Chorak asr… chiroyli sherlar

Chorak asr… chiroyli sherlar

Yashadim… nimani koʼrdim…
Topinganim,
Yupanchim,
… ne boʼldi yana…
Erta eshik kokib ostonam uzra Jilmayib turibdi Buyuklik…
Nigohlarda namoyon
Kechaning aksi…

Bugun…
Yuragimdan topdi boshpana
Faqat sengagina atalgan sogʼinch…
Ha! Ha! Men seni sogʼindim, Mastona!Mastona,
Boʼylaringga boʼlay girgitton,
Senginaga jonim sadqa, sargardon.
Qadrin bilmaganim, Beqadr — Qadrdonim,
Sensiz bu yurak — yurak emas, Balki siyoxdon…
Sensiz hayotimdan topilmas mazmun,
Topilgani faqat oh ila nola…
Oʼzing aytar eding, —
«Onaning qadrini bilarmi,
Beli ogʼrib tugʼmagan bola!».
Bunday gumrohlikning jazosi Takdirning hukmiga havola…
Takdirning toʼqmogʼi boshga tegdi-yu,
Qalbni zaxdladi, Usha buyuklik —
Bu yuklik
Qoʼynida — pinjida turib Sogʼindim… sogʼindim yana Oʼsha sen bilan
*Oʼtkan kunlarni Mastona, mastona, mastona…
Qani endi bir zumginaga Bolalikka qaytolsam edi… Jajjigina boʼyingdan quchib Sogʼinganim aytolsam edi… Poyingga bosh koʼyib, Sajdalar qilib, Hidlaringga toʼyib Jon bersam edi…
Аrmonsiz oʼlardim…
Mastona, mastona, mastona…

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика