- ChАYON burji (24 oktyabr — 22 noyabr) erkaklar va ayollar xarakterlari mosligi
- UMUMIY TАЪRIF
- Chayon — Qoʼy burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Buzok burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Egizaklar burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Qisqichbaqa burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Аrslon burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Parizod burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Tarozi burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Chayon burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Oʼqotar burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Togʼ echkisi burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Qovgʼa burjlari orasidagi mosligi
- Chayon — Baliq burjlari orasidagi mosligi
ChАYON burji (24 oktyabr — 22 noyabr) erkaklar va ayollar xarakterlari mosligi
Mos jufti: Qisqichbaqa. Baliq. Tarozi, Parizod.
Toʼgʼri kelmaydigan jufti: Krvgʼa, Аrslon.
Yeqtiradigan rangi: Sariq. toʼq qizil. moviy.
YoʼLDOShI: Pluton.
Omadli kunlari: seshanba.
Omadsiz kunlari: dushanba, juma.
Yoqtiradigan guli: chinnigul. chamangul (xrizantema).
Omadli raqamlari: 4. 5, 8. 9. 10. 11. 21, 100. 666.
UMUMIY TАЪRIF
Chayon burjida tugʼilganlar juda toʼgʼrisoʼz boʼlishadi. Yolgʼonga, adolatisizlikka toqat qila olishmaydi. Ular sadoqatli doʼst, shu bilan birga oʼta xavfli dushmandirlar. Chayon burjida tugʼilgan erkak hissiyotga boy. ammo hayotda ogʼir-bosiq, sovuqqon boʼlishga intiladi. Oʼz maqsadlari yoʼlida har qanday imkoniyatdan foydalana biladi. Mabodo uning koʼngilsizliklariga siz sababchi boʼlib krlsangiz, osonlikcha qutulib keta olmaysiz. Chunki, chayon burjida tugʼilgan erkak kechirishni bilmaydi.
Chayon burji vakilining salomatligi oʼzining qoʼlida deyish mumkin. U juda kamdan-kam xrllarda kasal boʼla- di. Basharti kasallikka chalinsa, uzoq vaqt ogʼir ahvolda krlib ketadi. Yaʼni, tuzadib ketishi qiyin kechadi.
Chayon burjida tugʼilganlarning odatda burni, tomogʼi. yuragi. beli va oyoqlari koʼproq ogʼriydi.
Chayon burji vakili ustidan Mars sayyorasining ikki belgisi — erotizm va agriessivlik hukmronlik kiladi. U tabiatan qaysar va shu bilan birga jangovar insondir. Chayon burjila tugʼilganlar xuddi qoʼy burji vakil- lari singari juda xavfli kimsalar xisoblanadi.
Extiros bobida unga teng keladigani boʼlmaydi va bu uning organizmida bir umr saqlanib krladi. Аgar kimdir unga qarshi boʼlib qolsa, doimo oʼch olish niyatida yashaydi.
Chayon burjida tugʼilgan ayol ajoyib oshpazdir. Jismoniy jixatdan baquvvat va ishchanligi bu ayollarning asosiy sifati desak mubolagʼa boʼlmaydi.
Chayon burjida tugʼilganlar orasida jarrohlar. dengizchilar. kimyogarlar. mexanik ustalar koʼp uchraydi.
Аgar uning ovozi yaxshi boʼlsa, yukrri darajadagi qoʼshiqchi ham boʼlishi ehtimoldan xoli emas.
Chayon burji vakili muhabbatga oʼta moyil. U goʼyoki shu tuygʼu uchungina yaralgan. U sevgi bobida yutqazishlarga yoʼl qoʼya olmaydi. Chunki, oʼz qadr-qimmatini yaxshi biladi.
Chayon burjida tugʼilgan erkak oʼz tuygʼularini oʼzgalar qarshisida oshkor etishni yoqtirmaydi. Аksincha, bunday xrlatlarda oʼzini qoʼpol va shafqatsiz tutadi. Sevgani bilan yolgʼiz qolganda esa bor hissiyotini toʼkib soladi. Аmmo uning rashkchiligini ham unutmaslik lozim.
Chayon burjida tugʼilgan ayol esa ehtirosga boy, lekin juftining rashk qilaverishini istamaydi. Oʼzi boʼlsa, boʼlar-boʼlmasga rashk qilib. katta janjallarga sabab boʼlishi haqida oʼylab koʼrmaydi.
Chayon — Qoʼy burjlari orasidagi mosligi
Chayon va qoʼy burji vakillarining oʼzaro yaqin munosabatlari ikkovlarining ham har taraflama oʼzgarishlariga olib keladi. Ular hayotda oʼrtamiyonalikni xush koʼrishmaydi.
Faqat ulardan kimdir juftiga yon berishi lozim. Bu vazifani, albatta qoʼy burji vakili oʼz zimmasiga oladi. U munosabatlar buzilmasligi uchun har qanday mushkulotga tayyor turadi. Bunday nikoh jamiyatda koʼplab uchraydi va aksar hollarda ikki burj vakilining koʼnikoʼshnilariga kutilmagan koʼngilsizliklar hadya etadi.
Negaki. ehtirosga toʼlib-toshgan chayon hamda koʼy burji vakili tez-tez rashk tufayli idish-tovoklarni sindirib. bakir-chakir, koyishlar. haqoratlar yogʼdirish bilan oʼzgalarning tinchini buzadi. Ular bir-birlarini tushuna olmay halak boʼlishadi.
Qoʼy burji vakili juftining kalbiga kancha chukur kirib borishga intilmasin, hadeganda bu niyatiga chayon burji vakilining kaysarligi. feʼl-atvoridagi sirlilik tufayli yeta olmaydi. Toʼgri. ular bir-birlarini tushunib yetsalar, Xudo berdi deyavering.
Ikki burj vakili hech kachon bir-biridan ajralmaydi. Ularni hatto eng xavfli dushman ham ayira olmaydi. Аsosan. nikoh koʼy burji vakili erkak, chayon burji vakili ayol boʼlgan xrlatlarda mustahkam kechadi. Bunday juftlik nafakat oila. balki kichik bir ahil mehnat jamoasini ham eslatmay krlmaydi. Chunki, ikkovlari roʼzgʼor ikir-chikirlarini baravar. yelkama-elka hal etishga kirishib ketishadi.
Ishda nikohdagiga nisbatan koʼprok muvaffakiyatlarga erishishlari mumkin. Ular aklli va erkinlikni kadrlaydigan insonlardir. Birgalikda yeng shimarib. harakatga tushishsa, har kanday yumushni aʼlo darajada amalga oshirishga krdirlar.
Chayon — Buzok burjlari orasidagi mosligi
Bu ittifoq ishkiy munosabatlar uchun juda koʼl keladi. Lekin bu muhabbat tufayli nikohning bir umr saqlanib qolishiga kafolat yoʼq.
Chayon hech bir ishni qattiq rejim ostida bajarishga oʼrganmagan. U hamisha oʼz xayollari bilan band. Shuning uchun tez-tez oʼz vazifasini. oiladagi majburiyatlarini unutib koʼyadi. Buzoq esa aksincha uning xatolarini tuzatishga. juftini toʼgʼri yoʼlga boshlashga urinadi. Bilmaydiki, hali chayon burji vakilini hech kim rejimga sola olmagan.
Qarabsizki, tergashlar joniga tekkan chayon burji vakili azbaroyi jahl otiga minadi xiyonat koʼchasiga kirib, shu yoʼl bilan juftidan kasos olishga tusha- di. Buzok burji vakili esa xiyonatni kechira bilmaydi. Bir kun kelib hammasidan xabar topadi-yu. chayon burji vakilini haydab soladi.
Ishda buzok burji vakillari chayon burji ostida tavallud topganlar bilan tez til topishib keta olishadi. Rahbarlik buzok burji vakili zimmasida boʼlgani maʼkul. Chunki chayon burjida tugʼilganlar aksar xrlat- larda berilgan topshirikni bajarish bilan kifoyalanishga odatlanishgan. Ular xodimlar bilan ishlash borasida yetarli tajribaga ega emaslar.
Tijorat bobidagi hamkorlik ikkovlariga ham istalgan natijalarni bermaydi.
Chayon — Egizaklar burjlari orasidagi mosligi
Ittifok ehtirosli lahzalar bilan bir katorda kaygʼularni ham takdim etadi. Egizaklar burji vakili chayon burjida tugʼilgan inson bilan hayotini bogʼlashga bogʼlaydi-yu. ammo doimo erkinlikni sogʼinib yashaydi. Chayon burji vakili ham oʼrtadagi munosabatlarning asliy emasligidan hayratga tushadi. Oʼzidan kamchilik kidirib koʼradi, odatlarini, feʼlini oʼzgartirishga urinadi. Baʼzida yon berish hakida ham oʼylab koʼradi.
Bu ikki burjda tugʼilganlarning koʼpchiligi fakat oila uchun jon tortishpi xohlashadi. Egizaklar burjini kuchliroq sevishga, uning istaklarini hurmatlashga intilishadi. Bu yoʼlda kerak boʼlsa ayyorona usullardan ham foydalanishadi.
Аfsuski, egizakdarni aldab boʼlmaydi. Аyyorona ishlardan xabar topib janjal koʼtarishi, juf-tidan sovishi hech gap emas.
Bu juftlikda rashk. janjal. arazlashishlar odatiy xrldir. Chayon burji vakili egizaklar bilan yaqin munosabatga kirishar ekan. faqat tavakkalchilikka suyanadi.
Аna shu ishigina kelgusida oʼrtadagi nikohni saqlanib qolishiga Ishda yaxshisi egizaklar burji vakili rahbarlikni oʼz qoʼliga olgani maʼqul. Chunki bu burj ostila tugilganlar har qanday maqsad yulida qurqmasdan kurasha olishadi.
Faqat egizaklar burji vakili bir narsani unutmasligi lozim. Chayon burjida tugʼilgan xodimlar har doim ham krra, ogir ishlarni amalga oshirishni xoxlayvermaydi. Qolaversa. uning erkinligini taʼminlab berish kerak. Shunda chayon burji vakili zarur deb topilsa, togʼni tolqon qilishga qodir buladi.
Chayon — Qisqichbaqa burjlari orasidagi mosligi
Bu ikki burj vakillari bir-birlarini yaxshi his eta olishadi. Oralaridagi hissiyotgan boy munosabatlar muvaffaqiyatli kechadi.
Qisqichbaqa burji vakili oʼziga oʼga ishongan shaxs va roʼzgʼor, ishqiy munosabatlar borasida yetarli tajribaga ega. Oiladagi har bir yumushni, muammoni oʼz vaqtida. kryillatib hal eta oladi.
Chayon esa oʼzining boʼlar-boʼlmas rashki, injiqliklari bilan oʼrtadagi iliq munosabatlarni sovutishga urinadi. Biroq qisqichbaqa burji vakili unga baayni bola kabi munosabatda boʼlgani bois bu muammolarga ham oʼz vaqtida barham beriladi.
Koʼribsizki, chayon burji vakili vaqt oʼtgani sayin oʼz juftining aqlli. ogʼir-bosiqligini koʼrib, unga nisbatan hurmat-eʼtibori oshadi. Аgar ikkovlaridan kimdir juftiga barcha masalalarda yon bersa, nikoh uzoq yillar mustahkam saqlanib krlgan boʼlardi.
Hissiyotga boy chayon burji vakili oʼta aqlli va topqir qisqichbaqa burji vakili qarmogʼiga tez ilinadi. Yoʼq, qisqichbaqa burjida tugʼilganlar chayon burji vakilining kamchiliklarini koʼrib jahl otiga minmaydi. Аksincha. qarmoqqa ilintirgandan soʼng uni qaytadan tarbiyalash.
butkul oʼzgartirish tadorigini koʼra boshla-shadi. Faqat bu yerda bir muammo mavjud. Ikkovlari ham bir-birlarining shaxsiyatiga tegadigan ishlar qilmasliklari. ortiqcha gaplardan yiroq boʼlishlari talab
etiladi. Buni albatga qisqichbaqa burjida tugʼilganlar yaxshi tushunishadi. Chayon burji vakili boʼlmish juftiga ham yoʼl-yoʼriqlar berishsa. foydadan xoli boʼlmasdi.
Qisqichbaqa burji vakili — erkak qachonki jufti hissiyotini toʼgʼri baxrlasa, oʼz vaqtida eʼtibor bilan yashay bilsa, oʼzini dunyoda eng baxtli inson deya hisoblaydi va chayon burji vakili — ayolga mehr koʼrsatib charchamaydi.
Qisqichbaqa burji vakili ayol boʼlsa, u chayon burjida tavallud topgan juftining qalbiga ikki yoʼl orqali kirib borishi lozim. Yaʼni, oilaviy hayotda u chayon burji vakili uchun ham ona, ham suyukli ayol rolini oʼynashi zarur.
Tijorat masalasida. afsuski. ikkovlari ham yetarli tajribaga ega emaslar. Basharti krbiliyatli sheriklar topa bilishsa, koʼzlangan muvaffaqiyatlarga erishishlari ehtimoldan xoli emas.
Chayon — Аrslon burjlari orasidagi mosligi
Chayon burji vakili har qanday yomon sharoitda ham yashab, ishlab keta olali. Аrslon ham leyarli shunday. Undagi baland gʼurur, qaysidir masala ustida uzoq muddat bosh krtirib oʼtirmaslik odati chayon burji vakilini hayratga tushiradi.
Umuman, bu burj vakillari butun bir oila boʼlib yashamaganliklari durust. Negaki, chayon burji vakili ham, arslon ham ehtirosga boy. Bunday ehtiros ortida kuchli rashk yashirin.
Demak, rashk tufayli katta janjallar toʼxtamaydi. Krlaversa, arslon burji vakili chayon burji vakilining oilaboshi boʼlib krlishiga toqat qila olmaydi. Bu jihatdan oʼzini xoʼjayin deya hisoblaydi.
Baʼzi xrllarda arslon burji vakili yon berishga urinib koʼradi. Chayon burji vakilini tushunishga, taq- dirga tan berishga harakat qiladi. Аfsuski. bu ham ish bermaydi. Roʼzgʼorning mayda-chuyda muammolari oldida ikkala burj vakili ham ojiz ekanliklari koʼrinib krladi.
Chayon burji vakili ayol boʼlsa. yo tez-tez janjallar oʼylab topib, arslon burji vakili — erkakningtoqatini toq qiladi, yoki indamasdan koʼz yosh qilgancha krlaveradi.
Xudo kursatmasin, ikkalalari xam aql. farosat, madaniyat bobida ancha orqada krlgan boʼlsalar. bunday janjallarning keti koʼrinmay krlishi xech gap emas. Аksincha boʼlsa. shu jumladan bir-birlarini yurakdan seva olishsa. xatolarni kechirishga odatlanishsa, ulardan baxtli oila boʼlmaydi.
Ishda ham muammolar yoʼq emas. Аvvaliga bir-birla- ridan koʼngidlari toʼqdek faoliyat yuritishadi. Boshliq hisoblanmish chayon burji vakiliga arslon burji vaki- lining barcha ishlari yoqib tushadi.
Hatto uni tez orada mukofotlash haqida ham oʼylab koʼradi. Lekin oradan maʼlum muddat oʼtib oʼrtada kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Barchadan faqat faollik talab etuvchi chayon burji vakili boshliqqa arslon — xodim ishonmay qoʼyadi. Uni aldoqchilikda ayblay boshlaydi.
Topshirilgan yumushlarni oʼz vaqtida ado etishni xohlamaydi. Koʼribsizki. hech qancha vaqt oʼtmay ishdan ketishga majbur boʼladi.
Chayon — Parizod burjlari orasidagi mosligi
Bu ittifoq qarama-qarshilikka boy xrdisalardan iborat. Vaziyatni nazorat qilish ishtiyoqida yongan parizod chayon burji vakili keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan janjallarning oldini olish uchun doimo hushyor turishi lozim. Аna shunda ularning bir-birlariga boʼlgan mehri. muhabbati yanada alangalanishi mumkin.
Parizod — ayol barcha havas qilsa arziydigan uy bekasidir. U oilasi uchun har qanday dushmanga sira tap tortmasdan hamla qiladi va oʼzini qurbon qilishga tay-yor turadi.
Chayon burji vakili esa bundan unumli foydalanishga harakat qiladi. Sadoqatidan soʼz ochib qasamlar ichadi. kerak boʼlsa parizod qoshida tiz choʼkadi. Аmmo tashqarida xiyonatlar seriyasini davom ettiraveradi. Xiyonatni shu qadar ustalik bilan amalga oshiradiki. shoʼrlik parizod umuman undan gumonsiramaydi. Qalbida shunday tuygu paydo boʼldi deguncha oʼzini koyiydi va shunday jufti borligidan Yaratgaiga shukronalar aytadi.
Lekin Chayon burji vakili ham inson. U parizodning tafakku- rini, farosatliligini, mehribon va sadokatliligini yetarlicha baholaydi. U jufti uchun hali keragicha xizmat qila olmaganini, uning uchun ehtiros birinchi dara- jali emasligini aytib charchamaydi.
Аslida chayon burji ostida tugʼilgan erkakni qoʼpol muomalali. erkaklar kabi dangal ayollar koʼproq qiziqtiradi va oiladan tashqarida xuddi shu taxlit jazman qidirish bilan band boʼladi.
Ishda ham parizod doimo hushyor va topqir, sabrtoqatli. U chayon burji vakili tomonidan vujudga kelishi mumkin boʼlgan xavfni tez ilgʼab, oʼz vaqtida tadbirini koʼrib qoʼyadi.
Аgar parizod rahbar lavozimida boʼlsa. shuni unutmasligi kerakki, chayon burjida tugʼilgan xodim faqat oʼziga yoqqan yumushlarnigina bajarishga odatlangan. U koʼrsatma va bosim ostida umuman ishlay olmaydi. Chayon burji vakili bilan janjallashishdan naf yoʼq. Shunday ekan, uni erkin tashlab qoʼyish kifoya. Аna shunda koʼzlangan maqsadlarga erishish mumkin.
Chayon burji vakili rahbarlik kursisida boʼlganda butkul boshqacha manzarani koʼrasiz. U tirnoq orasidan kir qidirmaydi, boʼlar-boʼlmasga janjal koʼtarmaydi. xodimlarni arzimagan xatosi tufayli tanqid ostiga olmaydi.
Chayon — Tarozi burjlari orasidagi mosligi
Bu itgifoq ikki burj vakiliga ham behisob huzur va xotirjamlik baxsh etadi. Tarozi burjining tasavvurida chayon burji vakili goʼzallik va aql bobida tengsiz hisoblansa, chayon burji vakili tarozi burjida tugʼilgan juftining mehribonligi, eʼtiboridan hayratga tushadi. Аyniqsa, uning oʼz jufti uchun har qanday qiyin-chilikka tayyor turishi chayon burji vakilini qattiq hayajonga solmasdan qolmaydi.
Maʼlumki, chayon burji vakili koʼp xrllarda yodgʼiz qolishni, shu ahvolda kelgusi rejalar haqida oʼylab olishni xush koʼradi. Bunday vaziyatda kimdir unga xalal berishini istamaydi. Garchi shu narsani tarozi burji vakili yaxshi bilsa-da. baribir qoʼrquvga tushadi. Uni juftining oʼzidan uzoqlashib ketishi mumkinligi tashvishga soladi.
Ikkovlarining ham maqsadlari bir. Faqat abadiy muxabbat. Ular ideal va mangu muxabbatga yetish amrimahol ekanini yaxshi bilishadi. Аmmo intilishdan toʼxtashmaydi.
Tarozi barcha muammolarni tinch yoʼl bilan yechish tarafdori. Chayon burji vakiliga esa bu odat sira yoqmaydi. U muammolarni kattiqqoʼllik. shafqatsizlik bilan hal etishga oʼrgangai.
Ikkala burj vakili ham oʼta xayolparast. Dunyoni oʼzlaricha tasavvur etishadi. Hayotni xayolotlarlan iborat deb oʼylashadi. Shunga qaramay. baribir oilaviy yumushlarni baravar ado etishadi.
Ikkala burji vakili ham shinavanda, roʼzgʼor ikirchikirlaridan choʼchimaydi. Boʼlar-boʼlmasga yuzaga keladigan janjallarga toqat qila olishmaydi.
Kelishmovchilik faqat ehtiroslar bobida paydo boʼlishi mumkin. Chunki chayon burji vakili oʼta ehtirosli. tarozi burji vakidi esa aksincha. bu masalaga sovuqqonlik bilan yondashadi. Аyniqsa, erkak chayon burjida tugʼilgan boʼlsa. bunday kelishmovchiliklar xiyonat bilan tugashi hech gap emas.
Аgar chayon burjida tugʼilgaplar tarozi burji vakili bilan bir umr yashab qolishni xohlashsa, aslo unga hayotni, qanlay yashashni oʼrgatmaganlari maʼqul. Shunda bu nikoh abadiy saqlanib krladi.
Ishda esa tarozi burji vakili chayon burjida tugʼilgan hamkorining kayfiyati bilan hisoblashishga maj- bur. Negaki, chayon burji vakillari ishni tongda qay yonboshi bilan turganiga qarab rejalashtirishadi.
Chayon — Chayon burjlari orasidagi mosligi
Bu munosabatlarni tashqaridan kuzatgan odam hayron boʼladi. Bir xil burj vakilining asabiyligi. birbiriga nisbatan qoʼpol muomalada boʼlishi hech kimning eʼtiboridan chetda krlmaydi.
Biroq ular uchun aynan shunday munosabat juda foydalidir. Ularga faqat olgʼa bosishga bir-birlarini tan olmaslik. oilada faqat uzini xoʼjayin deb bilishlik undab turadi.
Ular bir-birlaridan zoʼrroq, kuchliroq boʼlishga urinisharkan, bundan oʼzlari xam roxatlanishadi. Аfsuski. aksar xrllarda bu musobaqalar ayriliqqa olib keladi.
Bu ittifoq ham qiziq, ham xavflidir. Chayon burji vakillari juda qaysar, rashkchi. uncha-munchani nazarpisand qilmaydigan darajada magʼrur. Аgar oilada oʼz maqsadiga erisha olmasa, hech narsadan qaytmaydi. Oʼz juftini xavfli dushmani sifatida koʼra boshlaydi.
U koʼp xrlatlarda yolgʼiz krlishni xohlaydi. Аna shunday vaziyatlarda juftlik maʼlum maʼnoda bir-biriga yon berishi lozim. Balki shunda oʼrtadagi munosabatlarga aytarli putur yetmas. nikoh uzoq muddatga saqlanib krlar. Аgar ular bir-birlariga endigina koʼngil qoʼygan boʼlishsa, shubhasiz, oʼz vaqtlarini oʼta mazmunli oʼtkazishlari tayin.
Faqat nikohdan oʼtishga shoshilmaganliklari maʼqul. Toki ular oilada aslida kim xoʼjayin boʼlishi. kim itoatkor, umuman, oilada kim qanday rolni ijro etishi xususida bir qarorga kelib olishsin. Shunda birgalikdagi hayot shirin kechishi tabiiy.
Ish masalasida chayon burji vakillari topqir. ijodkor va roʼzgʼor uchun jonni fido qiluvchi shaxslar hisoblangani sababli muammolar yuzaga kelmaydi. Toʼgʼri, bir xil burj vakilining bir-biriga moslashishi, oʼrganishi. koʼnikishi oson kechmaydi.
Tijoratda chayon burji vakillari tavakkalchilikni. firib yordamida ish koʼrishni maʼqul topganlari sabab muvaffaqiyatlarga erishishlari amri maxrl.
Chayon — Oʼqotar burjlari orasidagi mosligi
Chayon burji vakili bir narsani yodida saqlashi lozim. Oʼqotar burjida tugʼilganlar erkinlikni, dunyoning turli burchaklariga sayohatlar uyushtirishni xush koʼrishadi. Аgar nikoh omadli kechishini xohlasa. chayon burji vakili shularga toqat qilgan xrlla, oʼzining injiqlik- larini, rashkchiligini tashlagani maʼqul.
Oʼqotar burji vakili ham bir narsani unutmasin. Chayon oʼzgalarning yuziga qarab nima ishlar qilib yurgani. nima demoqchiligini anglab olishga ustasi farang. Oʼqotar burji tavallul topgan erkaklar oʼta magrur boʼlishadi. Vaholanki, bu xislat chayon burji vakillariga ham begona emas.
Shunday ekan, chayon burji vakili boʼdmish ayol oʼz vazifasini. majburiyatlarini toʼgʼri anglagan xrlda shu magʼrurlikdan voz kechishi va haqiqiy ayol boʼlib qolishi kerak.
Ikkala burj vakili ham ehtiros bobida tengsizdir. Аna shu ehtiroslar ularni hayotla koʼplab ahmokrna ishlarni qilishga majbur etadi. Oʼqotar burji vakilining oʼzini koʼproq sevishi, roʼzgʼordagi ikir-chikirlar tufayli kelib chiqadigan mayla-chuyda janjallar ikki burj vakili orasidagi muhabbat oloviga asta-sekinlik bilan suv sepib, oxir-oqibatda oʼchiradi. Koʼribsizki, ayriliqdan boshqa yoʼl qolmaydi.
Basharti chayon burji vakili erkak boʼlsa, oʼzining sababsiz rashki bilan oʼqotar burjida tugʼilgan ayolning sabr kosasini toʼldirishi mumkin. Xudo koʼrsatmasin, uni oʼziga boʼysundirishga urinsa bormi, juftidan osongina ayriladi-qoladi. Negaki. bu ayol oʼzini dunyodagi barcha insonlardan yukrri hisoblaydi.
Hayotda nimalar boʼlmaydi deysiz. Chayon burji vakili ham farishta emas. Kunlarning birida hayotla ogʼir mashaqqatlarga duch keldi. oʼzini anglashga ham kuch topa olmay arosatda krlli deylik.
Аna shunda oʼqotar burji vakili uning joniga oro kiradi. Uni ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlab hayotga qaytaradi. Buning uchun chayon burji vakili oʼkrtar burji vakilining imkoniyatlariga. qobiliyatiga tan berishi lozim. Hurmatlashga, qadrlashga oʼrganishi zarur.
Ishda oʼkrtar burji vakili rahbar lavozimida boʼlarkan, u chayon burji vakiliga oʼzi sevgan mashgʼulotlarni topib bera oladi va ishga sovuqqonlik bilan munosa- batda boʼlishiga eʼtibor bermaydi.
Chayon burjida tugʼilgan rahbar esa unutmasligi lozimki, oʼqotar burji vakiliga bosimlar utkazishdan umuman naf yoʼq. Uni boʼysundirish qiyin. Magʼrurdik yoʼd bermaydi. Lekin rahbar unga kichikrok boʼdsa-da. davozim taqdir etib, ixtiyoriga bir necha xodimdarni topshirib koʼysa, har kanday muammoga yechim topadi. Rahbarga nisbatan yuksak hurmat koʼrsatadi.
Chayon — Togʼ echkisi burjlari orasidagi mosligi
Bu ittifoq ikki burj vakilining shaxsiy manfaatdariga asosdanadi. Chayon togʼ echkisiga hissiyot. ehtiros tufaydi tadpinsa, togʼ echkisi juftidan moddiy manfaat qidiradi. Chayon burji vakidi shu narsani yodidan chiqarmasdigi kerakki. togʼ echkisi burji vakidi oʼz hisdarini oshkor etmaydi. Oʼzini jufti qarshisida ojiz koʼrsatib qoʼyishdan qoʼrqadi.
Umuman, bu nikoh juda mustahkam va uzoq vaqt davom etadi. Faqat juftdik ruhiy, maʼnaviy jihatdan mukammaddikka erishishlari tadab etidadi. Udar qancha oʼzdari- ni sevishga mukkalaridan ketmasalar, nikoh shuncha mustahkamlanaveradi. Birgalashib eng ogʼir muammolarni had etishsa. roʼzgʼor ikir-chikirlariga teng munosabatda boʼlishsa, juftlik dunyodagi eng baxtli insonlarga ayla-nishgan boʼlardi.
Togʼ echkisi tabiatan juda ogʼir, bosiq. Аna shu jihati salga xrvliqib ketaveradigan chayon burji vakilini bir meʼyorda ushlab turadi. Chayon burji vakili qancha jahl otiga minib, dunyoga jar solmasin. togʼ echkisi burji vakili uni juda silliqlik bilan hovuridan tushiradi.
Аgar chayon burji vakili erkak boʼlsa. juda maʼqul edi. Аmmo chayon burjida tugʼilgan erkaklarni uydantirish qiyindan qiyin. Xudo koʼrsatmasin. togʼ echkisi va chayon burji vakidlari oila qurgach. xoʼjayinlikka bara- variga daʼvogar boʼlishsa. bu katta janjallarga olib kelishi muqarrar.
Bu nikohdan goʼzal va aql-farosatli farzandlar dunyoga kelishini yulduzlar alohida bashorat qilishgan.
Ishda ikki burj vakili hamisha bir-birlarini yaxshi tushungan holla bemalol sherikchilik kilishali va har qanday mushkul vazifalarni aʼlo darajala udlalay olishadi.
Chayon — Qovgʼa burjlari orasidagi mosligi
Bu nikohda chayon burji vakili oʼzining injiqligi, besabab rashki bilan kovgʼa burjida tugʼilgan juftining sabr kosasini toʼldirishi mumkin. Аmmo baribir bu juftlikla chayon burjida tugʼilganning aytgani boʼladi. Bunga erishish uchun u har kanday ayyorlik usullaridan erinmasdan. tap tortmaslan foydalanadi. Basharti, juftlik oʼz pozipiyasini oʼzgartirish harakatiga tushmasak, oiladagi vaziyat butkul chalkashib ketishi mukarrar.
Bu ittifoq kaysarlik va shu bilan bir qatorda oliyjanoblik evaziga yuzaga keladi. Kimning olijanobligi haqida yuqorida ham aytib oʼtdik. Krvgʼa burji vakili garchi juftining baʼzi kiliklari, tutayotgan ishlari yoqmasa-da. bunga koʼl siltayli va oʼz xayollari, maksaldari bilan birga jim yashashga karor kiladi.
Bu oilada kovgʼa burji vakili oilaboshi hisoblansada, bu tashkarilan karaganda shunday tuyulali. Oʼta ayyor hisoblangan chayon burji vakili juftiga sira sezdirmagan xrlda bu “lavozim»ni oʼz zimmasiga ogʼdira borali. Koʼribsizki. oradan maʼlum mudlat oʼtib krvgʼa burji vakili qanday itoatkorga aylanib kolganini oʼzi sezmay krladi. Chayon uni juda ustadik bilan roʼzgʼorlagi muammolarni hal etuvchi shaxsga aylantirib koʼyadi.
Аvvalida kuchli ehtiroslar, suyib-erkalashlar ikkala burj vakilini ham toʼlik qoniqtirardi. Bora-bora ular bir-birlaridan uzoqroq boʼlishga intila boshlashadi.
Аgar krvga burji vakili ayol boʼlsa. chayonning barcha ayyorliklari-yu. injiqliklari. rashkiga koʼz yumadi. Negaki, u chayon burji vakili timsolida arslonkelbat bir shaxsni. suyukli oilasining muiosib xoʼjayinini koʼradi. Bu chayon burjida tugilgan erkakka shu qadar yoqib tushaliki, uzoq vaqt goʼyo yettinchi osmonda parvoz qiladi.
Аmmo kunlarning birida qarasa. qovgʼa burjida tugʼilgan ayoli oʼzidan-da koʼproq imkoniyat. krbiliyat, yaxshi fazilatlarga egalik qilarkan.
Аslida bu juftlikda qovgʼa burji vakili erkak va chayon burji vakili ayol boʼlgani maʼqul. Shunda nikoh mustahkam boʼladi va bir umr saqlanib krladi. Bu juftlikda oilaga nisbatan majburiyat hissi. bolalarga eʼtibor juda rivojlangan.
Ishla ularning tajribali, tadbirkor boʼlishlari talab etiladi. Chayon burji vakili xodim sifatida tez-tez ishdan noroziliklarini namoyon etishi mumkin. Bu esa krvgʼa burjida tugʼilgan rahbarga yoqmaydi. Yoʼq, bunaqasi ketmaydi. Rahbarmisiz. chayon burji vakiliga oʼziga yoqib tushadigan vazifalarni yuklang.
Mabodo rahbarlik chayon burji vakili zimmasida boʼlsa. krvgʼa burjida tugʼilgan xodim bilan faqat doʼstona munosabatlar yuritishi lozim.
Chayon — Baliq burjlari orasidagi mosligi
Bu juftlikning odamlari. qiziqishlari, doʼstlari. dunyoqarashi va hayotga munosabatlari bir xildir. Baliq burji vakili chayon burji vakili uchun xuddi boladay gap. Chayon burjida tugʼilganlar esa baliq burji vakili uchun maʼnaviy rahbar. Unga qarab chayon burji vakili hayotga munosabatlarini oʼzgartirib boradi, sevishni oʼrganadi.
Lekin bu juftlikda yana chayon burji vakili vaqt oʼtishi bilan xoʼjayinlikni daʼvo qilishga oʼtadi. Uning oʼzini oʼzi sevishi-yu. baʼzi yoqimsiz xatti-harakatlaridan baliq burji vakili azoblanadi. Shunday lahzalar boʼladiki, u chayon burjida tugʼilgan juftini tashlab uzoq-uzoqlarga bosh olib ketishni ixtiyor etadi.
Ikki burj vakilini tashqarida emas, oʼz oilasida jiddiy muammolar kutadi. Qizigʼi. birgalikdagi hayot qancha rang-barang va notinch boʼlsa. ular bir-birlarini shuncha koʼproq seva boshlashadi. Ikkovlari ham roʼzgʼor yumushlariga shoʼngʼib ketishni xohlashmaydi.
Ikkovlari ham oʼtmish xayoli bilan yashash tarafdori va bir-birdariga jismoniy imkoniyatga karab muomala kilishadi. Аlbatta. ularning havas kilsa arzigulik jihatlari ham yoʼk emas. Masalan. bir-birini tushunish, hayotning mushkul vaziyatlaridan chikib keta olish fakat ularga xos fazilatdir. Krlaversa, ular oʼta aklli va sabr-tokatlidirlar. Faqat yakin oʼtmishdagi arazlar bir chetga surib qoʼyilsa. ularning hayoti yanada shirin kechishi tayin.
Hissiy mukammallik ham balik va chayon burjini bir-biriga bogʼlab turadi. Garchi balik burji vakili chayonning soʼzlarini eshitmagan kabi jim oʼtirsa-da, baribir bir narsani unutmaslik lozim. U gapirayotgan odamning xayolidan nimalar kechayotganini ozmi-koʼpmi paykayapti va kerak boʼlganda oʼz soʼzini aytishi mumkin.
Ishda yaxshisi rahbarlik balik burji vakiliga topshirilgani maʼkul. U ishni ajoyib tarzda tashkil etib. xolimlar bilan ishlashni biladi. Fakat chayon burji vakiliga nisbatan qoʼpol munosabatda boʼlmagani yaxshi. Аks xrlda u koʼl siltagancha barcha ishni tashlab ketishi hech gap emas.
Chayon-rahbarga esa murakkab feʼl-atvor egasi boʼlmish baliq burji vakili bilan til topishish oson kechmaydi. Аgar shu maqsadga erisha olsa, omadi chopgani. Baliq burji vakili sabr-toqatli va ishni chala-yarim tashlab ketmaydi.