Taqdir eshigi chiroyli sherlar

Taqdir eshigi chiroyli sherlar

Gʼiyqillab ochilar taqdir eshigi
Va yana qaytadan boshlanar hayot.
Tinmay tebranadi dunyo beshigi,
Koʼzga uyku bermas ojiz xissiyot.

Gʼiyqillab yopilar takdir eshigi,
Аnhorda suv emas armonlar oqar.
Unda-ki, koʼshkulok maysa ham beshak
Koʼrib-koʼrilmagan kundan soʼz ochar.
Gʼiyqillab ochilar takdir eshigi
Va yana kaytadan boshlanar gʼiybat.

Soʼzlar chuvalanar eshib, eshilib,
Qonlarga qorishib ketar bu illat.
Gʼiyqillab yonilar taqdir eshign,
Yuzlarda tabassum, qoʼyinlarda tosh.

Gʼiykillab ochilar takdir eshigi,
Topish amrimahol yorilmagan bosh.
Gʼpykillab yopplar. ochilar gohi,
Sirgʼaladi sharpa deya «Gardkam, gard».
Hushkayfiyat, xursand, ammo pigohi…
Koʼzin tub-tubida choʼkib yotar dard…

Аbdulla BOQIY (Kenjaboev)

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика