Аzaliy savol chiroyli sherlar
Nega yashayapsan…
Nega tugʼilding…
Va yana soʼngida nega haloksan…
Qani mazmuniyat…
Kasrda mantiq…
Tushuna olmaysan, qalaksan…
Yo Balogardon
Tugʼilish va oʼlim — nomaʼlum xilqat,
Nkki oralikda xayot sargardon,
Sargardon hayotda sarson xakikat,
Sen xaqni bildingmi, yo Balogardon.
Demishlar «Falokat oyoq ostida».
Yoʼq. u bir msning boshim ustida giryon,
E-voh, falak — falokatning ostida.
Sen xaqni topdingmi, yo Balogardon.
Falokat osmonda, halokat yerda,
Oʼrtada! i sirni bilmok dargumon.
Аgar bilsak yurmas edik gerdayib,
Sen xaqni bildingmi, yo Balogardon.
Balki jami inson osmonda hali,
Balkn boshim yerdan, oyogʼim osmon,
Charxi falak charxi singani mahal,
Bahovuddin deymu, yo Balogardon.
Tigʼ bilan tilsalar shifo topildi,
Til tildi dilni, bormikin darmon.
E-vox, qara, hakning yuzi yopildi,
Sen xaqni bildingmi, yo Balogardon.