TUSH TABIRI A

TUSH TABIRI TUSH TABIRI

TUSH TABIRI

Avliyo — tushda avliyoni ko’rish xursandchilik, ishonch, iroda, kuch-qudrat, shifo topish, xush- xabar, jannat ne’matlari, tashvishlardan xalos bo’lish, mehribon do’stni bildiradi.

Avtobus — uzoq safarga chiqish, ayriliq, xur- sandchilik, sevishganlar qayta uchrashishi, g’am- tashvish, biror falokat bo’lishi, noxush xabar, ishda muammolar hal bo’lishi, serdaromad ish, yangi ish topishga ishora.

Avtohalokat — tushda avtohalokat sodir bo’lga- nini ko’rish, xiyonat, biror ofatdan ogohlanti- rish, irodasizlik, zararli ishga ishora. Shuning- dek, janjal, qo’rquv, xafagarchilik, kutilmagan musibatli xabar, ayriliq, azobni bildiradi.

Adyol (ko’rpa) — samimiy, soddadil do’stga ishora. Xayrli mol, vafodor xotin, va’dasini bajaruvchi kishi, sadoqat, xushxabarni ham bildiradi.

Erkak uchun yangi ma’shuqa topish, ayol uchun erining munosabatiga ishora.
Shuningdek, kuch-quvvat, baxtli hayot kechirish, ishqiy munosabatlar, o’ziga ishonish, oiladagi notinchlikni bildiradi.

Tushda adyolga o’ranib yotganini ko’rish tush sohibi maxshuqasini almashtirishiga ishora.

O’ragan adyol eski va rangi uniqqan bo’lsa erkak o’zidan katta ayol bilan yashashi va bunday hayot uzoq davom etmasligini bildiradi.
Tushda yangi adyol ko’rish bokira qizga ishora.

Ayol — turlicha ta’bir qilinadi, tushda notanish ayol kishini ko’rish yolg’on va xiyonatdan dalolat. Kishi tushida ayolni ko’rsa, salomat- ligida muammolar bo’ladi, yo’qchilik, yolg’izlik, yomon niyatli qo’shniga uchrashi bilan ham ta’bir qilinadi.

Ayol kishini tushda ko’rish mevali daraxt, mushk-anbar, homilador bo’lish, katta davlat, xur- sandchilik, afsuslanish, xiyonat, rashk, dushman- likka ishora.

Tushda lobar ayol ko’rish umri uzun bo’lishi, ayolni sayr qilib yurganini ko’rish xushxabar eshitishga ishora.

Tushda yosh juvon yoniga kelib suhbatlashga- nini ko’rish yangi ishga kirishini bildiradi.

Oilali kishi tushda xotini boshqaga turmush- ga chiqqanini ko’rishi boshiga falokat tushishi- dan dalolat.

Oilali kishining xotinini elkasiga ko’tar- ganini ko’rishi badavlat bo’lishiga ishora.

Tushda notanish, chiroyli ayol uyiga mehmonga kelganini ko’rish omad kulib ishlari yurishishi, salomatligi yaxshilanishi, badavlat bo’lishidan dalolat.

Ayoz — tushda ayoz, izg’irinli kunni ko’rish oilada kelishmovchilik, janjal bo’lishi, o’zi

nafratlanadigan kishiga ro’baro’ kelishi, taqtsir sinovlari, noxush hodisalarga ishora.

Ajdarho — o’zining dushmanligini ustalik bilan yashirgan, har qanday yomonlikdan qayt- maydigan kimsaga ishora.

Shuningdek, bahs-munozarada g’olib bo’lish, balo-ofat, ko’ngilsizlik, sel kelishi, kutilma- gan xabarni bildiradi.

Sog’lom kishi tushda ajdarho ko’rishi umri uzun bo’lishiga ishora.

Ajrashish — oilali kishi tushda ajrashga- nini ko’rishi xotini xiyonat qilganidan dalolat. Shuningdek, ish yurishmasligi, savdoda kasodga uchrash, janjal, g’am-tashvish, yo’qchilikni bildi- radi.

Yosh qiz tushda ajrashganini ko’rishi yaqin kunlarda to’yi bo’lishiga ishora.

Azon — tushda azon tovushini eshitish kuti- layotgan^ habarni, shayton vasvasasidan xalos bo’- lish, xursandchilikni bildiradi. Bo’ydoq yigit tushda azon eshitishi chiroyli qizga uylanishiga ishora. Shuningdek, safarga chiqish, hajga borish, sog’-salomat qaytish, orzulari ro’yobga chiqi- shini bildiradi.

Tushda ayol kishi azon o’qiyotganini ko’rish o’sha erga yaqin kunlarda ofat yog’ilishini bildiradi.

Azroil (a.s.) — Alloh taoloning sevgan qul- laridnn biri bo’lish nasib etishi, rohatga

erishish, xushxabar eshitishga ishora. Tushda Az- roil (a.s.)ni jahldor holda ko’rish gunohlariga tav- ba qila olmasidan olamdan o’tishini bildiradi.

Bemor kishi tushida Azroil (a.s.) bilan kurash tushib uni engganini ko’rish dardiga shifo topishiga ishora:. ‘ •. :■ .

Ishsiz kishi tushiga Azroil (a.s.) kirishi omad kulib, ishlari yurishib ketishidan dalolat.

Tushda Azroil (a.s.)ning qo’lini o’pish katta meros sohibi bo’lishga ishora.

Shuningdek, tushda Azroil (a.s.)ning ko’rish, xastalik, oilasidan ayrilish, yo’qchilikni ham bildiradi.

Ayvon — turlicha ta’bir qilinadi. Bo’ydoqlar tushda ayvoncha ko’rishi tez orada to’yi bo’lishiga, oilali erkak esa farzand ko’rishiga, sadoqatli do’st, erini hurmat qiluvchi ayol, badavlat bo’lish, serdaromad ishni bildiradi.

Ayiq — zino qilgan xotin timsolidir. Shu- ningdek, do’stlar orasiga sovuqchilik tushirgan ik- kiyuzlamachi kishi, o’g’ri, makkor odamga ishora.

Tushda ayiq elkasiga minganini ko’rish tash- kilotdan ish topishga ishora. Agar ayiq go’shti- dan eganini ko’rsa, dushmanning boyligidan foydalanishidan dalolat.

Ayrilish — va’dasida turmaslik, uchrashuv, ku- tilmagan noxush xabar, maydagap, g’iybatni bildiradi.

Ayron — beqaror hayot, shubhalanish, sevish- ganlar arazlashishi, xastalik, xushxabar, to’y- tomosha, omad kulib boqishini bildiradi.

Akatsiya daraxti — tushda akatsiya daraxtini ko’rish bo’ydoqlar uchun to’y bo’lishi, oilalilar uchun katta davlatga ega bo’lishiga ishora.

Kishi tushida akatsiya daraxti soyasida o’tiri- shi saxovatni do’stlari ko’pligi va qiyinchilik ko’rmay yashashidan dalolat.

Tushda akatsiya daraxtiga chiqqanini ko’rish martabasi oshishiga ishora.

Aksa urmoq — tushda aksirmoq noxush xabar eshitishdan dalolat. Ishda ko’ngilsizlik yuz beradi, noto’g’ri qaroridan afsuslanadi yo xasta- likka chalinadi.

Tushda aksa urmoq shubhalanib yurgan narsa- lari o’z echimini topishidan dalolat. Tushda birovning yonida aksirmoq o’sha kishining yaxshi odam emasligiga ishora.

Aktyor — tushda mashhur aktyorlarni ko’rish aldanishiga ishora.
Odamlar g’iybat qilishi, yangi ish topish, dangasalik bilan ham izohlanadi.

Tushda kishi o’zining aktyor bo’lganini ko’ri- shi anchadan beri orzu qilgan niyatlari amalga oshishini bildiradi. Agar tushda aktyor bilan do’stlashganini ko’rsa hayotda ko’p aldanadi.

Aldanish — kishi tushida aldanganini ko’ri- shi musibat, qiyinchilik, bezovtalikka ishora. O’ziga zarar etkazadigan ishning boshini tutadi. Uni ko’ra olmaydigan tuzoq qo’yishi mumkin.

Tushda birovni aldash, hayotda rohat ko’rmay, musibat ichida yashashdan dalolat.

Anbar guli — serdaromad ish, yuksak martaba, fazilat, obro’-e’tibor, xushxabarni bildiradi. Anbar gulini hidlaganini ko’rish dono, saxo- vatli, yaxshi insondan keladigan yordamga ishora. Anbarning gullaganini ko’rish kutilmagan xushxabar eshitishdan dalolat.

Anjir — rangi va mavsumiga qarab turlicha ta’bir qilinadi.

Sariq anjir ko’rish xastalik va janozaga isho- ra. Qora anjir tashvish va afsuslanishga ishora.

Yashil anjir qarzga, falokatdan ogohlanti- rish begisidir.

Tushda anjir terib eganini ko’rish savdoda katta foyda olishiga ishora.

Anjir daraxti — badavlat, yuksak martaba egasi, saxovatli odamga ishora.

Tushda anjir daraxtini ko’rish oila a’zo- lari, tirikchilik o’tishi, serdaromad ishlar qi- lish, hammaga yordami tegadigan mehridaryo inson- ni bildiradi.

Anor — tushda shirin anor ko’rish katta davlat egasi bo’lish yo serdaromad ish, nordon anor esa

noxush xabarga ishora. Ayol kishi tushda anor ko’rishi zeb-ziynatga, erkak kishi uchun esa farzandli bo’lishga ishora.

Tushda anor daraxtini kesganini ko’rish tush sohibining qarindoshlari bilan munosabati > yomonlashishidan dalolat. Anor sotganini ko’rish dunyoni oxiratga almashtirganiga ishora.

Shirin, pishgan anor ko’rish go’zal, oqila, iboli qizga ishora.

Tushda chirik, chang bosgan anor ko’rish hayosiz xotinga ishora.
Bemor kishi tushda anor po’stlog’ini eganini ko’rish tez kunda salomatligi yaxshilanishidan dalolat.

Оцените статью
HAQIDA
Добавить комментарий
Яндекс.Метрика