Kichkina maslahat sevgi sherlari
Goʼzallikka shaydo, karo koʼzlarim,
Birgina aytarim bor edi sizga,
Koʼnglingizga olmang nordon soʼzlarim,
Oshik boʼlib yurmang chiroyli kizga,
Chiroyga choy kuyib ichilmas, axir…
Goʼzallik aslida til uchidadir,
Ishk — deydilar — Vafo ila kuchlidir.
Vafolilar har onda bir uchraydi,
Har kimga ishonib, kolmang koʼchada,
Kiymasga toʼn bichilmas axir…
Toʼnku mayli, toʼyga toʼyona boʼlar,
Аldovga koʼnikib, paymon ham toʼlar.
Demang-ki, mayliga ne boʼlsa, boʼlar,
Bilmassiz, goʼzallar ustimdan kular,
Suvni koʼrmay etik yechilmas axir…
Bir ogʼiz soʼzgaki aldanar koʼngil,
Bu ne karo tundir, bu kanday kundir.
Ey soqiy, alamdan sharobing sungil,
Bu kun bechora Dil zabundir, xundir.
Netsinki, oʼzlikdan kscholmas axir…
Goʼzallar oʼt koʼygan yurakda tutun,
Tutunlar osmonga boʼlolmas ustun.
Koʼngilning tubida tugildi tugun,
Ertani qoʼyingiz, ne qilsin bugun,
Takdir mayi taxir, icholmas axir…
Аbdulla BOQIY (Kenjaboev)