DALA TUSHDA KORSA NIMA BO`LISH HAQIDA
Hosili yig’ib olingan bo’m-bo’sh dalani tushda ko’rish omadsizlikdan darak beruvchi tushdir. Suli yoki boshqa ekinli ko’m-ko’k dala hayotning baxtiyor damlaridan, butkul shodlikdan va kelajakda yaxshi istiqboldan ayonlik beradi.
Haydalgan dalalar tushga kirsa, bu oilangiz farovonlikka erishishi alomati va sizning jamiyatdagi munosib o’rningiz qisqa, ammo sharafli bo’ladi. Dalada yalangoyoq yurganlikni tushga kirishi — oilangizni barbod qilishi mumkin bo’lgan yolg’on-yashiq gaplar tarqalishidan shohidlik beradi. DALA TUSHDA
Ushbu maqolalarni ham o’qing:
GULZOR TUSHDA
Ko’p gullarni tush ko’rish — yaxshi alomat. Biroq aynan qanday gullarni ko’rdingiz. Agar siz ularning nomlarini ajrata olsangiz, ko’zdan kechiring. Agar gullar ko’p bo’lib, ularning qanday gullar ekanligini ajrata olmasangiz, demak, hayotingizda shunchaki nimadir qiziqarli, yaxshi, quvonarli hodisalar ro’y beradi.
Keksalar uchun gulzor — bolalari haqida haliyam g’amxo’rlik qilishini bildiradi. Faqat gullar parvarishlanganligini eslash lozim.
Yosh qizlar uchun tushdagi gulzor — ishqiy istak. Agar u turmushga chiqmagan bo’lsa, balki yaxshi odamni uchratadi.
Yosh yigit uchun gulzor — ayollar ko’pligini anglatadi. U hatto tanlab o’tirmaydi, unga shundoq ham yaxshi.
GULChAMBAR TUSHDA
Agar oila boshlig’i tushida gulchambar ko’rsa, bu uni xizmatiga yarasha hurmat-e’tirofga sazovor bo’lishidan dalolat. Shunga yarasha u oilasining moddiy ahvolini tiklab oladi, bundan oila a’zolarining ham hurmatini qozonadi.
GUGURT TUSHDA
Tush ko’ruvchining jo’shqinligi va uning boshqa xususiyatlari timsoli. Ko’plab turgan gugurtlarni tush ko’rish —portlaydigan darajada jozibali xarakterni, harakatchanlikni, faollikni, quvnoqlikni, xushchaqchaqyaikni ifoda etadi.
Bir dona yonayotgan gugurt cho’pini ko’rish — tush ko’ruvchining bosiq, ammo ehtirosli, tinch vaziyatda osoyishta va vazmin, stress holatida faol va g’ayratli ekanligini bildiradi.
Yonib tugagan gugurtni ko’rish — yoshi o’tgach tush ko’ruvchining xarakteri vaziyat ta’sirida to qarama-qarshi darajagacha qattiq o’zgarishidan darak beradi.
Ho’l gugurt — ikki tomonlama xarakterni ifoda etadi: tashqarisidan bir odamga, yaqindan tanishganda mutlaqo boshqa odamga o’xshashidan shohidlik beradi.
GO’ZALLIK TUSHDA
Tushda o’zingizni chiroyli holatda ko’rsangiz, shubhasiz, mustahkam sog’liq, baxtli hayot va muvaffaqiyatlar sizga yor bo’ladi. Boshqalarni ham chiroyli ko’rish — bu ham yaxshi tush.
GO’NG TUSHDA
O’zi noxush bo’lishiga qaramay, yaxshi alomat. Go’ng juda yaxshi foydadan dalolat beradi. Uni tushingizda qanchalik ko’p ko’rsangiz — shunchalik ko’p foydaga ega bo’lasiz.
Agar o’zingiz go’ngga tushib ketsangiz, pulda cho’milasiz. Faqat boylikni to’g’ri ishlata biling. DALA TUSHDA
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:
Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi
Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari
Ayol xionat qilishiga sabab nimada