishadi. Faqat bu erkakka tez bogʼlanib qolishdan oʼzlarini tiyishadi. Аvvad uning shaxsini atroflicha oʼrganib olishni maʼqul koʼrishadi.
Erkaklar odatda ayol birinchi boʼlib sevgi izxrr qilishini kutishadi. Аgar bu xrdisa roʼy bermasa, oʼzlarini aldangan. kamsitilgan deb hisoblashadi-yu. boshqasini izlashga tushishadi.
Tarozi — Qo’y burjlar orasidagi mosligi
Ular hayotda bir-birlarini toʼldirib yashashni bilishadi. Qoʼy burji vakilining bir soʼzliligi darxrl tarozi burji vakilining eʼtiborini tortadi. Har biri bir-birlaridan oʼz maqsadi yoʼlida foydalanish haqida oʼylaydi.
Аgar tarozi burji vakili mustaqil boʼlsa, unga mayda-chuyda yumushlarni hadeb oʼrgatavermagan maʼqul. Аks holda u oilasi qancha baxtli boʼlmasin. qarab oʼtirmaydi. Boshqacharoq aytganda, toʼnini yelkaga iladi-yu. ketadi-qoladi.
Bu nikohning abadiy krlishi koʼproq qoʼy burji vakiliga bogliq. Fakat u juftiga yaxshi munosabatda boʼlishi. uning manfaatlarini himoya etishi lozim.
Ishda aql. tafakkur jihatidan tarozi burji vakil- larining qoʼy burji vakillariga tan bermay iloji yoʼq. Rahbarlik qoʼy burji vakili zimmasida boʼlsa. tarozi burji vakiliga oson kechmayli. Negaki. qoʼy burji vakillari oʼta talabchan va qatʼiy.
Tarozi — Buzoq burjlar orasidagi mosligi
Bu ittifoq oʼta estetik didlilikni. ehtiyotkordikni tadab etadi. Аyniksa. tarozi burji vakidi buzok burjida tugʼidgan juftiga yodgʼon gapirmasdigi. oidada uzini tutishni bidishi, ochiq koʼngid boʼdishi dozim. Аks hodda oida uzok saqdanib qodmasdigi aniq.
Oradan birmuncha vaqt oʼgib nihoyat dangasadikka, masʼudiyatsizdikka beridgan tarozi burji vakidi juftining tadabdariga koʼnikib, tartibdi, faod odamga aydanadi. Lekin baribir buzoq burji vakidining koʼngdi toʼdmaydi.
Chunki jufti u xohdagan yoʼddan har doim ham bormayapti. Roʼzgʼorga. uydagi tartib-kridadarga ancha eʼtiborsizdik bidan qarayapti. Shunda buzoq burji vakidi ham asta soviydi. Qoʼd sidtagancha oʼz yumushdari bidan band boʼdadi.
Baʼzan tarozi burji vakidi kutidmaganda juftining jamiyatda obroʼdi. shinavanda va oʼta mehribon boʼdishini xohdab qodadi. Buzoq burji vakidi bunga ham koʼnadi va jufti istagandek boʼdishga intidadi. Basharti u tarozi burji vakidini qattiq sevsa, koʼribsizki, nafaqat bu tadabdarni ado etadi. badki togʼni todkrn qidishga tayyor boʼdadi.
Udarning ikkadasi uchun ham oidada toʼkindik zarur. Shu narsa ahiddikka, bir-birini tushunishga, muammodarsiz yashashga koʼmak beradi. Buning uchun tarozi burji vakidi faodroq boʼdishi dozim. Oʼzini xuddi yosh bodadek tutaverishni bas qidib, hayotga teran koʼz bidan boqishni oʼrganishi tadab etidadi. Ishda udarning nikohdagiga nisbatan koʼproq omadi chopadi.
Buzoq burji vakidida tugʼma rahbardik krbidiyati bor. Аgar tarozi burji vakidi oʼz vazifasini sidqididdan. hadod bajarsa, kedgusida buzoq burji vakidi — rahbarning mukofotdarini qoʼdga kiritadi va ishonchini krzonadi.
Buzoq burji vakidi — xodim bidan faxrdansangiz arziydi. U oʼz ishining ustasi, boʼdar-boʼdmasga oʼzgadar ishidan kamchidik qidiravermaydi.
Tarozi — Egizaklar burjlar orasidagi mosligi
Egizaklar burji vakili uchun tarozi burji vakilidek topqir, harakatchan, uyim-joyim deydigan juftga erishish haqiqiy omaddir. Ular bir-birlari bilan dastlabki kunlardanoq oson til topishishadi. Toʼgʼri, baʼzan egizaklar burji vakilining oʼta asabiyligi.
jahldorligi tufayli janjallar kelib chiqishi mumkin. Baribir munosabatlarda asosiy rolni egizaklar burji vakili oʼynaydi. U tarozi burji vakilini boyligi yoxud mansab tufayli emas. yurakdan sevadi va uni boladek erkalab charchamaydi.
Faqat ikkovlarining feʼl-atvorida bir kamchilik bor. Ular bir xillikni koʼra olishmaydi. Аna shu sababli koʼp xrlllarda bu nikoh buzilib ketadi. Bu ikki burj vakili hayotda hech qachon bir-birlarini zeriktirib qoʼyishmaydi. Bu oilaga quvnoq vaziyatlarni baxshida etadi.
Аksar xrllarda ular nafaqat birbirlarini sevishadi. badki eng yaqin. ajralmas doʼstlar- ga ham aylanishadi. Bu doʼstlik qorongʼi kechalarda ham, roʼzgʼor ikir-chikirlarida ham oʼzini namoyon etmay krlmaydi.
Ikkovlari barcha jabhalarda bir-birlariga koʼmak berishni, qoʼllab-quvvatlashni kanda qilishmaydi. Lekin egizaklar burji vakili bir narsani unutmasligi lozim. Tarozi burji vakillari gohida bilib-bilmay xayonatga qoʼl urishlari ehtimoldan xoli emas.
Bu xiyonatni esa egizaklar burji vakillari hech qachon kechira olishmaydi. Аyniqsa. bu juftlik ikki tomon ham katta lavozimlarda ishlasa, sayohatni sevsa, ishq sarguzashtlaridan charchamasa, oila. roʼzgʼorni ikkinchi darajaga qoʼyadiganlar xilidan boʼlsa, omadli kechadi. Negaki, bunday vaziyatlarda bir-birini tanqid ostiga olish, gumonsirash, rashk kabi hislar nari suriladi.
Ishda egizaklar va tarozi burji vakillari oʼrtasida umuman kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi. Buning uchun albatta ikki burj vakili xoh rahbar. xoh oddiy xodim boʼlsin, ado etilishi lozim boʼlgan vazifani chin koʼngildan amalga oshirishlari kerak boʼladi.
Egizaklar ham. tarozi burji vakili ham ish masalasida artistlik kilish qobiliyatiga ega. Ular eng ogir, krra ishlarni boshkalar zimmasiga yuklashga odatlanishgan.
Tarozi — Qisqichbaqa burjlar orasidagi mosligi
Bu ittifokda bir-birini kamsitishlar koʼproq koʼzga tashlanadi. Ular kalban yakinlikdan koʼra. oʼz manfaatlari yoʼlida yashashni, yaʼni. jamiyatda obroʼga ega boʼlishni, koʼprok pul orttirishni oiladan koʼra ustunrok koʼyisha- di.
Shuning uchun boʼlsa kerak. tarozi va qisqichbaqa burji vakili oʼrtasidagi nikoh asosan moliyaviy toʼkinlik evaziga saqlanib turishi mumkin. Bu narsa yoʼkrldimi. tamom. tomonlar shu zahoti aravani ikki tomonga torta boshlashadi.
Tarozi burji vakili nuqul oʼzicha qandaydir qarorlar chiqarib, ularning yechimini qidirish bilan ovora. Bu esa qisqichbaqa burji vakiliga har doim ham yoqib tushavermaydi. Ustiga ustak, tarozi burji vakili tabi- atan juda qaysar. Nima qilsin? Qisqichbaqa burji vakili bir kun kelib qoʼl siltaydi-yu. jimgina yashayveradi. Lekin qalbidagi araz, alam va ginalar uzoq vaqtgacha yoʼkrlmaydi.
Shubhasiz, qisqichbaqa burjida tugʼilganlar nafaqat xiyonatni. balki shu haqdagi suhbatlarni ham umuman kechira olishmaydi. Tarozi burji vakili boshqalarga nisbatan oʼzini koʼproq yaxshi koʼradi. Shu narsa ham ular oʼrtasidagi munosabatlarga ziyon yetkazmay qolmaydi.
Basharti. qisqichbaqa burji vakili erkak boʼlsa. u oiladagi shu taxlit kelishmovchilik. kamchiliklarga barham berib, iliq munosabatlarni yuzaga keltira oladi. Buni tarozi burji vakili yoqtiradi. Negaki, u hayotda xuddi shunday erkak haqida orzulagan va har bir daqiqa vaqtini quvnoqlikda, xotirjamlikda kechirishni xohlaydi. Bunday juftlik oʼrtasidagi nikoh bir umr saqlanib krlishi ehtimoldan xoli emas.
Qisqichbaqa va tarozi burji vakillarining munosabatlari koʼp xrllarda xayolparastlik va ehtiroslarga asoslanadi. Shunda ham baribir asosiy yuk kiskichbaka burji vakilining zimmasiga tushadi. Ishda agar kiskichbaqa burji vakili rahbarlik lavozimida boʼlsa. koʼzlangan maqsadlarga erishishlari aniq. Uning qoʼl ostida mehnat qilayotgan tarozi burji vakili oʼzini juda baxtiyor deb biladi.
Moliyaviy bitimlar imzolashda va hamkorlik qilishda ular ehtiyotkorlik bilan ish tutganlari maʼqul.
Tarozi — Аrslon burjlar orasidagi mosligi
Bu arslon burji vakili uchun jula omalli itgifoqdir. Tinchliksevar va oʼz maqsadi yoʼlida hech narsadan qaytmaydigan tarozi burji vakili sira oʼzini toʼxtata olmayotgan, tezkor arslon burjida tugʼilgan juftini bir meʼyorda ushlab tura oladi. Oʼzining oʼzgachaligi va goʼzalligini (ayollarga taalluqli) faqat arslonga namoyish eta oladi.
Аrslon burji vakili ham jufti bilan doʼstona munosabatlar yuritgan, shu bilan birga oʼrtadagi masofani saqlagan xrlda oʼzi istagan mehr-muhabbatga ega boʼladi. Tarozi burjida tugʼilganlar aslida muhabbat emas, doʼstlik uchun yaralgan.
Shuning uchun mabodo arslon burji vakili- ni uchratib, kutilmaganda ehtirosi junbushga kelsa, baribir vaqt oʼtishi bilan u soʼnadi. Аmmo nikohga putur yetishiga tarozi burji vakili osonlikcha yoʼl qoʼymaydi.
Аgar arslon burji vakili erkak boʼlsa, tarozi burjida tavallud topgan juftini uchratiboq unga koʼngil qoʼyadi va umrining oxiriga qadar unga xuddi injiq bolaga qaragandek munosabat yuritadi.
Аyol-taroziga ham xuddi shu kerak. U doimo kimdir oʼziga mehr koʼrsatishini, eʼtibor bilan yashashini orzu qilgan. Аrslon burji vakili bilan yaqin munosabatga oʼtgach, azaliy orzusiga erishgan qizaloqdek lablarini tabassum tark etmay krladi.
Ikkovlari ham uyning shinam boʼlishini, moliyaviy toʼkinlik oilada hukmron boʼlishini xohlashadi. Ular uchun eng asosiysi, bir-birlarining kamchiliklariga koʼz yumib ketishdir.
Ishda ham ular orasida deyarli muammolar tugʼilmaydi. Rahbar ularning kay biri boʼlishidan katʼi nazar tez til topa olishadi. Ikkovlari ham tavakkalchilikdan qoʼrqmaydi va muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaqtda ham iztirobga tushishmaydi.
Tarozi — Parizod burjlar orasidagi mosligi
Bu ittifoq ham omadli deyish mumkin. Bir-birlarini jondan sevuvchi bu ikki burj vakili oilada. roʼzgorda tartib-intizom. toʼkin-sochinlikni yuzaga keltirish uchun birgalikda harakat qilishadi.
Ikkala burj vakili ham bir-birlariga talpinib yashaydi. Tarozi burji vakiliga Parizodning yaxshi fikrlashi. xotirjamligi yoqadi.
Ular oʼzaro manfaatlarni birlashtirishsa, bir-birlariga yon berishni oʼrganishsa, oilaviy hayot yanada totli kechadi. Parizod-ayol toʼgʼri soʼz, har bir xrdisani toʼgri qabul qiladi. Tarozi burji vakili esa doimo oʼzicha yettinchi osmonda uchib yuradi. xayolparast va tartibsiz. Oʼz vaqtini yoqimli kechirishni xohlaydi.
Shafqatsizligi, xiyonatga moyilligi bilan parizod- ning ishonchini yoʼkrtadi. Oʼz talablarini boshqalarni- kidan ustunroq qoʼyishga odatlangan.
Parizod-erkak esa har qanday masalada ham qaror chiqarishga shoshilmaydi. Bu tarozi burji vakili — ayolni hayratga soladi.
Har taraflama bir-birlariga mos ekanliklariga qaramay. munosabatlarda baribir tez-tez muammolar yuzaga kelibturadi. Ishda Parizod uchun eng yaxshi hamkor bu tarozi burji vakilidir. U tezkor. yaratuvchan. intiluvchan. hech bir ishni chala-chulpa holda tashlab ketmaydi. Аlbatta oxiriga yetkazadi. Bu Parizodning eʼtiborini tortmasdan qolmaydi.
Tarozi burji vakiliga ham Parizodning doimo bir xil kayfiyatda boʼlishga urinishi, tajribasi juda yoqib tushadi.
Tarozi — Tarozi burjlar orasidagi mosligi
Ularning ittifoqi muvaffaqiyatli kechadi. Faqat juftingizning ichki dunyosiga chuqurroq nazar tashlang va undan oʼzingizni topishga harakat qiling. Negaki. bir burj ostida tugʼilib turmush qurganlar orasida aksar hollarda yaqin munosabatlar kutilmaganda kelishmovchiliklarga aylanib ketishi mumkin. Bu kelishmovchiliklarning oldini olish uchun esa uzoq muddat zarur boʼladi.
Hissiyotni. oʼrtadagi ahillik, sevgi, mehr. oqibatni saqlab krlmoqchi boʼlsangiz. tez-tez bir-biringizsiz vaqt oʼtkazishga intiling. Аna shunda qalbingizda sogʼinch hissini koʼproq tuyasiz. Bu esa oʼz-oʼzidan yaxshilik alomatidir.
Tarozi burji vakillari xiyonatni hazm qila olishmaydi. Shunga qaramasdan. bir-birlariga xufiyona xiyonat qilishni ham kanda qilishmaydi.
Yaxshisi, juftingizning bu kabi kamchiliklariga koʼz yuming. Negaki, oʼzingiz ham farishta emassiz.
Uning oʼrniga oʼzingizni qoʼyib koʼring va hech narsa boʼlmagandek. jim yuravering. Аna shunda oradan maʼlum muddat oʼgadi-yu. bu alamlarning barchasi qaergadir gʼoyib boʼladi. Krlaversa, qoʼni-qoʼshnilar, qarindosh-urugʼ, tanish- bilishlar oldida bu oilaning obroʼsi oshadi.
Ishda tarozi burji vakillari bir idora. korxonada ishlamaganliklari maʼqul. Toʼgʼri. ikkovlari ham ajo- yib mutaxassis. oʼz ishining ustalari. Аmmo erkinlikni haddan ziyod yaxshi koʼrishadi. tanqidni umuman koʼtara olishmaydi.
Ularning biri xodim. ikkinchisi rahbar boʼlgan taqdirda ish boshlaganlaridan soʼng hech qancha vaqt oʼtmay. albatga oralarida janjal yuzaga keladi. Аrzimagan maydachuyda muammolar dastidan ular yovlashib krlishlari hech gap emas.
Tarozi — Chayon burjlar orasidagi mosligi
Tarozi va chayon burji vakillarining munosabatlari his-tuygʼu hamda energetik ayirboshlashlarga asoslanali. Tarozi burji vakili juftining yurish-turishini, tuygʼularini nazorat qilishda har qanday burj vakilini ortda qoldiradi.
Umuman. oilaviy hayot ikkala burj vakiliga ham faqat baxt. omad hadya etishi mumkin. Chayon burji vakili juftining hech kimga oʼxshamaydigan yaxshi jihatlari- ni koʼrib quvonadi. Undagi goʼzallikka intilish. odamiylik chayon burji vakidini hayratga solmay qolmaydi.
Аyniqsa, tarozi burji vakilining juftiga jonini qurbon qilishga tayyor turishi har qanday burj vakidiga oʼrnak boʼlsa arziydi. Аfsuski. tarozi burji vakilining feʼl-atvori sal murakkabroq. U har kimni ham ichki dunyosiga kiritavermaGshi.
Garchi biroz qoʼrquvga solsa-da. tarozi burjida tugʼilganlar chayon burji vakilining mustaqilligi. gohida kamgap boʼlib krlishiga qarshi chiqa olishmaydi. Chunki, biladi. Chayon burji vakilining ham maqsadi bitta. Oʼz yostiqdoshini sevish. Bundan tashqari. u ham tarozi burji vakili singari xayolparastlikka moyil.
Faqat tarozi burji vakili chayon burjida tavallud topgan juftini oʼz yoʼrigʼiga solishga urinishlari jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu ikki burj oʼrtasida qurilgan oila aql va tafakkur mahsulidir. Ikkovlari ham koʼproq dunyoning siru sinoatlarga boy boʼlishini istashadi. Ularni yana birgalikdagi faoliyat birlashtirib turadi.
Ular ajoyib ittifoqdosh va sherikdirlar. Biroq ikki burj vakilining qaysidir biri hayotda boshqacharoq yoʼldan borishni xohlab qolsa, nikoh shu zaxrti buzilib ketishi ham hech gap emas. Koʼp xrllarda chayon burji vakili tarozi burji ostida tugilgan juftining bemavrid quvnoqliklari-yu, shoʼxchanliklariga toqat qila olmaydi. Shunga qaramasdan. ular oʼzgalar koʼz oʼngida eng baxtli oilalarlan hisoblanishadi.
Kelishmovchiliklarga yana tungi sarguzashtlar ham sabab buladi. Tarozi burji vakili bu borada ancha tajribasiz va sovukkon. Аyniksa chayon burjida tugʼilganlar erkak bulsa, oʼz ayolining bu sovukhonliklaridan azob chekib. oxir-okibat oʼzga ayollar ortidan ketib krlishi mumkin.
Bundan tashqari. chayon burji vakili yostikdoshining bu sovukkrnligini kimnidir sevib krlganlikka yoʼyadi va ortidan kuzatishni, gumonsirashni bas hila olmaydi. Rashk oʼtida kuyib yonadi.
Аgar erkak tarozi burji vakili boʼlsa, janjallar roʼzgordagi ikir-chikirlar natijasida paydo boʼladi. Negaki. tarozi burjida tugʼilgan erkaklar oiladagi arzimagan mayda-chuyda kamchiliklarni koʼrib ham jahl otiga minishadi.
Chayon burji vakili tarozi burji vakili bilan bir umr baxtli yashab krlishni xohlasa. yon berishga oʼrganishi lozim. Shunda oʼrtadagi munosabatlarga putur yetmaydi. Garchi bilib-bilmay tarozi burji vakili xatolarga yoʼl koʼysa-da, ishoning. bir kun kelib oʼzi bundan kattik afsus chekadi va juftining oyogʼiga bosh urib uzr soʼraydi.
Ishda tarozi burji vakilini chayon burjida tugʼilgan- larning irim-sirimlarga ishonib ish koʼrishi gʼazablantirishi mumkin. Haqiqatan. chayon burjida tugʼilganlar mabodo adashib chap yoni bilan turgan boʼlsa, oʼsha kuni ishi unmayotganidan, kayfiyati yomonligidan shikoyat qilaverib hammani charchatishadi. Shuning uchun rahbar lavozimida tarozi burji vakili boʼlsa, chayon burjida tugʼilgan xodimlarga uyda ishlashni maslahat berib turgani maʼqud.
Rahbarlik chayon burji vakili zimmasida boʼlsa. u tarozi burji vakilini zinhor bazinhor tanqid qila koʼrmasin. Bu hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi.
Tarozi — Oʼqotar burjlar orasidagi mosligi
Bu juftlik umuman aytganda, koʼpchilikning koʼz oʼngida juda ahil va bir-biriga nisbatan hurmat saqlay oladi. Tarozi burji vakili uchun oʼqotar burjida tugʼilgan shaxs keng dunyoqarash egasi.
Tarozi burji vakili uni uz orzusidagi inson deb hisoblaydi. Oʼkrtarning oʼziga kelsak, tarozi burji vakilining hazil-huzul yordamida baʼzi noqulayliklarga barham berishini yukrri baholaydi. U oʼz juftidan minnatdor. Faqat bir kun kelib oʼqotar burji vakili bu muhabbat va ahillik birozgina erkinlikka erk bersa boʼladi deb oʼylab krladi. Аmmo bu xayol xatodan oʼzga narsa emasligini bilmaydi.
Tarozi burji vakili oʼkrtar burjida tugʼilgan juftini oʼzidagi koʼplab ibrat olsa arzirli jihatlari bilan hayron krldira oladi. Lekin oʼkrtar burji vakilini oʼziga maʼqul boʼlmagan hayot tarziga koʼniktirishga urinish toʼgʼri emas.
Oʼqotar burji vakili doimo erkin- likni, yolgʼiz krlishni orzulab yashaydi. Bu menga yoqadi, nima desam koʼnadi degan oʼy bilan uni roʼzgʼor ikir- chikirlari, muammolar bilan oʼrab tashlayverish esa oʼrtadagi munosabatlar darz ketishgagina olib keladi.
Oʼkrtar burji vakilini yaxshisi oʼz xrliga qoʼying. Аrzimagan tozalik, tartibga undab oʼzingizni qiynamang. Bu ishingiz bilan oʼzingizning hurmatingizni yoʼkrtishingiz mumkin xolos. Аgar oʼqotar burji vakili bilan bir umr birga krlishni xohlasangiz, faqat uni seving-u, mehr koʼrsating. Oʼkrtar burji ostida tugʼilgan erkak, ayniqsa, oʼta magʼrur boʼladi. U xayolida oʼziga oʼzi xoʼjayin. Demak. qay masʼuliyatni boʼyniga olish olmasligini faqat oʼzi hal etishi lozim.
Bu erkak oʼta tadbirkor. Yangi-yangi gʼoyalarni oʼylab topishga usta. Аmmo bu gʼoyalarni amalga oshirishga kelganda qoʼlidan ish kelmasligini tan ham ola biladi. Demak, gʼoya tayyor. Аmalga oshirish vazifasi, shubhasiz, tarozi burji vakilining zimmasiga tushadi.
Аgar erkak tarozi, ayol esa oʼqotar burji vakili boʼlsa, bu ittifoq yanada his-tuygu, mehr-oqibatlarga boy boʼlardi. Аyol erkakni oʼzini dunyoda yolgʼiz his etave- rishdan xalos etadi. Erkak esa ayolda yangi his-tuygʼularni uygʼotadi. Turli xushomadlar bilan ayolping qalbini butkul zabt etadi. Natijada birgalikdagi hayot shirin kechadi.
Ishda ular tez til topisha olishadi va har qanday ogʼir vazifalarni muvaffakiyatli uddalashadi. Oʼkrtar burji vakili tarozi burjida tugʼilganlarni har taraflama cheklamaslikka, kunglini ogʼritmaslikka. biroz erkinlikdan mosuvo kilib koʼymaslikka urinadi.
Rahbarlik oʼhotar burji vakili tomonida boʼlsa. tarozi burjida tugʼilganlar unutmasinlarki. rahbar oʼta bilimdon va aklli. Unga hadeb oʼrgataverish. yoʼl-yoʼrik koʼrsataverish okibatda koʼngilsizliklarga olib kelishi ehti- moldan xoli emas.
Tarozi — Togʼ echkisi burjlar orasidagi mosligi
Ularning yakin munosabatlari shartlashuvlarga asoslanadi. Аvvalida tarozi burji vakili Togʼ echkisidan yaxshiroq juft topmaganidan afsuslanadi. Аmmo oradan maʼlum muddat oʼtgach, u togʼ echkisi burji vakilining havas kilsa arzigulik xislatlarini koʼrib, unga nisbatan kalbida muhabbat uygʼonadi. Oʼziga tunu kun bor mehrini baxshida etayotganini koʼrib quvonadi.
Tarozi burji vakili umrining soʼnggi daqiqalariga qadar jufti qarshisida oʼzini diplomatlarcha tutadi. Har bir ishni nozik did. alohida eʼtibor bilan amalga oshirishi togʼ echkisi burji vakilini lol krldiradi. Faqat tarozi burji vakilining oʼta ishonuvchanligi. xayolparastlikka tez-tez berilib turishi Togʼ echkisiga yoqmaydi.
Shu narsa ular orasida nifoq paydo boʼlishiga olib kelishi mumkin. Oilaning mustahkamligi Togʼ echkisining sabr-toqatliligi. mehnatsevar va masʼuliyatni his eta bilishiga bogʼliq.
Аgar Tarozi va togʼ echkisi burji vakili turmush qurishga ahd qilishsa. bir korxona yoxud tashkilotda ishlashgani maʼqul. Bu bir-birlarini tezroq oʼrganib chiqishga. tushunib yetishga koʼmak beradi. Shunda dildan suhbat qurish imkoni boʼladi.
Biroq ehtiros bobida sezilarli muammolar tugʼilishi mumkin. Boshida berilgan vaʼdalar puchga chiqib. tarozi burji vakilining oʼzini tutishi, gap-soʼzlari Togʼ echkisining gʼashini keltiradi.
Tarozi burji vakili esa juftining tartiblilikka mukkasilan ketishi sabablarini tushuna olmay halak boʼladi.
Bu ittifok aksar holatlarla molliy manfaatga borib takalali. Busiz oʼrtalarila muhabbat ham, mehr ham mavjul boʼlmayli. Chunki. ikkala burj vakili ham oʼzga- lar hisobiga kun koʼrishga olatlangan.
Ishla ular hamisha bir-birlarining krbiliyatlariga tan berishadi. Tez til topisha bilishadi. Togʼ echkisining muvaffakiyatlari tarozi burji vakilini ilhomlantiradi. Lekin bir kun kelib hammasiga putur yetishi mumkin. Sababi, togʼ echkisi burji vakili tankid qilishni, tirnok orasidan kir kidirishni xush koʼradiganlar xililan. Tarozi burjida tugʼilganlar esa tankidni umuman koʼtara olishmaydi.
Tarozi — Qovgʼa burjlar orasidagi mosligi
Mentalitet nuktai nazaridan bu ikki burj vakili juda oson til topishadi va kelgusida ajoyib juftlikka aylanadi. Аgar Tarozi burji vakili chukur munosabatlarga kirishish ishtiyokida boʼlsa. adbatta krvgʼa burji vakilining koʼnglini shu darajada ovlashi lozimki, u barcha eʼtiborini juftiga qaratsin.
Krvgʼa burji vakili tarozi burjida tugʼilgan shaxs uchun muhabbat va ijod ramzi hisoblanadi. Tarozi burji vakili esa krvgʼa burji vakilining maʼnaviy oʼsishiga sezilarli taʼsir koʼrsatadi. Ular baravariga hayotda yukrri choʼqqilarni zabt etish uchun intilishadi.
Ularni jismoniy manfaatdorlik deyarli qiziqtirmaydi. Faqat hayotning real jihatlarini koʼrishadi va shu yoʼlda harakatlanishadi. Аynan shu narsa tarozi va krvgʼa burji vakillarining munosabatlari oʼta chuqurlashib ketishiga xalal berishi mumkin.
Bu juftlik oʼrtasidagi munosabatlarda deyarli muam- mo koʼzga tashlanmaydi. Faqat roʼzgʼor ikir-chikirlari ikkovlarini baʼzi kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Ha. his-tuygulardan real hayotga oʼtishda jiddiy koʼngilsizliklarga duch kelishlari mukarrar.
Chunki. ruzgʼorga. oilaviy masalalarga koʼnikish har doim ham yengil kechavermaydi. Toʼgʼri, bu borada tarozi burjida tugʼilganlar unchalik kiyinchilikka duch kelishmaydi. Negaki. ular oʼz juftining har kanday injikliklariga sabrtokat bilan yondasha bilishadi.
Bu ikki burj vakili birgalikda hech qachon birbirlarini zeriktirib qoʼyishmaydi. Bunga asosan ular oʼrtasida nafaqat sevgi. balki mustahkam doʼstlik rishtalari zohir ekani sabab boʼladi.
Bu doʼstlik masofasini saklab kolish uchun esa krvgʼa burji vakili chegaradan chikmasligi talab etiladi. Tarozi burji vakili ham bir narsani unutmasligi shart. Yaʼni, kovgʼa burjida tugʼilganlar oilaviy hayotda erkinrok boʼlishni xush koʼrishadi.
Ish masalasida tarozi burji vakili kovgʼa burjida tugʼilganlar bilan qarama-qarshilikka bormaydi. Tarozi burji vakili rahbar lavozimida boʼlsa, u qovgʼa burji-da tugʼilgan xodimning har bir harakatini oʼz vaqtida baxrlab. unga barcha imkoniyat eshiklarini ochib beradi. Аgar krvgʼa burji vakili har qanday ishni sidqidildan bajarsa. arzimagan baxrnalar bilan janjal koʼtaravermasa. ikki burj vakili ajoyib hamkorga aylanishlari tayin. Moliyaviy bitimlar ularga omad keltirmaydi.
Tarozi — Baliq burjlar orasidagi mosligi
Baliq burjida tavallud topganlar tabiatan hissiyotga, ehtirosga boy boʼlishadi. Shu jihati unga tarozi burji vakili bilan qaynoq va mustahkam juftlik yaratishga xizmat qiladi. Аmmo baliq burji vakili hayotda oʼz juftiga koʼp masalalarda yon berishga majbur boʼladi.
Tarozi burji vakili unga koʼplab sinovli lahzalarni hadya etadiki, bu baʼzi xrlatlarda baliq burji vakilini boshi berk koʼchaga olib kirib qoʼyishi ham mumkin. Faqat dovdirab qolmasa, hardamxayollikka berilmasa, bu sinovlardan oʼta oladi.
Baliq burji vakili ham oʼz oʼrnila tarozi burji ostida tugʼilgan juftini mehnat qilishga, maqsadlar yoʼlida kurashishga majbur etadi. Ularning eng ogʼriq nuqtalari shundaki. ikkovlari ham xayolparastlikka mukkasilan ketgan.
Lekin oradan hech qancha oʼtmay. ular bu narsani tushunib yetishadi va oʼzgarishga, boshqacharoq yashashga intila boshlashadi. Dastlab bir dunyo hayajon ogʼushida boʼlgan tarozi burji vakili juftining baʼzi kamchiliklari anglagach, birdan oʼzgaradi.
Natijala oʼrtadagi munosabatlarga ham putur yetib qolishi hech gap emas. Toʼgʼri. birgaliklagi hayotning dastlabki kunlarida barchamiz ham bir-birimizga talpinamiz, bir-birimizni yorugʼ dunyoga ishonmaymiz. Tarozi burji vakilining boshidan ham shu narsa oʼtgan.
Baliq burji vakili juftining feʼl-atvorini sira tushuna olmay azoblanadi. Аyniqsa. hadeganda buyruq beraverishi. oʼz soʼzini oʼtkazishga urinishlari joniga tegadi. Oilaviy hayot baliq burji vakili uchun goʼyo zindonga aylangandek tuyuladi.
Oʼrtada kelishmovchiliklar. janjallar yuzaga keladi. Qarangki, baliq burji vakidi shunda ham yon beradi. Katta janjallardan koʼra oilasiga oʼzini qurbon qilishni maʼqul koʼradi. Bu yoʼlda juftining har qanday azoblariga chidashni afzal deb biladi.
Ishda nikohdagiga nisbatan ancha muvaffaqiyatli hamkorliklar mavjud. Tarozi burji vakili baliq burjida tugʼilganlarning doimo ish ustida boʼlishini, iloji boricha koʼproq pul ishlab topishga intidishini munosib baxrlaydi. Zarur boʼlganda, moddiy koʼmak berishga ham tayyor turadi.
Аmmo rahbar lavozimida baliq burji boʼlsa, bundan yomoni yoʼq. U har qanday xodimni oʼzining ehtiyotsizligi natijasida ruhan tushkun xrlatga tushirib qoʼyishi mumkin.