YOMGIRLAR HAQIDA

YOMGIRLAR HAQIDA HAQIDA

YOMGIRLAR HAQIDA

YOMGIRLAR HAQIDA NEGA YOMG’IR AYRIM KUNLAR YOG’ADI, BOSHQA KUNLARI ESA YOG’MAYDI?

Osmonga boqqanimizda, ko’zimiz og’irkarvon bulutlarga tushishi bilanoq, yomg’ir yog’sa kerak, degan xayolga boramiz. Biz buni yomg’ir yog’ishi uchun zarur bo’lgan birdan-bir narsa, deb uylaymiz.

Ammo as li da yomg’ir uzots va murakkab jarayon natijasidir. Yomg’ir yog’ishi uchun Quyosh, Er va atmosfera bir-biriga o’zaro ta’sir etishi kerak.

Bu jarayon Quyosh Erni qizdirishidan boshlanadi. Qizish natijasida okean, dengiz, ko’l va daryolardagi suvlar bug’lana boshlaydi. Suv bug’i havo bilan aralashadi. Bu jarayon bug’ hosil bo’lishi deb ataladi.

Yuqoriga ko’tarilayottan issiq havo atmosferaga suv bug’ini olib keladi. Yutsoriga ko’tarilgan bug’ sovib, undan bulut hosil bo’ladi. Bu jarayon kondensatsiya deb ataladi.

Bulut ichidagi uvotstsina tomchilar kattalashib, tobora ko’proq namni yig’a boradi. Nihoyat, tomchilar kattalashib, havo otsimlari tutib qololmaydigan darajaga etadi va erga yomg’ir bo’lib yog’adi.

Endi nega yomg’irning hosil bo’lishi jarayoni fatsat ma’lum bir vatstda kechishini anitslaylik. Bu jarayonning birinchi bostsichi — bug’ hosil bo’lishi doimo kunduzi, Quyosh chiqib turgan payt ro’y beradi.

Ammo ko’rinmas bug’ har kuni ham o’ta mayda zarralardan tarkib topgan va ko’zga ko’rinadigan bulutlarga aylanavermaydi.

Buning sababi bug’ kondensatsiyalanishi uchun ma’lum bir yuza kerak bo’ladi. Agar havoda chang zarrachalari oz bo’lsa yoki, umuman, bo’lmasa, kondensatsiya yuz bermaydi. Tomchilar paydo bo’lishiga muz va qorning mayda kristallari ham yordam berishi mumkin.

Odatda, yomg’ir yog’ishi uchun issiq havo massasining sovuq havo massasi tomon yoki aksincha harakati talab etiladi. ISSEH havo massasi tarkibida bulut va namlik bor, ular sovuq havo massasi ta’sirida sovigach, suv tomchilari hosil bo’ladi va erga yomg’ir bo’lib yog’adi.

Bir yomg’ir tomchisi hosil bo’lishi uchun 100 000 000 donaga yaqin o’ta mayda tomchilar kerak bo’ladi. Bulut hosil bo’lishi uchun esa bunday tomchilardan million-millionlari talab etiladi. Bunday eni, bo’yi va baland ligi 1 km bo’lgan bulut tarkibida, taxminan, 790 tonna tomchi, taxminan, 7940 tonna bug’ holidagi suv bor.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика