QAYSI ILONLAR ZAHARLI? Odam hamma vaqt ilondan qo’rquv va ijirg’a tuyib kelgan. Ularning tashqi ko’rinishi, harakatlanish ueuli va ilonlar zahridan odamlar o’lgani haqidagi ma’lumotlar mana shu kurquv tug’ilishiga sabab bo’lgan omillardir. 2000 dan oshiq ilonlar turi mavjud. Ular erda, tuproq qatlamida, suvda va daraxtlarda yashaydi. Ularni qutb va ayrim orollardan tashqari er sharinyng hamma bo’lagida uchratish mumkin. Ilonlarning zaharli tishi o’zida nimani ifoda etadi? Ularning tepasi yoriqli, kavak. Ular jag’ining tepa qismida joylashgan bo’lib, boshining ichki qismidagi zaharli bezlar bilan bog’langan. Zaharli ilonning tishini olish bilan zaharsizlantirib bo’lmaydi, chunki bu tishlar yana o’sib chiqadi. Ilonlar o’z zahrini, ko’pincha, o’ljasini o’ldirish yoki uni eb bitirgunga qadar falaj qilib tashlash uchun unga sanchiydi. Ularning ogzida qoziqtishlari mavjud. Qoziqtishlar uzun va bir tomonida novchasi bo’lgan ikki yoki uch tishdan iborat. Qoziqtish ustidan ketgan yoriq zahar ajratib chiqaradigan bezga ulangan. Zaharli ilon chaqqanda zahar novga tushadi va undan qoziqtish botgan joyga o’tadi. Ko’zoynakli ilonlarning qoziqtishlari og’zining old tomonida bo’lib, har ikki tomonida joylashgan. Ko’zoynakli ilonlarning qoziqtish novlari yopiq, o’rama shaklda. Zaharli bezni mushaklari o’rab turadi. Ilon chaqqan payti mushaklar bezni siqadi. Bu zaharning novga, so’ng qozyqtish orqali qurbonga o’tishiga olib keladi. Ko’zoynakli ilon zahrini qoziqtishlari bilan shpritsdan otilayotgan suyuqlik misoli tizillatib otishi mumkin. Bu sochuvchi ko’zoynakli ilon. U o’ljasining naq ko’zini nishonga o l ad i. Uning tizillab oqishi 2,5 metrga etadi va ko’zni ko’r qilishi muqarrar. Zaharli ilonlarning zahar kelish sistemasi nihoyatda mukammaldir. Ularning qoziqtishlari juda uzun, ammo buklanuvchan, og’iz shunda bemalol yopiladi. Og’zi chaqish uchun ochilganda, jag’ini oldinga cho’zgancha qoziqtishlarini tomog’ining kerakli joyiga keltiradi.Qo’shma Shtatlarda yashaydigan ilonlarning 120 turi zaharsiz ilonlardir. Zaharlilaridan faqat to’rt turi mavjud. Ulardan biri ko’zoynaklilar oilasiga mansub marjoy ilondir. U fakat mamlakat janubida yashaydi.Qolgan uch turi olachipor gadyukalar oilasiga mansubdir: ular shaqildoq ilon, qalqonbosh va suv qalqonboshidir. Shaqildoq ilonlarning 10 xili bor. Ularning hammasini bir guruhga birlashtirish va ularni dumidagi gajagiga qarab oson tanish mumkin. Shimoliy-G’arbiy Osiyo gadyukalari shaqildoq ilonlar kabi yonboshdan hujum qiladi, chunki ular yonboshiga ham xuddi oldinga sudralayotgandek yaxshi harakat qiladi. Umuman, 600 turdagi ilonlar zaharlidir, ammo ularning to’rtdan bir qismi chaqqandagina odam uchun xavflidir. Evropadagi birdan bir zaharli ilon gadyukalardir. Buyuk Britaniya da faqat uch tur ilon yashaydi: silliq ilon, odatdagi ilon va gadyuka. Faqatgina gadyuka zaharlidir. Irlandiyada ilonlar yo’d, Angliya ilonlari esa dalalarda, cho’llarda, o’rmonlarda yashaydi.

ZAXARLI ILONLAR

ZAXARLI ILONLAR

ZAXARLI ILONLAR

QAYSI ILONLAR ZAHARLI?

Odam hamma vaqt ilondan qo’rquv va ijirg’a tuyib kelgan. Ularning tashqi ko’rinishi, harakatlanish ueuli va ilonlar zahridan odamlar o’lgani haqidagi ma’lumotlar mana shu kurquv tug’ilishiga sabab bo’lgan omillardir.

2000 dan oshiq ilonlar turi mavjud. Ular erda, tuproq qatlamida, suvda va daraxtlarda yashaydi. Ularni qutb va ayrim orollardan tashqari er sharinyng hamma bo’lagida uchratish mumkin.

Ilonlarning zaharli tishi o’zida nimani ifoda etadi? Ularning tepasi yoriqli, kavak. Ular jag’ining tepa qismida joylashgan bo’lib, boshining ichki qismidagi zaharli bezlar bilan bog’langan. Zaharli ilonning tishini olish bilan zaharsizlantirib bo’lmaydi, chunki bu tishlar yana o’sib chiqadi.

Ilonlar o’z zahrini, ko’pincha, o’ljasini o’ldirish yoki uni eb bitirgunga qadar falaj qilib tashlash uchun unga sanchiydi.

Ularning ogzida qoziqtishlari mavjud. Qoziqtishlar uzun va bir tomonida novchasi bo’lgan ikki yoki uch tishdan iborat. Qoziqtish ustidan ketgan yoriq zahar ajratib chiqaradigan bezga ulangan. Zaharli ilon chaqqanda zahar novga tushadi va undan qoziqtish botgan joyga o’tadi.

Ko’zoynakli ilonlarning qoziqtishlari og’zining old tomonida bo’lib, har ikki tomonida joylashgan. Ko’zoynakli ilonlarning qoziqtish novlari yopiq, o’rama shaklda. Zaharli bezni mushaklari o’rab turadi. Ilon chaqqan payti mushaklar bezni siqadi. Bu zaharning novga, so’ng qozyqtish orqali qurbonga o’tishiga olib keladi.

Ko’zoynakli ilon zahrini qoziqtishlari bilan shpritsdan otilayotgan suyuqlik misoli tizillatib otishi mumkin. Bu sochuvchi ko’zoynakli ilon. U o’ljasining naq ko’zini nishonga oladi. Uning tizillab oqishi 2,5 metrga etadi va ko’zni ko’r qilishi muqarrar.

Zaharli ilonlarning zahar kelish sistemasi nihoyatda mukammaldir. Ularning qoziqtishlari juda uzun, ammo buklanuvchan, og’iz shunda bemalol yopiladi. Og’zi chaqish uchun ochilganda, jag’ini oldinga cho’zgancha qoziqtishlarini tomog’ining kerakli joyiga keltiradi.

Qo’shma Shtatlarda yashaydigan ilonlarning 120 turi zaharsiz ilonlardir. Zaharlilaridan faqat to’rt turi mavjud. Ulardan biri ko’zoynaklilar oilasiga mansub marjoy ilondir.

 

Shimoliy-G’arbiy Osiyo gadyukalari shaqildoq ilonlar kabi yonboshdan hujum qiladi, chunki ular yonboshiga ham xuddi oldinga sudralayotgandek yaxshi harakat qiladi. Umuman, 600 turdagi ilonlar zaharlidir, ammo ularning to’rtdan bir qismi chaqqandagina odam uchun xavflidir.

Evropadagi birdan bir zaharli ilon gadyukalardir. Buyuk Britaniya da faqat uch tur ilon yashaydi: silliq ilon, odatdagi ilon va gadyuka. Faqatgina gadyuka zaharlidir. Irlandiyada ilonlar yo’d, Angliya ilonlari esa dalalarda, cho’llarda, o’rmonlarda yashaydi.

Добавить комментарий