Tushda V

Tushda TUSH TABIRI

Tushda V

Vaakum — chaqaloq, xursandchilik, shirinso’z, xastalik, g’am-tashvish, yolg’iz boshi bilan farzandini tarbiyalayotgan ayol, ikki sevishgan uzoq vaqt ko’rishmasligi, qiz unashtirish, to’y- tomoshani bildiradi.

Vayrona uy — g’am-tashvish, tush sohibining bir qarorga kelishi, pushaymonlik, ayriliq, horg’inlik, salomatligi yomonlashishi, oiladagi notinchlikni bildiradi.

Varrak — tushda varrak ko’rish xushxabar eshitish, badavlat bo’lish, chiroyli muhabbat, g’am-tashvish, uylanish, to’y-tomosha, qulay fursatni boy berish, shuhrati ortishi, o’zini aldab yashashni bildiradi.

Vasiyat — tushda vasiyat qilganini ko’rish uzoq va baxtli hayot kechirish, tushunmovchiliklar bar- taraf bo’lishi, merosga ega bo’lish, sevishganlar baxtga etishi, salomatligi yaxshilanishi, xur- sandchilikni bildiradi.

Va’da berish — tushda biror narsaga va’da berganini ko’rish qarzdor bo’lib qolish, iymoni go’zalligi, irodasi, qat’iyati, afsuslanishi, rizqiga baraka kirishi, muhtojlarga yordam qilish, nochorni quvontirish, xiyonatga duch kelish, yangi ish belgilashiga ishora.

Velosiped — jiddiy qaror qilish fursati kelgani, lekin tush sohibi hanuz ikkilanayot- ganini bildiradi.
Shuningdek, uzoqdan keladigan mehmon yoki xushxabar, safarga chiqishga ishora.

Vilka (sanchqi) — xonadon boshlig’i, to’y dasturxoni, rizq-nasiba, serdaromad ish, kutilmagan xushxabarga ishora.

Tushda dasturxon atrofida o’tirgani va unga vilka qo’yilmaganini ko’rish yaqinlaridan biri ranjitganini bildiradi.

Tushda vilka bilan taom eganini ko’rish bir etimning ko’nglini olishni bildiradi. Agar qo’lidagi vilkani biror tanishiga berganini ko’rsa, o’sha tanishidan qarz so’rashiga ishora.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика