Flakon uchun 81 million: dunyodagi eng qimmat atirlar qanday ifor taratadi?
1-o‘rin: Shumukh Nabeel − 1,3 million dollar.
Arab tilidan tarjima qilinganda atir nomi “Eng yuqori darajaga loyiq” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham atir eng qimmatbaho iforlar qatoridan joy olgan. Uni yaratish uchun uch yil sarflandi. shuningdek, atir flakonida eng ko‘p olmoslari bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
2-o‘rin: Golden Delicious, DKNY − 1 million dollar.
Odatda xushbo‘yning narxi 40 dollarni tashkil etadi, ammo 2011-yilda shisha million dollarlik 2909 ta qimmatbaho toshlar bilan bezatildi. Cheklangan miqdordagi atir taniqli zargar Martin Kats tomonidan bezatilgan.
3-o‘rin: Christian imperial Majesty, Clive Christian − 215 ming dollar.
Flakon billur, oltin va olmos bilan bezatilgan. Uning ichida 200 ga yaqin komponentlar mavjud.
4-o‘rin: Idylle Baccarat − Lux Edition, Guerlain − 40 ming dollar.
.Ushbu xushbo‘y hid uchun dizayner Ora Ito ko‘z yoshi shaklidagi, oltin kakma bilan qoplangan kristall flakonni ishlab chiqdi. Iforning o‘zi esa Guerlain uyining asosiy boshqaruvchisi Tierri Vasser tomonidan yaratilgan.
5-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume, Floris − 23 ming dollar.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II hukmronligining yubileyi sharafiga cheklangan miqdorda xushbo‘y ishlab chiqarilgan.
6-o‘rin: Poivre, Caron − 9 ming dollar.
Ushbu ifor 1950-yillarga qadar mashhur bo‘lgan. Ular hozirda mavjud emas. Iforning nomi “qalampir” degan ma’noni anglatsa-da, atir unchalik ham achchiq hidga ega emas.
7-o‘rin: Les Larmes Sacrees de Thebes, Baccarat − 6 ming dollar.
Xushbo‘y atirni yoqtirib qolganlar nafaqat ifor uchun, balki qo‘l mehnatida yaratilgan flakon uchun ham 6000 dollar to‘lashi kerak.
8-o‘rin: Christian 1, Clive Christian − 5,5 ming dollar.
Flakon ichidagi xushbo‘y atir bilan birgalikda kumush bilan bezak berilgan kristalldan yasalgan.
9-o‘rin: Roja Exclusive, Roja Parfums − 4,3 ming dollar.
Ushbu ifor Rojer Deyvning shaxsiy kolleksiyasidan olingan bo‘lib, u har yili kichik ko‘rsatkichlarda ishlab chiqariladi.
10-o‘rin: Chanel No. 5 Grand Extrait, Chanel − 5,2 ming dollar.
Bu dunyodagi eng mashhur ifor bo‘lishidan tashqari, u Koko Shanelning ham birinchi atiridir.